Samsung MC28H5013AW/BW - Инструкция по эксплуатации - Страница 154

Микроволновые печи Samsung MC28H5013AW/BW - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 176
Загружаем инструкцию
background image

O'zbek - 22

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

3-9

Moskvacha 

baliq

(1) Shampinonlar - 30 g, sudak biqin go'shti - 150 g, o'simlik yog'i - 5 g

(2) Smetana - 30 g (2 x 15 g)

(3) Pishirilgan kartoshkaning dumaloq bo'laklari - 2 dona (60-70 g/dona), tuz - 

5 g, yanchilgan oq qalampir - 0,5 g, qirilgan pihsloq - 25 g
Qo'ziqorinlarni tarelkaga soling, yoniga baliqni joylashtiring. O'simlik yog'idan 

quying (1). Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida smetana 

porsiyasining yarmini sopol tarelkaga soling (markaziga) (2). Shu smetanaga 

qo'ziqorinni soling. Shunga baliqni ham soling. Unga ziravorlar qo'shing. Baliq 

atrofiga kartoshkani yoyib chiqing. Kartoshkaga pishloqni o'yib chiqing (3). 

Tayyorlash jarayonini davom ettiring.

3-10

Muzlatilgan 

pitstsa

Muzlatilgan pitstsa – 350 g
Muzlatilgan pitstsani mumlangan qog'oz bilan qoplangan gril uchun taglikka 

joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.

3-11

Ismaloq va 

yong'oqli 

cho'chqa filesi

Cho'chqa karbonad - 1 kg, yangi muzlatilgan ismaloq - 250 g, kichkina piyoz - 

1 dona (maydalangan), maydalangan sarimsoqpiyoz bo'lagi - 1 dona, qarag'ay 

yong'og'i - 3 osh qoshiq, yangi oq non ushoqlari - 0,25 piyola, sariyog' - 1 osh 

qoshiq, tuz va qalampir
Masalliqlarni tayyorlang. Ismaloqni muzdan tushiring, ortiqcha suvlarni 

yaxshilab chiqarib tashlang. Sariyog' va piyozni kichkina idishga joylashtiring, 

900 Vt quvvat bilan 1 daqiqa pechga qo'ying. Ismaloq, sarimsoqpiyoz va non 

ushoqlarini qo'shing. Tuz va murch qo'shing, yaxshilab aralashtiring. Cho'chqa 

karbonadni pichoq bilan oching, uni yengilgina uring, tuz va qalampir qo'shing, 

masalliqlarni qo'shing, o'ramalar yasang, six bilan mahkamlang, ip bilan qotiring. 

Pechga joylashtiring va tayyorlashni boshlang. Tovushli signal berilishi bilan bir 

marta aralashtiring.

3-12

Guruchli 

frikadelkalar

Mol go'shti qiymasi - 500 g, pishirilgan guruch - 2 piyola, katta piyoz 

(maydalangan) - 1 dona, maydalangan sarimsoqpiyoz - 1 dona, tuxum - 1 dona, 

sharbatli pomidor - 400 g, tuz va qalampir
Guruchni qiyma, piyoz va tuxum bilan yaxshilab aralashtiring. Tuz va murch 

qo'shing. Ho'l qo'llar bilan diametri taxminan 5 sm bo'lgan to'pchalar yasang. 

Ularni idishga joylashtiring. Sharbatli pomidor qo'shing va pechga joylashtiring, 

keyin tayyorlashni boshlang. Tovushli signal berilishi bilan bir marta aralashtiring.

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

3-13

Asalli 

qovurilgan qo'y 

go'shti

Qo'y oyog'i - 1,5 kg, asal - 3 osh qoshiq, xantal - 1 osh qoshiq, tuz va qalampir
Asal va xantalni aralashtiring. Qo'y go'shtiga tuz va qalampir seping, asallik 

aralashma bilan yog'lang. Go'shtni pishirish varaqasi ustiga joylashtiring va 

pishiring. Tovushli signal berilishi bilan bir marta ag'daring.

3-14

Pishloqli tovuq 

go'shti ruletlari

Tovuq go'shti filesi - 4 dona, bri pishlog'i - 125 g, maydalangan petrushka - 

1 osh qoshiq, tuxum - 2 dona, yangi oq non ushoqlari - 2 piyola, tuz va qalampir
Tovuq go'shti filesini qalin qatlamlarga ajrating. Pishloq po'stini ajrating 

va uni petrushka bilan aralashtiring. Filelarni chorak qismini tayyorlangan 

masalliqlar bilan to'ldiring. Fileli ruletlarni yoping, yog'och tishkovlagichlar bilan 

mahkamlang. Har bir ruletga tuxum, keyin non ushoqlarini seping. Pishirish 

varaqasi ustiga joylashtiring va pishiring.

3-15

Tomatli 

sousdagi tovuq 

go'shti

Tovuq (1,25 kg) - 1 dona, sharbatli pomidor - 450 g, quruq qizil vino - 0,5 piyola, 

katta piyoz - 1 dona (maydalangan), danaksiz qora zaytun - 0,5 piyola, mayda 

kesilgan qo'ziqorin - 250 g, maydalangan petrushka - 2 osh qoshiq, karri kukuni 

- 1 osh qoshiq, un - 20 g, tuz va qalampir
Tovushni mayda bo'laklarga ajrating, tuz va qalampir seping.

Idishda vilka yordamida pomidor, vino, piyoz, zaytun, un va karri bilan 

aralashtiring. Masalliqlarni tovuqli idishga soling, yaxshilab aralashtiring. Idishni 

yoping va pechga joylashtiring, keyin tayyorlashni boshlang. Tovushli signal 

berilganda qo'ziqorinni qo'shing va tayyorlashni davom ettiring. Dasturxonga 

tortishdan avval petrushka seping.

MC28H5013AW_BW_DE68-04234A-04_RU+UK+KK+UZ.indb   22

2017-02-01     11:36:50

Содержание

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Samsung MC28H5013AW/BW?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"