Redmond RMC-IH300 - Инструкция по эксплуатации - Страница 80

Мультиварки Redmond RMC-IH300 - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 104
Загружаем инструкцию
background image

80

orlash  vaqtida  vaqt  hisobi  bo'lmaydi,  displeyda  dinamik  indikator  («iloncha») 

yonadi.

Ushbu dasturda ishga tushishni kechiktirish va avtomatik isitish funksiyalaridan 

foydalanib bo'lmaydi.

«МУЛЬТИПОВАР» dasturi

Dastur  foydalanuvchi  tomonidan  berilgan  tayyorlash  vaqti  (2  daqiqadan  12 

soatgacha, o'zgartirish qadami — 1 soatgacha bo'lgan oraliq uchun 1 daqiqa, 1 

soatdan  12  soatgacha  bo'lgan  oraliq  uchun  5  daqiqa)  va  harorati  (35°С  dan 

170°С gacha, o'zgartirish qadami — 5°С) bo'yicha deyarli istalgan taomni tayy-

orlash uchun mo'ljallangan. Standart bo'yicha o'rnatilgan: tayyorlash vaqti — 30 

daqiqa, harorat — 100°C.

Agar tayyorlash harorati 80°C dan past qiymatga o'rnatilgan bo'lsa, avtomatik 

isitish funksiyasi o'chirilgan holda bo'ladi. Dastur ishlayotgan vaqtda «СТАРТ» 

tugmachasini bosish orqali siz uni yoqishingiz mumkin.

«КРУПЫ» dasturi

Yormalarni  qaynatib  pishirish,  sochiluvchan  bo'tqalar  va  garnirlar  tayyorlash 

uchun dastur. Standart tayyorlash vaqti — 30 daqiqa. Tayyorlash vaqtini 1 daq-

iqa qadam bilan  5 daqiqadan 4 soatgacha bo'lgan diapazonda qo'lda o'rnatish 

mumkin. 

«ПЛОВ» dasturi

Go'sht,  parranda  go'shti,  baliq  yoki  sabzavotlar  bilan  palov  tayyorlash  uchun 

tavsiya qilinadi. Standart tayyorlash vaqti — 1 soat. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa 

qadam  bilan    10  daqiqadan  2  soatgacha  bo'lgan  diapazonda  qo'lda  o'rnatish 

mumkin. 

«МОЛОЧНАЯ КАША» dasturi

Past  darajadagi yog'likka  ega  bo'lgan  tozalangan  sutdan  foydalanib  bo'tqalar 

tayyorlash uchun tavsiya qilinadi. Standart tayyorlash vaqti — 25 daqiqa. Tayy-

orlash vaqtini  5 daqiqadan 4 soatgacha bo'lgan diapazonda 1 daqiqa qadam 

bilan va 1 soatdan 4 soatgacha diapazonda 5 daqiqa qadam bilan qo'lda o'rnatish 

mumkin. 

Multipishirgichda sutli bo'tqalar tayyorlash bo'yicha tavsiyalar

Sutning qaynab ketishini oldini olish va kerakli natijaga erishish uchun tayyor-

lashdan avval quyidagi harakatlarni bajarish tavsiya qilinadi:

•  butun  donli  (guruch,  grechixa,  oqlangan  tariq  va  boshq.)  barcha  yorma-

larni suv toza bo'lmagunicha yaxshilab yuvish;

•  tayyorlashdan avval multipishirgich jomini sariyog' bilan yog'lash;

•  reseptlar  kitobidagi  ko'rsatmalarga  ko'ra  masalliqlarni  o'lchagan  holda 

nisbatlarga  qat'iy  amal  qilish  (masalliqlar  miqdorini  qat'iy  mutanosib 

tarzda kamaytirish yoki orttirish);

•  qaymog'i olinmagan sutdan foydalanganda uni 1:1 nisbatda ichimlik suvi 

bilan aralashtirish.

Sut va yormalarning xususiyatlari kelib chiqishi va ishlab chiqaruvchiga bog'liq 

ravishda  farq  qilishi  mumkin,  bu  esa  ayrim  hollarda  tayyorlash  natijalariga 

ta'sir ko'rsatadi. 
Agar  «МОЛОЧНАЯ  КАША»  dasturida  kutilgan  natijaga  erishilmagan  bo'lsa, 

«МУЛЬТИПОВАР» universal dasturidan foydalaning.  Sutli bo'tqa tayyorlash 

uchun optimal harorat 95ºС ni tashkil qiladi. Masalliqlar miqdori va tayyorlash 

vaqtini reseptga ko'ra o'rnating.

«ЙОГУРТ» dasturi

Yogurtning turli turlarini tayyorlash va xamir ko'pchitish uchun tavsiya qilinadi. 

Standart tayyorlash vaqti — 8 soat. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan  10 

daqiqadan 12 soatgacha bo'lgan diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin. 

«ЙОГУРТ» dasturida avtomatik isitish funksiyasidan foydalanib bo'lmaydi.

Yogurt tayyorlash uchun siz REDMOND RAM-G1 maxsus bankalar to'plamidan 

foydalanishingiz mumkin (alohida xarid qilinadi).

«ВЫПЕЧКА» dasturi

Pishiriqlarni  (kekslar,  biskvitlar,  piroglar)  tayyorlash  uchun  tavsiya  qilinadi. 

Standart tayyorlash vaqti — 1 soat. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan  10 

daqiqadan 8 soatgacha bo'lgan diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin. 

Dimlash dasturlari («ТУШЕНИЕ»)

Go'sht, baliq va sabzavotlarini dimlash hamda xolodeslar va uzoq vaqt issiqlik 

bilan  ishlov  berishni  talab  qiluvchi  boshqa  mahsulotlarni  tayyorlash  uchun 

tavsiya  qilinadi  Standart  tayyorlash  vaqti  tanlangan  qism-dasturga  bog'liq 

bo'ladi  («ВЫБОР  ПРОДУКТА»  tugmachasini  bosish  bilan  o'rnatiladi):  «Мясо»  

— 1 daqiqa, «Рыба» — 30 daqiqa, «Овощи» — 40 daqiqa. Tayyorlash vaqtini 5 

daqiqa  qadam  bilan    10  daqiqadan  12  soatgacha  bo'lgan  diapazonda  qo'lda 

o'rnatish mumkin. 

Qovurish dasturlari («ЖАРКА»)

Go'sht, baliq va sabzavotlarni qovurish uchun tavsiya qilinadi. Standart tayyor-

lash vaqti tanlangan qism-dasturga bog'liq bo'ladi («ВЫБОР ПРОДУКТА» tug-

machasini bosish bilan o'rnatiladi): «Мясо» — 18 daqiqa, «Рыба» — 15 daqiqa, 

«Овощи» — 16 daqiqa. Tayyorlash vaqtini 1 daqiqa qadam bilan  5 daqiqadan 

2 soatgacha bo'lgan diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin. 

Ushbu dasturida ishga tushishni kechiktirish funksiyasidan foydalanib bo'lmaydi.

Dimlab pishirish dasturlari («ТОМЛЕНИЕ»)

Go'sht va baliqqa uzoq vaqtda issiqlikda ishlov berish (dimlab pishirish) hamda 

an'anaviy rus oshxonasining turli taomlarini tayyorlash uchun tavsiya qilinadi 

3D-qizdirish va o'ziga xos harorat rejimining birlashishi multipishirgich ichida 

rus pechi effektini yaratishga imkon beradi. Standart tayyorlash vaqti tanlangan 

qism-dasturga bog'liq bo'ladi («ВЫБОР ПРОДУКТА» tugmachasini bosish bilan 

o'rnatiladi):  «Мясо» —  3  daqiqa,  «Рыба» —  2  daqiqa.  Tayyorlash  vaqtini  10 

daqiqa  qadam  bilan    10  daqiqadan  22  soatgacha  bo'lgan  diapazonda  qo'lda 

o'rnatish mumkin.

Sho'rvalar qaynatish dasturlari («СУП»)

Go'shtli, baliqli va sabzavotli bulonlar va ular asosida sho'rvalar qaynatish uchun 

tavsiya  qilinadi.  Standart  tayyorlash  vaqti  tanlangan  qism-dasturga  bog'liq 

bo'ladi  («ВЫБОР  ПРОДУКТА»  tugmachasini  bosish  bilan  o'rnatiladi):  «Мясо» 

—  1  soat,  «Рыба» —  40  daqiqa,  «Овощи» —  35  daqiqa.  Tayyorlash  vaqtini  5 

daqiqa  qadam  bilan    10  daqiqadan  8  soatgacha  bo'lgan  diapazonda  qo'lda 

o'rnatish mumkin. 

Bug'da pishirish dasturlari («НА ПАРУ»)

Go'sht,  baliq  va  sabzavotlarni  bug'da  tayyorlash  hamda  parhezbop  taomlar, 

bolalar  taomlarini  tayyorlash  uchun  tavsiya  qilinadi.    Standart  tayyorlash 

vaqti  tanlangan  qism-dasturga  bog'liq  bo'ladi  («ВЫБОР  ПРОДУКТА»  tugma-

chasini  bosish  bilan  o'rnatiladi):  «Мясо» —  40  daqiqa,  «Рыба» —  25  daqiqa, 

«Овощи» — 35 daqiqa. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan  5 daqiqadan 

2 soatgacha bo'lgan diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin. 

Ushbu dasturda tayyorlash uchun maxsus konteynerdan foydalaning (majmua-

lar to'plamiga kiradi):

1.  Jomga  600–1000  ml  suv  quying.  ug'da  tayyorlash  uchun  konteynerni 

jomga o'rnating.

2.  Mahsulotlarni reseptga ko'rsa o'lchang va tayyorlang, ularni konteynerga 

bir  tekis  yoying  va  jomni  jihoz  korpusiga  qo' ying.  Uning  tekis 

o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.

3.  «Avtomatik dasturlardan foydalangandagi harakatlarning umumiy tartibi» 

2-11-bandlariga amal qiling.

Qaynatib pishirish dasturlari («ВАРКА»)

Go'sht, baliq va sabzavotlarni qaynatib pishirish uchun tavsiya qilinadi. Standart 

tayyorlash vaqti tanlangan qism-dasturga bog'liq bo'ladi («ВЫБОР ПРОДУКТА» 

tugmachasini bosish bilan o'rnatiladi): «Мясо» — 1 soat, «Рыба» — 30 daqiqa, 

«Овощи» — 40 daqiqa. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan  10 daqiqadan 

8 soatgacha bo'lgan diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin. 

I I I. M U LT I P I S H I RG I C H U S T I DA N QA ROV

Umumiy qoidalar va tavsiyalar

•  Jihozni  tozalashdan  avval  uning  elektr  tarmog'idan  uzilganligi  va  to'liq 

sovuganligiga  ishonch  hosil  qiling.  Jihozdan  dastlabki  foydalanishdan 

avval hamda tayyorlashdan keyin taom hidlarni ketkazish uchun yarimta 

limonni  «НА  ПАРУ –  Рыба»  dasturida  15  daqiqa  davomida  qaynatishni 

tavsiya qilamiz

•  Tozalash uchun yumshoq latta va abraziv bo'lmagan idish yuvish vosital-

aridan foydalaning.

Jihozni tozalashda dag'al salfetkalar yoki gubkalar (agar ushbu qo'llanmada 

maxsus aytib o'tilmagan bo'lsa), abraziv pastalardan foydalanish TA'QIQLANADI. 

Yana  kimyoviy  jihatdan  faol  bo'lgan  yoki  taomga  tegib  turuvchi  buyumlar 

bilan qo'llash uchun tavsiya qilinmaydigan istalgan moddalardan foydalan-

ishga ham yo'l qo'yilmaydi.
Jihoz  korpusini  suvga  botirish  yoki  uni  suv  oqimi  ostiga  joylashtirish 

TA'QIQLANADI!

Jihoz korpusini tozalash zarurat bo'lishi bilan amalga oshiriladi. Jomni  har bir 

foydalanishdan  keyin  tozalash  tavsiya  qilinadi,  uni  idish  yuvish  mashinasida 

yuvish mumkin. Tozalash yakunlangandan keyin jom tashqi yuzasini quruq qilib 

arting.

Jihozdan har safar foydalangandan keyin ichki alyumin qopqoq va bug' klapa-

nini tozalashni bajarish hamda kondensatlarni yo'qotish tavsiya qilinadi.

Asosiy qopqoqning quyi tomonidagi ikkita plastmassa iksatorni o'zingizga va 

yuqoriga tortgan holda ichki qopqoqni ajratib oling. Har ikkala qopqoq yuzala-

rini  tozalang  va  ularni  quruq  qilib  arting.  Keyin  ichki  qopqoqni  asosiy  yor-

iqlarga  kiriting  va  iksatorni  tiqillagan  tovush  chiqqunicha  ozgina  kuch  bilan 

bosgan holda uni qotiring. 

Uni  qopqoqchasidan  yengil  kuch  bilan  yuqoriga  va  o'zingizga  tortgan  holda 

bug' klapanini ehtiyotlik bilan oling. Oq plastik lo'kidonni bosgan holda klapan-

ning quyi qismini ajratib oling. Detallarni yuving, quriting, birgalikda yig'ing va 

bug' klapanini chiqarib olish bo'rtig'ini orqaga qilgan holda juhoz qopqog'iga 

o'rnating.

Taom tayyorlash jarayonida  hosil bo'luvchi va jihoz korpusida jom atroidagi 

maxsus bo'shliqda to'planuvchi kondensatni salfetka yordamida osongina ket-

kazish mumkin. 

Ishchi kameraning yon devorlari, tubi va markaziy termodatchik (tub qismining 

o'rtasida joylashgan) kojuxini nam (xo'l emas!) gubka yoki salfetka bilan tozalash 

mumkin. Agar siz yuvish vositasidan foydalanayotgan bo'lsangiz, keyingi taom 

tayyorlash  vaqtida  noxush  hid  paydo  bo'lmasligi  uchun  uning  qoldiqlarini 

yaxshilab ketkazish lozim.

Markaziy  termodatchik  atroidagi  chuqurchaga  begona  jismlar  tushib  qolgan 

hollarda ularni pinsep yordamida datchik kojuxiga bosmagan holda olib tashlang.

I V.  X I Z M AT  KO'R S AT I S H  M A R K A Z I G A 

M U RO J A AT Q I L I S H D A N AV VA L

Displeydagi 

xatolik 

to'g'risidagi xabar

Mumkin bo'lgan nosozliklar

Xatoliklarni bartaraf qilish

Е1 — Е5

Tizim  xatoliklari  (harorat  dat-

chiklari ishdan chiqqan bo'lishi 

mumkin). 

Jihozni  jom  bo'sh  bo'lgan  holda yoq-

mang!

Jihozni  elektr  tarmog'idan  uzing,  uni 

10-15 daqiqa sovuting, zarur bo'lgan 

hollarda  jomga  suyuqlik  quying  va 

tayyorlashni davom ettiring. 

Agar  muammoni  bar taraf  qilib 

bo'lmasa,  vakolatli  xizmat  ko'rsatish 

markaziga murojaat qiling. 

Содержание

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Redmond RMC-IH300?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"