Redmond RMC-FM27 - Инструкция по эксплуатации - Страница 53

Мультиварки Redmond RMC-FM27 - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 64
Загружаем инструкцию
background image

53

RMC-FM27

UZB

Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o’zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 

2 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin. Ushbu 

dasturda  tayyorlash  uchun  maxsus  konteynerdan  foydalaning 

(majmualar to’plamiga kiradi).

«ВАРКА» dasturi

Dastur sabzavotlar va dukkaklilarni tayyorlash uchun mo’ljallangan. 

Standart  tayyorlash  vaqti  40  daqiqani  tashkil  qiladi. Tayyorlash 

vaqtini  5  daqiqali  o’zgartirish  qadami  bilan  10  daqiqadan  8 

soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin.

«МАКАРОНЫ» dasturi

Dastur  suvni  qaynashgacha  olib  borish,  masalliqlarni  solish  va 

ularni  keyingi  tayyorlashni  ko’zda  tutadi.  Suvning  qaynaganligi 

va masalliqlarni solish kerakligi to’g’risida tovushli signal xabar 

qiladi. Tayyorlash  vaqtining  teskari  hisobi  «Старт»  tugmachasi 

qayta bosilgandan keyin boshlanadi.

Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 8 daqiqani 

tashkil  qiladi. Tayyorlash  vaqtini  1  daqiqali  o’zgartirish  qadami 

bilan 2 daqiqadan 1 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish 

mumkin. Ushbu dasturda «Отсрочка старта» va «Автоподогрев» 

funksiyalaridan foydalanib bo’lmaydi.

Ayrim  mahsulotlarni  (masalan,  makaron,  chuchvara) 

tayyorlaganda  ko’pik  hosil  bo’ladi.  Uning  jomdan  oqib 

ketishining  oldini  olish  uchun  mahsulotlarni  qaynayotgan 

suvga solgandan bir necha daqiqa o’tgandan keyin qopqoqni 

ochib qo’yish mumkin.

«ЖАРКА» dasturi

Go’sht, tovuq go’shti, baliq va ko’p masalliqli taomlarni qovurish 

uchun  mo’ljallangan.  Mahsulotlarni  qopqoq  ochilgan  holda 

qovurish tavsiya qilinadi. Standart holatda ushbu dasturdagi 

tayyorlash vaqti 18 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 

1 daqiqali o’zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 2 soatgacha 

bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin. Ushbu dasturida 

ishga  tushishni  kechiktirish  funksiyasidan  foydalanib 

bo’lmaydi.

Masalliqlarning  kuyib  ketishini  oldini  olish  uchun  reseptlar 

kitobidagi ko’rsatmalarga amal qilish va jomdagi masalliqlarni 

vaqti-vaqti bilan aralashtirib turishni tavsiya qilamiz. «ЖАРКА» 

dasturidan  takror  foydalanishdan  avval  jihozni  to’liq  sovutib 

oling.

«ВЫПЕЧКА» dasturi

Achitqili xamirdan kekslar, pishiriqlar va piroglar tayyorlash uchun 

mo’ljallangan. Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 

1 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o’zgartirish 

qadami bilan 10 daqiqadan 4 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda 

o’rnatish mumkin.

Pishiriq  tayyorlaganda  taomni  avtomatik  isitish  funksiyasini 

o’chirib qo’yish tavsiya qilinadi. U nam bo’lib qolmasligi uchun 

tayyor  mahsulotni  darhol  multipishirgichdan  chiqarib  oling. 

Agar  buning  iloji  bo’lmasa,  mahsulotni  avtomatik  isitish 

funksiyasi  yoqilgan  holda  multipishirgichda  oz  vaqtga 

qoldirishga yo’l qo’yiladi.

«ТУШЕНИЕ» dasturi

Gulyash, jarkoye va ragu tayyorlash uchujn mo’ljallangan. Standart 

holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 50 daqiqani tashkil qiladi. 

Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o’zgartirish qadami bilan 10 daqiqadan 

12 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin.

«СУП» dasturi

Bulonlar, go’sht, baliq, tovuq go’shti yoki sabzavotlardan ziravorli, 

sabzavotli  va  sovuq  sho’rvalar  tayyorlash  uchun  mo’ljallangan. 

Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 40 daqiqani 

tashkil  qiladi. Tayyorlash  vaqtini  5  daqiqali  o’zgartirish  qadami 

bilan  10  daqiqadan  8  soatgacha  bo’lgan  diapazonda  qo’lda 

o’rnatish mumkin.

«ЙОГУРТ» dasturi

Uy yogurtini tayyorlash va xamir tindirish uchun mo’ljallangan. 

Standart  holatda  ushbu  dasturdagi  tayyorlash  vaqti  8  soatni 

tashkil  qiladi. Tayyorlash  vaqtini  5  daqiqali  o’zgartirish  qadami 

bilan  10  daqiqadan  12  soatgacha  bo’lgan  diapazonda  qo’lda 

o’rnatish  mumkin.  Masalliqlarni  solganda  ularning  jom  foydali 

hajmining yarmidan ko’p qismini egallamasligini kuzatib turing. 

Bu dasturda avtomatik isitish funksiyasidan foydalanib bo’lmaydi.

Yogurt  tayyorlash  uchun  siz  REDMOND  RAM-G1  maxsus 

bankalar to’plamidan foydalanishingiz mumkin (alohida xarid 

qilinadi).

«РИС/КРУПЫ» dasturi

Dastur  turli  yormalar  va  garnirlar  tayyorlash  hamda  suvda 

uvalanuvchan bo’tqalar pishirish uchun mo’ljallangan. Standart 

tayyorlash vaqti 25 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 1 

daqiqali o’zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 4 soatgacha bo’lgan 

diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin.

«ПИЦЦА» dasturi

Dastur go’shtli, tovuq go’shtili, pishloqli va masalliqlarning boshqa 

turlari bilan pitstsalar tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart 

tayyorlash vaqti 10 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 

daqiqali  o’zgartirish  qadami  bilan  10  daqiqadan  1  soatgacha 

bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin. 

«МОЛОЧНАЯ КАША» dasturi

Dastur past darajadagi yog’likka ega bo’lgan tozalangan sutdan 

foydalanib  bo’tqalar  tayyorlash  uchun  mo’ljallangan.  Standart 

tayyorlash vaqti 25 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 1 

daqiqali o’zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 4 soatgacha bo’lgan 

diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin.

Sutning qaynab ketishini oldini olish va kerakli natijaga erishish uchun 

tayyorlashdan avval quyidagi harakatlarni bajarish tavsiya qilinadi:

•  butun  donli  (guruch,  grechixa,  oqlangan  tariq  va  boshq.) 

barcha  yormalarni  jarayonda  quyilayotgan  suv  toza 

bo’lmagunicha yaxshilab yuvish;

•  tayyorlashdan  avval  multipishirgich  jomini  sariyog’  bilan 

yog’lash;

•  reseptlar  kitobidagi  ko’rsatmalarga  ko’ra  masalliqlarni 

o’lchagan  holda  nisbatlarga  qat’iy  amal  qilish  (masalliqlar 

miqdorini qat’iy mutanosib tarzda kamaytirish yoki orttirish);

•  qaymog’i olinmagan sutdan foydalanganda uni 1:1 nisbatda 

ichimlik suvi bilan aralashtirish.

Sut  va  yormalarning  xususiyatlari  kelib  chiqishi  va  ishlab 

chiqaruvchiga  bog’liq  ravishda  farq  qilishi  mumkin,  bu  esa 

ayrim hollarda tayyorlash natijalariga ta’sir ko’rsatadi. 
Agar  «МОЛОЧНАЯ  КАША»  dasturida  kutilgan  natijaga 

erishilmagan  bo’lsa,  «МУЛЬТИПОВАР»  universal  dasturidan 

foydalaning.  Sutli  bo’tqa  tayyorlash  uchun  optimal  harorat 

bo’lib  95°С  hisoblanadi.  Masalliqlar  miqdori  va  tayyorlash 

vaqtini reseptga ko’ra o’rnating.

«ПЛОВ» dasturi

Dastur palovning turli turlarini tayyorlash uchun mo’ljallangan. 

Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 30 daqiqani 

tashkil  qiladi. Tayyorlash  vaqtini  5  daqiqali  o’zgartirish  qadami 

bilan  10  daqiqadan  2  soatgacha  bo’lgan  diapazonda  qo’lda 

o’rnatish mumkin.

«ТОМЛЕНИЕ» dasturi

Dastur konservalashtirib dimlangan go’sht, rulka hamda ilitilgan 

sut  tayyorlash  uchun  mo’ljallangan.  Standart  holatda  ushbu 

dasturdagi  tayyorlash  vaqti  3  soatni  tashkil  qiladi. Tayyorlash 

vaqtini  10  daqiqali  o’zgartirish  qadami  bilan  10  daqiqadan  12 

soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin.

I I I. J I H OZ U S T I DA N QA ROV

Umumiy qoidalar va tavsiyalar

•  Jihozdan dastlabki foydalanishdan avval hamda tayyorlashdan 

keyin  taom  hidlarni  ketkazish  uchun  yarimta  limonni  «НА 

ПАРУ»  dasturida  15  daqiqa  davomida  qaynatishni  tavsiya 

qilamiz

•  Tayyorlangan  taom  bilan  yoki  suv  to’ldirilgan  jomni  24 

soatdan ortiq vaqt yopiq multipishirgichda qoldirmang. Tayyor 

taomli jomni muzlatgichda saqlash va zarur bo’lgan hollarda 

isitish  funksiyasidan  foydalanib  multipishirgichda  taomni 

isitish mumkin.

•  Agar  jihozdan  uzoq  vaqt  foydalanmasangiz,  uni  elektr 

tarmog’idan uzib qo’ying. Ishchi kamera, jumladan qizdirish diski, 

jom, ichki qopqoq va bug’ klapani toza va quruq bo’lishi kerak.

•  Jihozni tozalashga kirishishdan avval uning elektr tarmog’idan 

uzilganligiga  va  to’liq  sovuganligiga  ishonch  hosil  qiling. 

Tozalash  uchun  yumshoq  latta  va  abraziv  bo’lmagan  idish 

yuvish vositalaridan foydalaning.

Содержание

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Redmond RMC-FM27?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"