Redmond RMC-FM27 - Инструкция по эксплуатации - Страница 52

Мультиварки Redmond RMC-FM27 - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 64
Загружаем инструкцию
background image

52

Ortiqcha  qizib  ketishdan  himoya  qilish  uchun  tayyorlash 

harorati 130°С dan balandga o’rnatilganda dasturning maksimal 

ishlash vaqti ikki soat bilan cheklanadi.

Tayyorlash vaqtini o’zgartirish uchun:

1.  Tayyorlash dasturi ishlayotgan vaqtda «Время» tugmachasini 

bosing. Displeyda vaqt indikatoridagi soat qiymati miltillay 

boshlaydi. Haroratning standart bo’yicha qiymati aks ettiriladi.

2.  Kerakli tayyorlash vaqtini o’rnating. Soat qiymatini orttirish 

uchun «+» tugmasini, kamaytirish uchun esa — «–» tugmasini 

bosing.

3.  «Время» tugmasini qaytadan bosing va «+» va «–» tugmalari 

yordamida  daqiqa  qiymatini  o’rnating.  Soat  va  daqiqa 

qiymatlarining o’zgarishi bir-birga bog’liq bo’lmagan holda 

sodir bo’ladi. Maksimal qiymatga yetganda vaqtni o’rnatish 

diapazonning boshidan boshlanadi. Qiymatni tez o’zgartirish 

uchun kerakli tugmachani bosing va ushlab turing.

4.  Boshqaruv  panelidagi  tugmachalarni  5  soniya  davomida 

bosmang. O’zgarishlar avtomatik ravishda saqlanadi.

Agar tayyorlash vaqti qiymati 00:00 ga o’rnatilsa, dasturning 

ishlashi to’xtatiladi.

Avtomatik dasturlaridan foydalangandagi harakatlarning 

umumiy tartibi

1.  Kerakli masalliqlarni tayyorlang (o’lchang).

2.  Masalliqlarni  tayyorlash  dasturiga  muvofiq  tarzda 

multipishirgich  jomiga  joylashtiring va  uni  jihoz  korpusiga 

qo’ying. Barcha masalliqlar, jumladan suyuqlikning jom ichki 

yuzasidagi  maksimal  belgidan  ortib  ketmasligini  kuzatib 

boring.  Jomning  nuqsonlarsiz  o’rnatilganligiga  va  qizdirish 

elementiga zich tegib turganligiga ishonch hosil qiling.

3.  Multipishirgich qopqog’ini tiqillagan tovush chiqargan holda 

yoping. Jihozni elektr tarmog’iga ulang,   tugmasini bosing.

4.  Tayyorlash  dasturini  tanlash  uchun  boshqaruv  panelidagi 

tegishli  tugmachani  bosing. Tugmacha  yonidagi  indikator 

yonadi,  displeyda  standart  bo’yicha  tayyorlash  vaqtining 

qiymati  va    indikatori  paydo  bo’ladi.  «МУЛЬТИПОВАР» 

dasturi tanlanganda displeyda haroratning standart bo’yicha 

qiymati ham aks ettiriladi.

5.  Zarur bo’lgan hollarda standart o’rnatilgan tayyorlash vaqtini 

o’zgartiring.

«МУЛЬТИПОВАР»  dasturida  yana  dastur  ishga  tushgunicha 

kerakli tayyorlash haroratini o’rnatish ham mumkin. Haroratni 

o’zgartirish  uchun  «Темп.»  tugmachasini  bosing  va  kerakli 

qiymatni o’rnating. Qiymatni orttirish uchun «+» tugmachasidan, 

kamaytirish uchun esa — «–» tugmachasidan foydalaning

6.  Zarur bo’lgan hollarda ishga tushirishni kechiktirish vaqtini 

o’rnating. 

7.  Tayyorlash  dasturini  ishga  tushirish  uchun  «Старт» 

tugmachasini bosing, avtomatik isitish indikatori yonadi (agar 

bu  funksiya  yoqilgan  bo’lsa). Tayyorlash  vaqtining  teskari 

hisobi  tanlangan  tayyorlash  dasturiga  bog’liq  ravishda 

«Старт» tugmachasi bosilganidan keyinoq darhol yoki jomda 

kerakli haroratga erishilganidan keyin boshlanadi.

«МАКАРОНЫ»  dasturida  tayyorlash  vaqtining  teskari  hisobi 

jomdagi  suv  qaynaganidan,  mahsulotlar  solinganidan  va 

«Старт» tugmachasi qaytadan bosilganidan keyin boshlanadi.

Zarur bo’lgan hollarda «Старт» tugmachasini bosish orqali 

avtomatik isitish funksiyasini avvaldan o’chirib qo’yish mumkin, 

avtomatik  isitish  indikatori  o’chadi.  «Старт»  tugmachasini 

qayta bosish ushbu funksiyani yana yoqadi.

8.  Tayyorlash  dasturining  yakunlanganligi  to’g’risida  sizni 

tovushli signal xabardor qiladi, displeyda «End» yozuvi paydo 

bo’ladi,  jihoz  kutish  rejimiga  o’tadi. Agar  avtomatik  isitish 

funksiyasi yoqilgan bo’lsa, jihoz tayyor taom haroratini ushlab 

turish rejimiga o’tadi (displeyda   indikatori yonadi).

9.  Kiritilgan  dasturni  bekor  qilish,  tayyorlash  yoki  avtomatik 

isitish  jarayonini  to’xtatish  uchun  «Отмена/Разогрев» 

tugmachasini bosing.

Sifatli  natijani  olish  uchun  REDMOND  RMC-FM27 

multipishirgichiga  ilova  qilinadigan,  ushbu  model  uchun 

maxsus ishlab chiqilgan pazandachilik kitobidan olingan taom 

tayyorlash bo’yicha reseptlardan foydalanishni taklif qilamiz. 

Tegishli reseptlarni siz yana www.multivarka.pro saytidan ham 

topishingiz mumkin.

«МУЛЬТИПОВАР» dasturi

«МУЛЬТИПОВАР»  dasturi  harorat  va  tayyorlash  vaqtining 

foydalanuvchi tomonidan berilgan parametrlari bo’yicha taomni 

tayyorlash uchun mo’ljallangan. «МУЛЬТИПОВАР» dasturi tufayli 

REDMOND  RMC-FM27  multipishirgichi  bir  qator  oshxona 

jihozlarining  o’rnini  egallashi  va  eski  pazandachilik  kitobidan 

topilgan  yoki  Internetdan  olingan  deyarli  har  qanday  sizni 

qiziqtirgan  resept  bo’yicha  taom  tayyorlashga  imkon  berishi 

mumkin.

Agar  taom  tayyorlash  harorati  80°С  dan  baland  bo’lsa, 

avtomatik isitish funksiyasidan foydalanish tavsiya qilinmaydi.

Standart  holatda  «МУЛЬТИПОВАР»  dasturida  tayyorlash  vaqti 

30  daqiqani,  tayyorlash  harorati  esa —  100°С  ni  tashkil  qiladi. 

Dasturda haroratni o’rnatish diapazoni 5°С qadam bilan 35-160°С 

ni  tashkil  qiladi.  Vaqtni  qo’lda  o’rnatish  diapazoni —  1  daqiqa 

qadam bilan 2 daqiqadan 12 soatgacha.

DIQQAT!  Harorat  130°С  dan  balandga  o’rnatilgan  hollarda 

xavfsizlikni  ta’minlash  maqsadlarida  tayyorlash vaqti  2  soat 

bilan cheklanadi.
«МУЛЬТИПОВАР» dasturida ko’pgina turli taomlarni tayyorlash 

mumkin.  Ilova  qilinayotgan  professional  oshpazlarimizning 

oshpazlik  kitobidan  yoki  turli  taomlar  va  mahsulotlarni 

tayyorlash uchun tavsiya qilingan haroratlar maxsus jadvalidan 

foydalaning.  Siz  kerakli  reseptlarni yana www.multivarka.pro 

saytidan ham topishingiz mumkin.

«ЭКСПРЕСС» dasturi

Dastur  guruch  va  sochilma  bo’tqalarni  suvda  tayyorlash  uchun 

mo’ljallangan.  Dastur  suv  to’liq  qaynaganidan  keyin  avtomatik 

o’chirishni  ko’zda  tutadi.  Bu  dasturda  tayyorlash  vaqtini  qo’lda 

o’rnatish  hamda  «Отсрочка  старта»  va  «Автоподогрев» 

funksiyalaridan  foydalanish  mumkin  emas. Tayyorlash  dasturni 

ishga tushirish uchun kutish rejimida «Старт» tugmachasini bosing.

«ЭКСПРЕСС»  dasturini  yana  boshqaruv  panelidagi  tegishli 

tugmachani bosgan holda tanlash va «Старт» tugmachasini 

bosgan holda ishga tushirish ham mumkin.

«ХЛЕБ» dasturi

Bug’doy unidan va javdar uni qo’shgan holda nonning turli turlarini 

pishirish uchun tavsiya qilinadi. Dastur xamir tindirishdan boshlab 

pishirishgacha  bo’lgan  tayyorlashning  to’liq  siklini  ko’zda  tutadi. 

Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 3 soatni tashkil 

qiladi. Tayyorlash vaqtini  5  daqiqali  o’zgartirish  qadami  bilan  10 

daqiqadan 4 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda o’rnatish mumkin. 

Bu  dasturda  «Автоподогрев»  funksiyasining  maksimal  ishlash 

vaqti uch soat bilan cheklangan.

«Отсрочка старта» funksiyasidan foydalanish tavsiya qilinmaydi, 

chunki bu pishiriq sifatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Masalliqlarni  solganda  ularning  jom  foydali  hajmining 

yarmidan ko’p qismini egallamasligini kuzatib turing.
Tayyorlash vaqti 1 soatdan kamroqqa o’rnatilganda «Старт» 

tugmachasi bosilgandan keyin pishirish jarayoni boshlanadi. 

Xamirni  tindirish  bosqichida  multipishirgich  qopqog’ini 

ochmang! Tayyorlanayotgan mahsulotning sifati shunga bog’liq 

bo’ladi.

Dastur  ishining  birinchi  soatida  xamirni  tindirish  boradi,  keyin 

bevosita  pishirishga  o’tiladi.  Dastur  parametrlarning  standart 

qiymatlari  bilan  ishga  tushirilganda  2  soat  ishlagandan  keyin 

jihoz tovushli signal beradi. Multipishirgich qopqog’ini oching va 

nonni ag’daring. Agar dastur parametrlariga o’zgarishlar kiritilgan 

bo’lsa, tovushli signal berilmaydi.

DIQQAT!  Tayyor  nonni  jihozdan  olish  vaqtida  oshxona 

qo’lqoplaridan foydalaning.

Undan  foydalanishdan  avval  kislorod  bilan  to’yintirish  va  turli 

aralashmalarni  yo’qotish  uchun  uni  elakdan  o’tkazish  tavsiya 

qilinadi. Vaqtni qisqartirish va tayyorlashni soddalashtirish uchun 

non  tayyorlashga  mo’ljallangan  tayyor  aralashmalardan 

foydalanishni tavsiya qilamiz.

«НА ПАРУ» dasturi

Go’shtli taomlar, baliq, tovuq go’shti, sabzavotlar va ko’p masalliqli 

taomlarni bug’da tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart holatda 

ushbu  dasturdagi  tayyorlash  vaqti  35  daqiqani  tashkil  qiladi. 

Содержание

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Redmond RMC-FM27?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"