Redmond RMC-FM27 - Инструкция по эксплуатации - Страница 51

Мультиварки Redmond RMC-FM27 - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 64
Загружаем инструкцию
background image

51

RMC-FM27

UZB

mumkin.  Berilayotgan  vaqtning  o’zgarish  qadami  va  mumkin 

bo’lgan diapazoni tanlangan tayyorlash dasturiga bog’liq bo’ladi.

1.  Avtomatik  dasturni  tanlagandan  so’ng  «Время»  tugmasini 

bosing. Vaqt indikatorining soat qiymati miltillay boshlaydi.

2.  Parametr qiymatini orttirish uchun «+» tugmasini, kamaytirish 

uchun esa — «–» tugmasini bosing.

3.  «Время» tugmasini qaytadan bosing va «+» va «–» tugmalari 

yordamida daqiqa qiymatini o’rnating.

Soat  va  daqiqa  qiymatlarining  o’zgarishi  bir-birga  bog’liq 

bo’lmagan holda sodir bo’ladi. Parametrning maksimal/minimal 

qiymatiga yetganda o’rnatish diapazonning boshidan boshlanadi. 

Parametr  qiymatini  tez  o’zgartirish  uchun  kerakli  tugmachani 

bosing va ushlab turing.

Ayrim avtomatik dasturlarda o’rnatilgan tayyorlash vaqtining 

hisobi  faqat  jihoz  berilgan  ish  haroratiga  chiqqanidan  keyin 

boshlanadi. Masalan, sovuq suv quyilsa va «НА ПАРУ» dasturida 

tayyorlash vaqti 5 daqiqaga o’rnatilsa, dasturni ishga tushirish 

va  berilgan  tayyorlash  vaqtining  teskari  hisobi  faqat  suv 

qaynaganidan  va  jomda  yetarli  darajadagi  zich  bug’  hosil 

bo’lganidan keyin boshlanadi.

Dasturni ishga tushirishni kechiktirish

«Отсрочка  старта»  funksiyasi  tayyorlash  dasturining  bajarilishi 

boshlangunicha o’tishi kerak bo’lgan vaqtni berishga imkon beradi. 

Ishga tushirishni maksimal kechiktirish vaqti 24 soatni tashkil qiladi. 

Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o’rnatish qadami — 1 daqiqa.

1.  Ishga  tushirishni  kechiktirish  vaqtini  o’zgartirish  uchun 

avtomatik  dastur  tanlangandan  keyin  «Отсрочка» 

tugmachasini bosing. Displeyda   indikatori paydo bo’ladi, 

vaqt indikatoridagi soat qiymati miltillay boshlaydi.

2.  Parametr qiymatini orttirish uchun «+» tugmasini, kamaytirish 

uchun esa — «–» tugmasini bosing.

3.  «Время» tugmasini bosing va «+» va «–» tugmalari yordamida 

daqiqa qiymatini o’rnating.

Soat  va  daqiqa  qiymatlarining  o’zgarishi  bir-birga  bog’liq 

bo’lmagan holda sodir bo’ladi. Parametrning maksimal/minimal 

qiymatiga yetganda o’rnatish diapazonning boshidan boshlanadi. 

Parametr  qiymatini  tez  o’zgartirish  uchun  kerakli  tugmachani 

bosing va ushlab turing.

Ishga tushirishni kechiktirish funksiyasidan «ЖАРКА», «МАКА-

РОНЫ»  va  «ЭКСПРЕСС»  dasturlaridan  boshqa  barcha 

tayyorlash dasturlarida foydalanish mumkin. Resept tarkibida 

tez buziluvchi mahsulotlar (tuxum, yangi sut, go’sht, pishloq va 

boshq.) mavjud bo’lgan hollarda ishga «Отсрочка старта» 

funksiyasidan foydalanish tavsiya qilinmaydi. 

Tayyor  taomlar  haroratini  ushlab  turish  (avtomatik 

isitish)

Bu funksiya tayyorlash dasturi ishi yakunlanishi bilan darhol isitish 

rejimi  avtomatik  ravishda  yonadi  va  tayyor  taom  haroratini  12 

soat  davomida  70-75°С  doirasida  ushlab  turadi. Avtomatik  isitish 

ishlayotgan vaqtda «Отмена/Разогрев» tugmachasi indikatori yonadi, 

displeyda  esa  ushbu  rejimdagi  ishlash vaqtining  to’g’ri  hisobi  aks 

ettiriladi. Zarur bo’lgan hollarda «Отмена/Разогрев» tugmachasini 

bosgan holda avtomatik isitishni o’chirib qo’yish mumkin. 

Avtomatik isitishni avvaldan o’chirib qo’yish

Avtomatik  isitishni  avvaldan  o’chirib  qo’yish tayyorlash  dasturi 

ishi yakunlangandan keyin avtomatik isitishni yoqib qo’yish har 

doim  ham  zarur  bo’lavermaydi.  Shuni  hisobga  olgan  holda 

REDMOND RMC-FM27 multipishirgichida asosiy tayyorlash dasturi 

ishlayotgan  vaqtda  bu  funksiyasini  avvaldan  o’chirib  qo’yish 

imkoniyati ko’zda tutilgan. Buning uchun ishga tushirish vaqtida 

yoki  dastur  ishlayotgan  vaqtda  «Старт»  tugmachasini  bosing. 

Avtomatik  isitish  funksiyasini  yana  yoqish  uchun  «Старт» 

tugmachasini qayta bosing.

Avtomatik  isitish  funksiyasidan  «ЙОГУРТ»,  «МАКАРОНЫ», 

«ЭКСПРЕСС»  dasturlaridan  foydalanganda  va  «МУЛЬТИПО-

ВАР»  dasturida  tayyorlash  harorati  80°С  dan  pastga 

o’rnatilganda foydalanib bo’lmaydi.

Taomlarni isitish

REDMOND RMC-FM27 multipishirgichidan taomlarni isitish uchun 

foydalanish mumkin. Buning uchun:

1.  Mahsulotlarni  jomga  joylashtiring,  uni  multipishirgich 

ko’rpusiga o’rnating.

2.  Qopqoqni yoping, multipishirgichni elektr tarmog’iga ulang, 

 tugmasini bosing.

3.  «Отмена/Разогрев»  tugmachasini  bosing.  Displeyda  tegishli 

indikator yonadi. Taymer isitish vaqtining to’g’ri hisobini boshlaydi.

Jihoz taomni 70-75°С haroratgacha isitadi va uni 12 soat davomida 

issiq holda ushlab turadi. Zarur bo’lgan hollarda «Отмена/Разо-

грев» tugmachasini bosgan holda isitishni to’xtatish mumkin. 

Avtomatik isitish va isitish funksiyalari tufayli multipishirgich 

mahsulotlarni  12  soatgacha  isitilgan  hold  saqlab  turishi 

mumkin, biroq biz taomlarni 2-3 soatdan ortiq vaqt davomida 

isitilgan  holda  saqlashni  tavsiya  qilinmaymiz,  chunki  ayrim 

hollarda bu uning ta’mining o’zgarishlariga olib kelishi mumkin.

«MASTERFRY» funksiyasi 

A3

REDMOND  RMC-FM27  multipishirgichi  ko’tariluvchi  qizdirish 

elementi  bilan  jihozlangan.  Shu  tufayli  siz  multipishirgichda 

nafaqat jomdan, balki mos tovadan ham foydalanishingiz mumkin.

Tova  tubining  diametri  jihoz  qizdirish  diskining  diametridan 

katta  bo’lmasligi  keral.  Idish  qirralari  va  dastasining 

multipishirgichning plastik qismlari va qopqoqning zichlovchi 

halqasiga tegmasligini kuzatib boring.

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida qizdirish elementi holatini 

o’zgartirish  uchun  qisqichlardan  (jihozni  yetkazib  berish 

majmuasiga kiradi) foydalaning.

Qizdirish elementini yuqori holatga o’rnatish uchun uni ehtiyotlik 

bilan  oxirigacha  ko’taring  va  o’rnatgichlar  ishchi  kamera 

devorlaridagi  chuqurchalariga  mahkam  qotirilgunicha  soat 

strelkasi yo’nalishida asta burang.

Diskli qizdirgichni quyi holatga o’rnatish uchun o’rnatgichlar ishchi 

kamera  devorlaridagi  chuqurchalardan  chiqishi  uchun  uni 

ko’taring va diskni soat strelkasi yo’nalishida ozgina buragan holda 

ehtiyotlik bilan qo’yib yuboring.

Jihoz elektr tarmog’iga ulangan hollarda qizdirish elementining 

holatini o’zgartirmang!

Agar diskli qizdirish elementi yuqori holatga o’rnatilgan bo’lsa, 

jihoz qopqog’ini yopish ta’qiqlanadi.

«МАСТЕРШЕФ ЛАЙТ» funksiyasi

Yangi  «МАСТЕРШЕФ  ЛАЙТ»  funksiyasi  bilan  o’zingiz  uchun 

pazandachilik  ijodkorligining  yanada  ko’proq  imkoniyatlarini 

oching! Agar  «МУЛЬТИПОВАР»  dasturi  dastur  parametrlarini  u 

ishga tushgunicha berishga imkon bersa, «МАСТЕРШЕФ ЛАЙТ» 

funksiyasidan  foydalangan  holda  siz  sozlanmalarni  bevosita 

tayyorlash jarayonida o’zgartirishingiz mumkin.

«ЙОГУРТ»  va  «ЭКСПРЕСС»  avtomatik  dasturlaridan 

foydalanganda «МАСТЕРШЕФ ЛАЙТ» funksiyasidan foydalanib 

bo’lmaydi

«МАСТЕРШЕФ  ЛАЙТ»  funksiyasidan  foydalanganda  haroratni 

1°С  qadam  bilan  35°С  dan  160°С  gacha  bo’lgan  diapazonda 

o’zgartirish  mumkin.  Minimal  tayyorlash  vaqti  —  1  daqiqa, 

maksimal  tayyorlash  vaqti  tanlangan  dasturga  bog’liq  bo’ladi, 

o’rnatish qadami — 1 daqiqa.

«МАСТЕРШЕФ  ЛАЙТ»  funksiyasidan  faqat  tayyorlash  vaqtida 

foydalanishingiz  mumkin.  «Ishga  tushirishni  kechiktirish» 

funksiyasi  ishlayotgan  va  dastur  ishlayotganda  ishchi  rejimga 

chiqish  kutilayotganda  «МАСТЕРШЕФ  ЛАЙТ»  funksiyasidan 

foydalanib bo’lmaydi.

«МАСТЕРШЕФ ЛАЙТ» funksiyasi turli tayyorlash dasturlaridan 

birgalikda  foydalanishni  talab  qiluvchi  murakkab  reseptlar 

bo’yicha taomlar tayyorlashda ayniqsa foydali bo’lishi mumkin.

Tayyorlash haroratini o’zgartirish uchun:

1.  Tayyorlash dasturi ishlayotgan vaqtda «Темп.» tugmachasini 

bosing.  Displeyda  harorat  qiymati  indikatori  miltillay 

boshlaydi.

2.  Kerakli haroratni o’rnating. Orttirish uchun «+» tugmachasini, 

kamaytirish uchun esa — «–» tugmachasini bosing. Qiymatni 

tez o’zgartirish uchun kerakli tugmachani bosing va ushlab 

turing.  Maksimal  qiymatga  yetganda  vaqtni  o’rnatish 

diapazonning boshidan boshlanadi.

3.  Boshqaruv  panelidagi  tugmachalarni  5  soniya  davomida 

bosmang.  O’zgarishlar  avtomatik  ravishda  saqlanadi. 

O’rnatilgan  harorat  dastur  ishi  tugagunicha  yoki  yangidan 

o’zgartirish kiritilgunicha aks ettiriladi.

Содержание

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Redmond RMC-FM27?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"