Redmond RMC-IH300 - Инструкция по эксплуатации - Страница 79

Мультиварки Redmond RMC-IH300 - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 104
Загружаем инструкцию
background image

79

RMC-IH300 multipishirgichi

UZB

Soatni o'rnatish (joriy vaqtni o'rnatish)

Elektr tarmog'idan uzilgan hamda kutish rejimida bo'lgan multipishirgich disp-

leyida soat aks ettiriladi. 

Soatdagi  vaqtni  o'zgartirish  uchun  kutish  rejimida  «ЧАС/+»  yoki  «МИН/–» 

tugmachasini  bir  necha  soniya  bosib  turing,  displeydagi  raqamlar  miltillay 

boshlaydi.  Soat  qiymatini  o'zgartirish  uchun  «ЧАС/+»  tugmachasini,  daqiqa 

qiymatini  o'zgartirish  uchun  esa —  «МИН/–»  tugmachasini  bosing.    Qiymatni 

tez o'zgartirish uchun tegishli tugmachani bosing va ushlab turing.

Vaqtni  o'rnatish  tugallangandan  keyin  bir  necha  soniya  kuting  yoki  «Старт» 

tugmachasini bosing. Jihoz kutish rejimiga qaytadi.

Quvvatlarga bog'liq bo'lmagan xotira

Jihoz elektr quvvatiga bog'liq bo'lmagan xotira bilan jihozlangan, bu esa ele-

ktr ta'minoti uzilib qolgan hollarda joriy sozlanmalarni saqlab qolishga imkon 

beradi.

Agar elektr ta'minoti dastur ishlayotgan vaqtda uzilib qolsa, sozlanmalar xoti-

rada 15 daqiqa saqlab turiladi, ishga tushishni kechiktirish rejimi ishlayotgan 

vaqtda uzilib qolsa esa — 5 soat davomida saqlab turiladi. Elektr ta'minoti qa-

yta  tiklanganda  jihoz  o'z  ishini  davom  ettiradi.  Ko'rsatilgan  vaqt  o'tib  ketgan 

hollarda sozlanmalar bekor qilinadi va elektr ta'minoti qayta tiklanganda quri-

lma kutish rejimiga o'tadi. Soat qiymatlari elektr ta'minotining mavjudligi yoki 

yo'qligidan qat'iy nazar saqlanadi.

Vaqt va haroratning so'nggi o'rnatmalarini eslab qolish

REDMOND RMC-IH300 multipishirgichi harorat («МУЛЬТИПОВАР» dasturi uchun) 

va tayyorlash vaqtining so'nggi o'rnatmalarini eslab qoladi. Ushbu dasturi tan-

langan keyingi holda ushbu qiymatlardan standart qiymatlar sifatida foydalani-

ladi. 

Vaqt  va  haroratning  dastlabki  qiymatlariga  qaytish  uchun  kutish  rejimida 

«ТЕМПЕРАТУРА» va «ВЫБОР ПРОДУКТА» tugmachalarini bir vaqtda bosing va 

ushlab turing. Tovushli signal beriladi, «СТАРТ» tugmachasi ikki marta miltil-

laydi  va  barcha  dasturlar  uchun  parametrlarning  dastlabki  qiymatlari  qayta 

tiklanadi.

Tayyorlash vaqtini o'rnatish

REDMOND RMC-IH300 multipishirgichi har bir dastur uchun tayyorlash vaqtini 

mustaqil o'rnatishi mumkin.  Berilayotgan vaqtning o'zgarish qadami va mum-

kin bo'lgan diapazoni tanlangan tayyorlash dasturiga bog'liq bo'ladi. Tayyorlash 

vaqtini o'zgartirish uchun:

1.  «МЕНЮ»  tugmachasini  bosgan  holda  tayyorlash  dasturini  tanlang. 

«Таймер»  («Taymer»)  indikatori  va  standart  tayyorlash  vaqti  miltillay 

boshlaydi.  Menyu  bo'yicha  tez  o'tish  uchun  «МЕНЮ»  tugmachasini  bos-

gandan keyin «ЧАС/+» va «МИН/–» tugmachalarini bosing.

2.  «ВРЕМЯ ПРИГОТОВЛЕНИЯ» tugmachasini bosing. Displeydagi raqamlar 

miltillay boshlaydi.

3.  Soat qiymatini o'zgartirish uchun «ЧАС/+» tugmachasini, daqiqa qiymatini 

o'zgartirish  uchun  esa —  «МИН/–»  tugmachasini  bosing.    Vaqtni  tez 

o'zgartirish uchun tegishli tugmachani bosing va ushlab turing.

Tayyorlash vaqtini  qo'lda  o'rnatishda  tanlangan  tayyorlash  dasturida  ko'zda 

tutilgan  sozlanmalarning  mumkin  bo'lgan  diapazoni  va  o'rnatish  qadamini 

hisobga oling.

Dasturni kechiktirilgan ishga tushirish funksiyasi

«Ishga tushishni kechiktirish» funksiyasi taom tayyor bo'lgunicha o'tishi kerak 

bo'lgan vaqtni  berishga  imkon  beradi. Tayyorlash  jarayonining  tugash vaqtini 

10  daqiqa  qadam  bilan  10  daqiqadan  24  soatgacha  bo'lgan  diapazonda 

o'zgartirish mumkin. 

Ushbu  funksiyadan  foydalanishdan  avval  soatda  aniq  vaqtni  o'rnatish  lozim 

(«Soatni o'rnatish (joriy vaqtni o'rnatish)»-ga qarang).

Ishga tushishni kechiktirish vaqtini o'rnatish uchun:

1.  «МЕНЮ» tugmachasini bosgan holda tayyorlash dasturini tanlang, zarur 

bo'lgan hollarda tayyorlash vaqtini o'zgartiring. «ОТЛОЖЕННЫЙ СТАРТ» 

tugmachasini bosing. Tugmacha indikatori miltillay boshlaydi, displeyda 

«Отсрочка»  («Kechiktirish»)  indikatori  va  24  soatli  formatdagi  vaqt  qi-

ymati namoyish qilinadi.

2.  Soat qiymatini o'zgartirish uchun «ЧАС/+» tugmachasini, daqiqa qiymatini 

o'zgartirish  uchun  esa —  «МИН/–»  tugmachasini  bosing.    Qiymatni  tez 

o'zgartirish uchun tegishli tugmachani bosing va ushlab turing.

Agar kechiktirilgan ishga tushirishni o'rnatishda joriy vaqtga dasturning ishlash 

vaqtiga  nisbatan  kamroq  oraliq  qo'shilgan  bo'lsa,  dastur  kechiktirilmasdan 

darhol ishga tushiriladi.

3.  Kechiktirilgan  ishga  tushirish  vaqtini  o'rnatgandan  keyin  siz  tayyorlash 

vaqtini o'zgartirishingiz mumkin: buning uchun «ВРЕМЯ ПРИГОТОВЛЕНИЯ» 

tugmachasini bosing. «ЧАС/+» tugmachasi bilan soat qiymatini, «МИН/–

»  tugmachasi  bilan  esa  daqiqa  qiymatini  o'zgartiring.    Kechiktirilgan 

ishga  tushirish vaqtini yana  o'zgartirish  uchun  «ОТЛОЖЕННЫЙ  СТАРТ» 

tugmachasini bosing.

4.  «СТАРТ» tugmachasini bosing, uning indikatori miltillay boshlaydi. Disp-

leyda  «Отсрочка»  («Kechiktirish»)  indikatori,  tanlangan  dastur  nomi  va 

taom tayyor bo'lishi kerak bo'lgan vaqt namoyish qilinadi. 

5.  Dastur  ishi  boshlanginicha  displeydagi  vaqt  o'zgarmaydi. Tayyorlash  ja-

rayoni  boshlanganidan  keyin  «СТАРТ»  tugmachasi  indikatori  yonadi, 

displeyda  «Окончание»  («Tugallash»)  indikatori  va  dasturning  ishlash 

vaqti paydo bo'ladi.  Vaqtning teskari hisobi boshlanadi. 

6.  Qilingan o'rnatmalarni bekor qilish uchun «ОТМЕНА/РАЗОГРЕВ» tugma-

chasini bosing, shundan keyin tayyorlash dasturini qaytadan kiritish lozim.

«ЖАРКА»  dasturida  ishga  tushishni  kechiktirish  funksiyasidan  foydalanib 

bo'lmaydi.

Tayyor  taomlar  haroratini  ushlab  turish  funksiyasi  (avtomatik 

isitish)

Ushbu  funksiya  tayyorlash  dasturi  ishi  yakunlanishi  bilan  darhol  isitish  reji-

mini  avtomatik  ravishda  yoqadi  va  tayyor  taom  haroratini  12  soat  davomida 

70–75°С doirasida ushlab turadi. 

Dastur  ishga  tushirilishi  bilan  «ОТМЕНА/РАЗОГРЕВ»  tugmachasi  indikatori 

yonadi.  Dastur  ishi  yakunlanishi  bilan  displeydan  dastur  indikatori  yo'qoladi, 

«Подогрев» («Isitish») indikatori paydo bo'ladi, isitish rejimida ishlash vaqtin-

ing to'g'ri hisobi boshlanadi.

Isitishni  to'xtatish  uchun  «ОТМЕНА/РАЗОГРЕВ»  tugmachasini  bosing,  uning 

indikatori o'chadi.

«ЙОГУРТ»  dasturida  avtomatik  isitish  funksiyasidan  foydalanib  bo'lmaydi. 

«МУЛЬТИПОВАР» dasturida tayyorlash harorati 75°С dan pastroq qiymatga 

o'rnatilganda  standart  holatda  avtomatik  isitish  o'chirilgan  bo'ladi.    Zarur 

bo'lgan hollarda uni qo'lda yoqib qo'yish mumkin.

Avtomatik isitishni avvaldan o'chirib qo'yish

Tayyorlash dasturi ishi yakunlangandan keyin avtomatik isitishni yoqib qo'yish 

har  doim  ham  zarur  bo'lavermaydi.  REDMOND  RMC-IH30  multipishirgichida 

tayyorlash  dasturi  ishga  tushirilgandan  keyinoq  darhol  yoki  uning  ishlash 

vaqtida bu funksiyani avvaldan o'chirib qo'yish imkoniyati ko'zda tutilgan. Bun-

ing uchun dastur ishga tushgandan keyin yoki ishga tushishni kechiktirish re-

jimida «СТАРТ» tugmachasini bosing, «ОТМЕНА/РАЗОГРЕВ» tugmacha indika-

tori o'chadi.  Avtomatik isitishni yana yoqish uchun «СТАРТ» tugmachasini yana 

bir bor bosing («ОТМЕНА/РАЗОГРЕВ» tugmacha indikatori yonadi).

Taomlarni isitish funksiyasi

REDMOND RMC-IH300 multipishirgichidan taomlarni isitish uchun foydalanish 

mumkin. Mahsulotlarni jomga soling, uni multipishirgich korpusiga o'rnating, 

qopqoqni yoping va jihozni elektr tarmog'iga ulang. Keyin «ОТМЕНА/РАЗОГРЕВ» 

tugmachasini bosing. Tugmacha indikatori yonadi, displeyda «Подогрев» («Isi-

tish»)  indikatori  paydo  bo'ladi.   Taymer  isitish vaqtining  to'g'ri  hisobini  bosh-

laydi. Jihoz taomni 70–75°С haroratgacha isitadi va uni 24 soat davomida issiq 

holda ushlab turadi. Isitishni o'chirish uchun «ОТМЕНА/РАЗОГРЕВ» tugmacha-

sini bosing, bunda uning indikatori o'chadi.

Avtomatik dasturlaridan foydalangandagi harakatlarning umu

-

miy tartibi

1.  Kerakli  masalliqlarni  tayyorlang  (o'lchang).  Ularni  tayyorlash  dasturiga 

muvoiq  tarzda  multipishirgich  jomiga  joylashtiring  va  uni  jihoz  korpu-

siga  qo'ying.  Barcha  masalliqlar,  jumladan  suyuqlikning  jom  ichki  yuza-

sidagi  maksimal  belgidan  ortib  ketmasligini  kuzatib  boring.  Jomning 

nuqsonlarsiz o'rnatilganligiga va qizdirish elementiga zich tegib turgan-

ligiga ishonch hosil qiling.

2.  Multipishirgich  qopqog'ini  tiqillagan  tovush  chiqargan  holda yoping.  Ji-

hozni elektr tarmog'iga ulang.

3.  «МЕНЮ» tugmachasini bosgan holda kerakli tayyorlash dasturini tanlang. 

Menyu bo'yicha tez o'tish uchun «МЕНЮ» tugmachasini bosgandan keyin 

«ЧАС/+» va «МИН/–» tugmachalarini bosing.

4.  Agar  dasturda  mahsulot  turini  tanlash  ko'zda  tutilgan  bo'lsa,  «ВЫБОР 

ПРОДУКТА»  tugmachasini  bosgan  holda  tegishli  qism-dasturni  tanlang 

(«ТУШЕНИЕ», «ЖАРКА», «ТОМЛЕНИЕ», «СУП», «НА ПАРУ», «ВАРКА» das-

turlari  uchun).  Har  bir  qism-dastur  uchun  o'zining  standart  tayyorlash 

qiymati o'rnatilgan, u jihoz displeyida namoyish qilinadi. 

5.  Siz standart bo'yicha o'rnatilgan vaqt qiymatini o'zgartirishingiz mumkin 

(«Tayyorlash vaqtini o'rnatish»-ga qarang). 

6.  Zarur bo'lgan hollarda ishga tushishni kechiktirish vaqtini o'rnating. 

7.  Dasturni ishga tushirish uchun «СТАРТ» tugmachasini bosing. Displeyda 

tanlanganidan boshqa barcha dasturlarning indikatorlari yo'qoladi, tayy-

orlash vaqtining teskari hisobi boshlanadi.

«НА  ПАРУ»  rejimida  teskari  hisob  faqat  suv  qaynaganidan va  jomda yetarli 

darajadagi bug' zichligiga erishilganidan keyin boshlanadi.

8.  «СТАРТ» tugmachasini qayta bosgan holda avtomatik isitish funksiyasini 

o'chirish mumkin: «ОТМЕНА/РАЗОГРЕВ» tugmachasining indikatori o'chadi. 

«СТАРТ» tugmachasini qayta bosish ushbu funksiyani yana yoqadi.

9.  Tayyorlash  dasturi  ishi  tugashi  bilan  tovushli  signal  beriladi.  Keyin  joriy 

sozlanmalarga  bog'liq  ravishda  jihoz  avtomatik  isitish  rejimiga  o'tadi 

(displeyda  «Подогрев»  («Isitish»)  indikatori  paydo  bo'ladi)  yoki  ishning 

yakunlanganligi  to'g'risida  xabar  beradi  (displeyda  «End»  yozuvi  paydo 

bo'ladi).

10.  Dastur ishi yakunlanganidan keyin jihozni kutish rejimiga o'tkazish uchun 

«ОТМЕНА/РАЗОГРЕВ» tugmachasini bosing yoki 1 daqiqa kuting. Kiritilgan 

dasturni  bekor  qilish,  taom  tayyorlash  yoki  isitish  jarayonini  to'xtatish 

uchun «ОТМЕНА/РАЗОГРЕВ» tugmachasini bosing.

11.  Jihoz ishi tugashi bilan uni elektr tarmog'idan uzing.

Tayyorlash bo'yicha umumiy tavsiyalar

Sifatli  natijani  olish  uchun  REDMOND  RMC-IH300  multipishirgichiga  ilova 

qilinadigan, ushbu model uchun maxsus ishlab chiqilgan «200 ta resept» kito-

bidan olingan taom tayyorlash bo'yicha reseptlardan foydalanishni taklif qilamiz. 

Barcha  taqdim  etilgan  reseptlar  oshpazlar  jamoamiz  tomonidan  REDMOND 

RMC-IH300 multipishirgichida ishlab chiqilgan va tayyorlangan, ularni tayyor-

lashda foydalanilgan barcha mahsulotlar esa oddiy do'konlardan xarid qilingan.

Agar  sizningcha  avtomatik  dasturlarda  kutilgan  natijaga  erisha  olmagan 

bo'lsangiz,  REDMOND  RMC-IH300  multipishirgichida  qo'lda  sozlashning  ken-

gaytirilgan diapazoniga ega bo'lgan  «МУЛЬТИПОВАР» universal dasturi ko'zda 

tutilgan, u sizning taom tayyorlash tajribalaringiz uchun ulkan imkoniyatlarni 

ochadi.  O'z  xohishingiz  bo'yicha  va  ta'bingizga  ko'ra  siz  tayyorlash  vaqti  va 

haroratini  o'zingiz  o'rnatishingiz,  mavjud  qo'shimcha  funksiyalarning  keng 

to'plamidan foydalanishingiz mumkin.

«ЭКСПРЕСС» dasturi

Dastur  yormalarni  qaynatib  pishirish  uchun  mo'ljallangan  va  tayyorlash  vaq-

tini jomdagi masalliqlar miqdoriga bog'liq ravishda avtomatik aniqlaydi. Tayy-

Содержание

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Redmond RMC-IH300?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"