Redmond RMC-PM330 - Инструкция по эксплуатации - Страница 69

Мультиварки Redmond RMC-PM330 - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 82
Загружаем инструкцию
background image

69

RMC-PM330

UZB

qaynoq bug' gulqog'ozlar, bezakli qoplamalar, elektron jihozlar va ortiqcha 

namlik va haroratdan shikastlanishi mumkin bo'lgan boshqa buyumlar yoki 

materiallarga tushmasin.

Tashigandan yoki quyi haroratlarda saqlagandan keyin jihozni yoqish oldidan 

xona haroratida kamida 2 soat ishlatmasdan saqlab turish kerak.

Tayyorlashdan avval multipishirgich-tezpishirgichning tashqi va ko'zga 

ko'rinadigan ichki qismlarida shikastlanishlar, siniq joylar va boshqa nuqsonlarn-

ing yo'qligiga ishonch hosil qiling. Jom va qizdirish elementi orasida begona 

buyumlar bo'lmasligi kerak.

I I. M U LT I P I S H I RG I C H

-

T E Z P I S H I RG I C H

-

D A N F OY D A L A N I S H

Jihozning ish rejimlarini ko'rsatish

Tanlangan avtomatik tayyorlash dasturiga bog'liq ravishda RMC-РМ330 multi

-

pishirgich-tezpishirgichi multipishirgich yoki tezpishirgich rejimida ishlashi 

mumkin. Shu bilan birga multipishirgich rejimida jihoz ochiq qopqoqda ham, 

yopiq qopqoqda ham ishlashi mumkin.

1.  Tezpishirgich rejimida bajariluvchi avtomatik dastur tanlanganda disp-

leyda 

 va jomdagi bosim darajasi indikatorlari, tayyorlash vaqtining 

qiymati hamda dasturga bog'liq ravishda mahsulot turi namoyish qili-

nadi.

2.  Multipishirgich rejimida bajariluvchi yopiq qopqoq bilan avtomatik dastur 

tanlanganda displeyda 

 indikatori va tayyorlash vaqtining qiymati 

namoyish qilinadi.

3.  Multipishirgich rejimida bajariluvchi ochiq qopqoq bilan avtomatik dastur 

tanlanganda displeyda 

 indikatori, mahsulot turi va tayyorlash vaq-

tining qiymati namoyish qilinadi.

Tayyorlash vaqtini o'rnatish

REDMONDRMC-РМ330 multipishirgichi-tezpishirgichi «ПОПКОРН» dasturidan 

boshqa barcha dasturlar uchun tayyorlash vaqtini mustaqil o'rnatishi mumkin. 

Berilayotgan vaqtning o'zgarish qadami va mumkin bo'lgan diapazoni tanlangan 

tayyorlash dasturiga bog'liq bo'ladi.

1. 

Tayyorlash  dasturi  va  mahsulot  turi  tanlangandan  keyin  «Настройка» 

tugmachasini bosing. Tayyorlash vaqti qiymati indikatori miltillay bosh-

laydi.

2.  Soat qiymatini orttirish uchun «<» tugmachasini, daqiqa qiymatini orttirish 

uchun – «>» tugmachasini bosing. Vaqt qiymatni tez o'zgartirish uchun 

kerakli tugmachani bosing va ushlab turing. Soat va daqiqa qiymatlarining 

o'zgarishi bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda yuz beradi. Maksimal qi-

ymatga yetganda vaqtni o'rnatish diapazonning boshidan boshlanadi.

3.  Tayyorlash vaqtini o'rnatish yakunlanishi bilan kiritilgan o'zgarishlarni 

tasdiqlash va avtomatik dasturning bajarilishini boshlash uchun «Старт» 

tugmachasini bosing.

4.  Kiritilgan parametrlarni saqlash va ishga tushirishni kechiktirish vaqtini 

o'rnatishga o'tish uchun «Настройка» tugmachasini bosing.

5.  KIritilgan o'zgarishlarni saqlamagan holda kutish rejimiga chiqish uchun 

«Отмена/Разогрев» tugmachasini bosing va ushlab turing yoki bir daqiqa 

davomida jihoz ustida hech qanday amal bajarmang.

Tayyorlash vaqtini qo'lda o'rnatishda sozlanmalarning mumkin bo'lgan diapa-

zoni va o'rnatish qadamini hisobga oling.
Tezpishirgich rejimida barcha avtomatik dasturlarda o'rnatilgan tayyorlash 

vaqtining hisobi faqat jihoz jomda berilgan ishchi harorat va bosim daraja-

siga chiqqanidan keyingina boshlanadi.

Bosim darajasini o'zgartirish

REDMOND RMC-РМ330 multipishirgichi-tezpishirgichida tayyorlash dasturini 

tanlagandan keyin bosim darajasini ham o'zgartirish mumkin: mos holda 20, 30 

50  kPa  («МОЛОЧНАЯ  КАША»,  «РИС/КРУПЫ»  va  «ПЛОВ»  dasturlaridan 

 

tashqari). 

1. 

Bosimni o'rnatish rejimiga o'tish uchun «Давление» tugmachasini bosing.

2. 

Ishchi bosim qiymatini orttirish uchun «Давление» yoki «>» tugmachasini, 

kamaytirish uchunesa – «<» tugmachasini bosing. O'zgartirishlar displey

-

dagi tegishli indikatorlar bilan ask ettiriladi. Maksimal qiymatga yetganda 

bosim darajasini o'rnatish diapazonning boshidan boshlanadi.

Avtomatik tayyorlash dasturi ishga tushirilganidan keyin jomda kerakli bosim 
darajasiga erishilgunicha 

 indikatori miltillaydi, bosim darajasi 

indikatori esa jomdagi joriy bosim darajasini ko'rsatadi. Ishchi parametrlarga 

chiqilganidan keyin har ikkala indikator tayyorlash jarayoni yakunlangunicha 

yonib turadi.

Tayyolash haroratini o'zgartirish

RMC-РМ330  multipishirgichi-tezpishirgichida  «ВЫПЕЧКА»,  «ЖАРКА»  va 

«ФРИТЮР» avtomatik tayyorlash dasturi ishlayotgan vaqtda tayyorlash haro

-

ratini qo'lda sozlashingiz mumkin.

1.  Avtomatik tayyorlash dasturi ishlayotgan vaqtda haroratni sozlash re-

jimiga o'tish uchun «Настройка» tugmachasini bosing. Displeyda tayyor

-

lash haroratining miltillovchi indikatori paydo bo'ladi.

2.  Tayyorlash haroratini ko'tarish uchun «>» tugmachasini, pasaytirish uchun 

esa – «<» tugmachasini bosing. Tayyorlash harorati qiymatni tez o'zgartirish 

uchun kerakli tugmachani bosing va ushlab turing. Maksimal qiymatga 

yetganda o'rnatish diapazonning boshidan boshlanadi.

3.  Tayyorlash harorati qiymatini sozlash yakunlanganidan 5 soniya o'tgach 

displeydagi indikator miltillashdan to'xtaydi va tayyorlash dasturini baja-

rish yakunlangunicha yonib turadi.

Agar harorat o'zgartirilmagan bo'lsa, 5 soniyadan keyin harorat qiymati indi-

katori o'chadi.

Dasturni ishga tushirishni kechiktirish 

«Ishga tushirishni kechiktirish» funksiyasi dastur bajarilishi boshlangunicha 

o'tishi kerak bo'lgan vaqt oralig'ini berishga imkon beradi. Ishga tushirishni 

kechiktirish vaqtini avtomatik tayyorlash dasturi tanlanganidan va tayyorlash 

vaqti o'rnatilganidan keyin 1 daqiqaga teng o'rnatish qadami bilan 1 daqiqadan 

24 soatgacha bo'lgan diapazonda o'rnatish mumkin. 

1.  Tayyorlash vaqtini o'rnatgandan keyin ishga tushirishni kechiktirish vaq-

tini  o'rnatish  uchun  «Настройка»  tugmachasini  bosing.  Qisqa  signal 

chalinadi. Displeyda «Отсрочка» («Kechiktirish») indikatori paydo bo'ladi. 

Displeyda miltillovchi 00:00 qiymati namoyish qilinadi.

2.  «<» tugmachasi bosilganda vaqt qiymati 1 soat qadam bilan ortadi. «>» 

tugmachasi bosilganda – tanlangan tayyorlash dasturi uchun standart 

holatda o'rnatilgan o'zgartirish qadami bilan. Soat va daqiqa qiymatlarin-

ing o'zgarishi bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda yuz beradi. Maksimal 

qiymatga yetganda ishga tushirish vaqtini o'rnatish diapazonning boshidan 

boshlanadi. Qiymatni tez o'zgartirish uchun kerakli tugmachani bosing va 

ushlab turing.

3.  Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o'rnatish yakunlanishi bilan kiritilgan 

o'zgarishlarni  tasdiqlash  va  jihozning  ishlay  boshlashi  uchun  «Старт» 

tugmachasini bosing va ushlab turing. Ishga tushirishni kechiktirish 

vaqti tugashi bilan uch marta qisqa signal chalinadi va avtomatik tayyor-

lash dasturining bajarilishi boshlanadi.

4.  Kiritilgan o'zgarishlarni saqlamagan holda kutish rejimiga chiqish uchun 

«Отмена/Разогрев» tugmachasini bosing.

Agar ishga tushirishni kechiktirish vaqti qiymati 00:00 ga o'rnatilsa, avtoma-

tik tayyorlash dasturining bajarilishi «Старт» tugmachasi bosilishi bilanoq 

darhol boshlanadi.

Ishga  tushirishni  kechiktirish  funksiyasidan  «ПОПКОРН»,  «ЖАРКА»  va 

«ФРИТЮР» dasturlaridan boshqa barcha avtomatik tayyorlash dasturlarida 

foydalanish mumkin.

Reseptda tez buziluvchi mahsulotlardan (tuxum, yangi sut, go'sht, pishloq va 

boshq.) foydalaniladigan hollarda «Ishga tushirishni kechiktirish» funksiyasi

-

dan foydalanish tavsiya qilinmadi.

Tayyor taomlar haroratini ushlab turish (avtomatik isitish)

Bu funksiya tayyorlash dasturi ishi yakunlanishi bilan darhol isitish rejimi av-

tomatik ravishda yonadi va tayyor taom haroratini 12 soat davomida 70–75°С 

doirasida  ushlab  turadi.  Avtomatik  isitish  ishlayotganda  «Отмена/Разогрев» 

tugmachasi indikatori yonadi, displeyda esa ushbu rejimdagi ishlash vaqtining 

to'g'ri hisobi aks ettiriladi. 

Zarur bo'lgan hollarda «Старт» tugmachasini bosgan holda avtomatik isitishni 

o'chirib qo'yish mumkin.

«ПОПКОРН», «ЙОГУРТ» va «ФРИТЮР» avtomatik dasturlaridan foydalanganda 

avtomatik isitish dasturidan foydalanib va uni yoqib bo'lmaydi.

Avtomatik isitishni avvaldan o'chirib qo'yish

Tayyorlash dasturi ishi yakunlangandan keyin avtomatik isitishni yoqib qo'yish 

har doim ham zarur bo'lavermaydi. Shuni hisobga olgan holda REDMOND RMC-

РМ330 multipishirgichida asosiy tayyorlash dasturini ishga tushirish yoki uning 

ishlash vaqtida ushbu funksiyani avvaldan o'chirib qo'yish imkoniyati ko'zda 

tutilgan. Buning uchun dasturni ishga tushirish yoki dastur ishlayotgan vaqtda 

«Старт» tugmachasini bosing, «Отмена/Разогрев» tugmachasi indikatori o'chadi.

Avtomatik isitishni yana yoqish uchun «Старт» tugmachasini yana bir bor bos

-

ing («Отмена/Разогрев» tugmachasi indikatori yonadi).

Taomlarni isitish

REDMOND  RMC-РМ330  multipishirgichi-tezpishirgichidan  taomlarni  isitish 

uchun foydalanish mumkin. Buning uchun:

1.  Mahsulotlarni jomga joylashtiring, uni multipishirgich ko'rpusiga o'rnating.

2.  Qopqoqni yoping, multipishirgichni elektr tarmog'iga ulang.

3. 

Tovusli signal berilgunicha «Отмена/Разогрев» tugmachasini bosib turing. 

Displeyda tegishli indikator va tugmacha indikatori yonadi. Taymer isitish 

vaqtining hisobini boshlaydi.

Jihoz taomni 70–75°С haroratgacha isitadi va uni 12 soat davomida issiq holda 

ushlab turadi. Zarur bo'lgan hollarda «Отмена/Разогрев» tugmachasini bosgan 

va displeydagi tegishli indikatorlar va tugmacha indikatori o'chmagunicha 

ushlab turgan holda isitishni o'chirib qo'yish mumkin.

Multipishirgich mahsulotlarni 12 soatgacha isitilgan hold saqlashi mumkin-

ligiga qaramasdan taomlarni ikki-uch soatdan ortiq vaqt davomida isitilgan 

holda saqlash tavsiya qilinmaydi, chunki ayrim hollarda bu uning ta'mining 

o'zgarishlariga olib kelishi mumkin.

Avtomatik dasturlar bilan ishlashning umumiy tartibi

1.  Kerakli masalliqlarni tayyorlang (o'lchang) va ularni multipishirgich-tez-

pishirgich jomiga joylashtiring. Barcha masalliqlar, jumladan suyuqlikning 

jom ichki yuzasidagi maksimal belgidan ortib ketmasligini kuzatib boring. 

2.  Jomni jihoz korpusiga joylashtiring, uning tekis, qiyshaymasdan turgan-

ligi va qizdirish elementiga zich yorishib turganligiga ishonch hosil qiling.

3. 

Qopqoqni  zich  qilib  yoping  («ЖАРКА»  yoki  «ФРИТЮР»  dasturidan  foy

-

dalanganda jihozni ochiq holda qoldiring), qopqoqni blokirovka qilish 

dastasidagi «Закрыть» («Yopish») tugmachasini bosing.

4. 

Bug' chiqarish klapanini «Закрыто» («Yopiq») («СУП», «ПАР», «МОЛОЧНАЯ 

КАША»,  «ТУШЕНИЕ»,  «ПЛОВ»,  «РИС/КРУПЫ»,  «ВАРКА»,  «ТОМЛЕНИЕ» 

dasturlaridan  foydalanaganda)  yoki  «Открыто»  («Ochiq»)  («ДЕСЕРТЫ», 

«ВЫПЕЧКА»,  «ХЛЕБ»,  «ЙОГУРТ»,  «ЖАРКА»,  «ФРИТЮР»,  «ПОПКОРН» 

dasturlaridan foydalanganda) holatiga o'rnating. Jihozni elektr tarmog'iga 

ulang.

5. 

Kutish  rejimidan  chiqish  uchun  «Меню»  tugmachasini  bosing,  «<»,  «>» 

yoki «Меню» tugmachalari yordamida kerakli tayyorlash dasturini tanlang 

(displeyda tegishli dastur indikatori miltillaydi).

6. 

Qayta  ishlanadigan  mahsulot  turini  berish  uchun  («СУП»,  «ПАР», 

«ТУШЕНИЕ»,  «ВАРКА»,  «ЖАРКА»,  «ФРИТЮР»  dasturlarida)  «Выбор 

продукта» tugmachasini bosing.

Содержание

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Redmond RMC-PM330?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"