Redmond RMC-M13 - Инструкция по эксплуатации - Страница 88

Мультиварки Redmond RMC-M13 - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 114
Загружаем инструкцию
background image

88

«ПЕЛЬМЕНИ» dasturi

Chuchvara pishirish uchun tavsiya qilinadi. Standart holatda ushbu dasturdagi 

tayyorlash  vaqti  13  daqiqani  tashkil  qiladi.  Tayyorlash  vaqtini  1  daqiqali 

o'zgartirish qadami bilan 10 daqiqadan 1 soatgacha bo'lgan diapazonda qo'lda 

o'rnatish mumkin. «ПЕЛЬМЕНИ» dasturida tayyorlash vaqtining teskari hisobi 

faqat jihoz ishchi parametrlarga chiqqanidan (suv qaynaganidan) keyin bosh-

lanadi.

«ПЕЛЬМЕНИ» dasturida avtomatik isitish va ishga tushirishni kechiktirish funk-

siyalaridan foydalanib bo'lmaydi.

«МАКАРОНЫ» dasturi

Makaron  pishirish  uchun  tavsiya  qilinadi.  Standart  holatda  ushbu  dasturdagi 

tayyorlash  vaqti  8  daqiqani  tashkil  qiladi.  Tayyorlash  vaqtini  1  daqiqali 

o'zgartirish qadami bilan 2 daqiqadan 1 soatgacha bo'lgan diapazonda qo'lda 

o'rnatish mumkin. «МАКАРОНЫ» dasturida tayyorlash vaqtining teskari hisobi 

faqat jihoz ishchi parametrlarga chiqqanidan (suv qaynaganidan) keyin bosh-

lanadi.

«МАКАРОНЫ»  dasturida  avtomatik  isitish  va  ishga  tushirishni  kechiktirish 

funksiyalaridan foydalanib bo'lmaydi. 

«МАНТЫ» dasturi

Manti  tayyorlash  uchun  tavsiya  qilinadi.  Standart  holatda  ushbu  dasturdagi 

tayyorlash  vaqti  30  daqiqani  tashkil  qiladi.  Tayyorlash  vaqtini  5  daqiqali 

o'zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 2 soatgacha bo'lgan diapazonda qo'lda 

o'rnatish mumkin. «МАНТЫ» dasturida tayyorlash vaqtining teskari hisobi faqat 

jihoz ishchi parametrlarga chiqqanidan (suv qaynaganidan) keyin boshlanadi.

«МАНТЫ» dasturida avtomatik isitish va ishga tushirishni kechiktirish funksi-

yalaridan foydalanib bo'lmaydi.

«ПИЦЦА» dasturi

Pitstsa  tayyorlash  uchun  tavsiya  qilinadi.  Standart  holatda  ushbu  dasturdagi 

tayyorlash  vaqti  30  daqiqani  tashkil  qiladi.  Tayyorlash  vaqtini  5  daqiqali 

o'zgartirish qadami bilan 10 daqiqadan 1 soatgacha bo'lgan diapazonda qo'lda 

o'rnatish mumkin. 

Ushbu dasturida ishga tushishni kechiktirish funksiyasidan foydalanib bo'lmaydi.

«ХЛЕБ» dasturi

Bug'doy  unidan va  javdar  uni  qo'shgan  holda  nonning  turli  turlarini  pishirish 

uchun tavsiya qilinadi. Dastur xamir tindirishdan boshlab pishirishgacha bo'lgan 

tayyorlashning  to'liq  siklini  ko'zda  tutadi.  Standart  holatda  ushbu  dasturdagi 

tayyorlash vaqti 3 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o'zgartirish 

qadami  bilan  10  daqiqadan  6  soatgacha  bo'lgan  diapazonda  qo'lda  o'rnatish 

mumkin. «ХЛЕБ» dasturida avtomatik isitishning ishlash vaqti 3 soatni tashkil 

qiladi.

DIQQAT! Pishirish vaqtida jom va mahsulot qizdiriladi! Tayyor nonni jihozdan 

olish vaqtida oshxona qo'lqoplaridan foydalaning. 

«ПЛОВ» dasturi 

Palovning  turli  turlarini  tayyorlash  uchun  tavsiya  qilinadi.  Standart  holatda 

ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 1 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 

daqiqali  o'zgartirish  qadami  bilan  10  daqiqadan  2  soatgacha  bo'lgan  diapa-

zonda qo'lda o'rnatish mumkin. 

«ФРИТЮР» dasturi

REDMOND RMC-M13/RMC-M23 multipishirgichlarida siz maxsus savatchadan 

(alohida  sotib  olinadi)  foydalanib  frityurda  tayyorlashingiz  mumkin.  Standart 

holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 18 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash 

vaqtini 5 daqiqali o'zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 40 daqiqagacha bo'lgan 

diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin. 

Ushbu dasturida avtomatik isitish va ishga tushishni kechiktirish funksiyalaridan 

foydalanib bo'lmaydi. 

DIQQAT! Yog' juda qaynoq bo'ladi! Frityurda qovurish uchun savatchani chiqa

-

rib olishda oshxona qo'lqoplaridan foydalaning. 

«ТОМЛЕНИЕ» dasturi

Go'sht, baliq va sabzavotlarni dimlab pishirish uchun tavsiya qilinadi. Tayyorlash 

vaqtini 10 daqiqali o'zgartirish qadami bilan 10 daqiqadan 12 soatgacha bo'lgan 

diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin. Standart holatda ushbu dasturdagi tayy-

orlash vaqti 3 soatni tashkil qiladi.

I I I. J I H O Z N I TO Z A L A S H VA S A Q L A S H 

Umumiy qoidalar va tavsiyalar

•  Jihozdan ilk marta foydalanishdan avval hamda multipishirigichdagi taom 

hidlarini ketkazish uchun tayyorlagandan keyin toza jom va ichki qopqo-

qni 9 foizli sirka eritmasi bilan artishni, keyin esa unda 15 daqiqa davom-

ida yarimta limonni «НА ПАРУ» dasturida ishlov berishni tavsiya qilamiz.

•  Tayyorlangan taom bilan yoki suv to'ldirilgan jomni 24 soatdan ortiq vaqt 

yopiq  multipishirgichda  qoldirmang.  Tayyor  taomli  jomni  muzlatgichda 

saqlash va zarur bo'lgan hollarda isitish funksiyasidan foydalanib multi-

pishirgichda taomni isitish mumkin.

•  Jihozni tozalashga kirishishdan avval uning elektr tarmog'idan uzilganli-

giga va to'liq sovuganligiga ishonch hosil qiling. Tozalash uchun yumshoq 

latta va abraziv bo'lmagan idish yuvish vositalaridan foydalaning.

Jihozni tozalashda dag'al salfetkalar yoki gubkalar (agar ushbu qo'llanmada 

maxsus aytib o'tilmagan bo'lsa), abraziv pastalardan foydalanish TA'QIQLANADI. 

Yana  kimyoviy  jihatdan  faol  bo'lgan  yoki  taomga  tegib  turuvchi  buyumlar 

bilan qo'llash uchun tavsiya qilinmaydigan istalgan moddalardan foydalan

-

ishga ham yo'l qo'yilmaydi.
Jihoz  korpusini  suvga  botirish  yoki  uni  suv  oqimi  ostiga  joylashtirish 

TA'QIQLANADI!

•  Multipishirgichning rezinali yoki silikonli qismlarini tozalashda juda ehti-

yot  bo'ling:  ularning  shikastlanishi  yoki  deformatsiyalanishi  jihozning 

noto'g'ri ishlashiga olib kelishi mumkin.

•  Jihoz  korpusini  iloslanganlik  darajasiga  ko'ra  tozalash  mumkin.  Jom, 

ichki alyumin qopqoq va olinuvchi bug' klapanini jihozdan har safar foy-

dalangandan  keyin  tozalash  lozim.  Multipishirgichda  tayyorlash  jaray-

onida  hosil  bo'luvchi  kondensatni  jihozdan  har  safar  foydalangandan 

keyin chiqarib tashlang. Ishki kameraning ichki yuzalarini zaruratga ko'ra 

tozalang.

Korpusni tozalash

Mahsulot korpusini yumshoq nam oshxona salfetkasi yoki gubka bilan tozalang. 

Nozik  tozalash  vositasidan  foydalanish  mumkin.  Suv  dog'lari  va  korpusdagi 

ko'chishlarning hosil bo'lishini oldini olish uchun biz uning sirtini quruq qilib 

artishni tavsiya qilamiz.

Jomni tozalash

Jomni  yumshoq  gubka  va  idish  yuvish  vositasidan  foydalangan  holda  qo'lda 

hamda idish yuvish mashinasida (uning ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga 

mos holda) tozalash mumkin.

Kuchli iloslangan hollarda jomga iliq suv quying va erishi uchun ma'lum vaqt 

qoldiring, keyin tozalashni bajaring. Sovuq suv bilan to'ldirilgan (maksimal yo'l 

qo'yiladigan  darajadan  ko'p  emas)  jomni  samarali  namlantirish  uchun  multi-

pishirgichga  o'rnatish,  qopqoqni  yopish  va  30-40  daqiqa  isitish  uchun  yoqib 

qo'yish  mumkin.  Uni  multipishirgich  korpusiga  o'rnatishdan  avval  jom  tashqi 

sirtini albatta quruq qilib arting.

Jomdan muntazam ravishda foydalanganda uning ichki kuyishga qarshi qo

-

plamasi to'liq yoki qisman rangini o'zgartirishi mumkin. Buning o'zi jomning 

nuqsonli ekanligining belgisi hisoblanmaydi.

Ichki alyumin qopqoqni tozalash

1.  Multipishirgich qopqog'ini oching.

2.  Qopqoqning ichki tomonidan ichki qopqoqni asosiy qopqoqdan ehtiyotlik 

bilan ajrating, uni ilmoqdan oling. 

3.  Har ikkala qopqoq yuzasini yumshoq nam oshxona salfetkasi yoki gubka 

bilan arting. Zarur bo'lgan hollarda olingan qopqoqni idish yuvish vosita-

sidan foydalanib suv oqimi ostida yuving. Bu holda idish yuvish mashina-

sidan foydalanish tavsiya qilinmaydi. 

4.  Har ikkala qopqoqni quruq qilib arting.

5.  Alyumin qopqoqni joyiga o'rnating, uni asosiy qopqoq bilan birga joylashtir-

ing.

Olinuvchi bug' klapanini tozalash

Bug'  klapani  jihoz  yuqori  qopqog'idagi  maxsus  uyachaga  o'rnatiladi  va  ichki 

hamda tashqi kojuxlardan tashkil topadi.

1.  Tashqi kojuxni qopqoq chuqurchasidagi bo'rtiqdan ushlagan holda yuqori-

ga va o’zingizga torting.

2.  Ichki  kojuxni  soat  strelkasiga  qarshi  yo'nalishda  (<loosen>  yo'nalishida) 

oxirigacha burang va uni oling.

3.  Zarur bo'lgan hollarda klapan rezinasini ehtiyotlik bilan oling. Klapanning 

barcha qismlarini yuving.

4.  Yig'ishni  teskari  tartibda  amalga  oshiring:  rezinani  joyiga  joylashtiring, 

klapan asosiy qismi chuqurchalarini ichki kojuxdagi regishli bo'rtiqlarga 

kirgizing  va  soat  strelkasiga  qarama-qarshi  yo'nalishda  (<loosen> 

yo'nalishida) burang. Bug' klapanini jihoz qopqog'idagi uyachaga zich qilib 

joylashtiring.

Kondensatni chiqarib yuborish

Ushbu  modelda  kondensat  jihoz  korpusidagi  maxsus  bo'shliqda  jom  atroida 

to'planadi va jihoz orqa qismida joylashgan maxsus konteynerga oqadi. 

1.  Qopqog'ini oching, jomni chiqarib oling. Zarur bo'lgan hollarda kondensat 

konteynerga to'liq oqishi uchun multipishirgich old qismini biroz ko'taring.

2.  Uni bo'rtiq joyida o'zingizga yengil tortgan holda konteynerni oling.

3.  Kondensatni  quyib  chiqaring.  Yuqorida  esga  olib  o'tilgan  qoi-

dalarga amal qilgan holda konteynerni yuving va joyiga qo'ying.

4.  Jom  atrofidagi  bo'shliqda  qolgan  kondensatni  oshxona  salfet-

kasi yordamida ketkazing.

Ishchi kamerani tozalash

Ushbu qo'llanmadagi ko'rsatmalarga qat'iy amal qilingan hollarad ishchi kam-

eraga  suyuqlik,  taom  zarrachalari  yoki  chiqindilarning  tushish  ehtimoli  juda 

kam. Agar baribir jiddiy iloslanish yuz bergan bo'lsa, jihozning noto'g'ri ishlashi 

yoki  jihozning  ishdan  chiqishining  oldini  olish  uchun  ishchi  kamera  yuzasini 

tozalash lozim.

Multipishirgich ishchi kamerasini tozalashga kirishishdan avval uning elektr 

tarmog'idan uzilganligiga va to'liq sovuganligiga ishonch hosil qiling!

•  Ishchi  kameraning  yon  devorlari,  qizdirish  diskini  yuzasi  va  markaziy 

termodatchik (tub qismining o'rtasida joylashgan) kojuxini nam (xo'l emas!) 

gubka  yoki  salfetka  bilan  tozalash  mumkin.  Agar  siz  yuvish  vositasidan 

foydalanayotgan bo'lsangiz, keyingi taom tayyorlash vaqtida noxush hid 

paydo bo'lmasligi uchun uning qoldiqlarini yaxshilab ketkazish lozim.

•  Markaziy  termodatchik  atroidagi  chuqurchaga  begona  jismlar  tushib 

qolgan  hollarda  ularni  pinsep  yordamida  datchik  kojuxiga  bosmagan 

holda olib tashlang.

•  Qizdirish diskining yuzasi iloslangan hollarda o'rtacha qattiqlikdagi nam-

langan gubka yoki sintetik chyotkadan foydalanish mumkin.

Jihozdan  muntazam  ravishda  foydalanilganda  vaqt  o'tishi  bilan  qizdirish 

diskining rangi to'liq yoki qisman o'zgarishi mumkin. Buning o'zi qurilmaning 

nosoz ekanligini bildirmaydi va uning to'g'ri ishlashiga ta'sir ko'rsatmaydi.

Jihozni saqlash

Agar  jihozdan  uzoq  vaqt  foydalanilmasa,  uni  albatta  elektr  tarmog'idan  uzib 

qo'ying.  Ishchi  kamera,  jumladan  qizdirish  diski,  jom,  ichki  qopqoq  va  bug' 

klapani, kondensat uchun konteyner toza va quruq bo'lishi kerak.

Ixcham tarzda saqlash uchun qismlarni jomga solish va uni multishirgich kor-

pusiga joylashtirish mumkin.

Содержание

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Redmond RMC-M13?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"