Микроволновые печи Samsung MC32K7055CT - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

34 O'zbek
Pechdan f
oy
dalanish
Pechdan foydalanish
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Tarkibi
4-13
Olmali pirog
300-400 g
4 ta kichkina yashil olma, 200 g un, 60 g sariyog‘,
½ qoshiqcha yumshatgich, 80 g qand tolqoni,
2-3 qoshiq suv
Ko'rsatmalar
Olmani yuvib, o‘rtasini olib tashlang, keyin yupqa bo‘lakda kesing.
Unni yumshatgich bilan idishga elab, sariyog‘ qo‘shing va qo‘lda
aralashtiring. 2-3 qoshiq suv qo‘shib, qand tolqonining yarmini soling
va xamirni qoring, keyin plastik o‘ram bilan o‘rab, sovutgichda 1 soatga
qo‘yib qo‘ying. Xamirni muzlatgichdan olib, 2 mm qalinlikdagi yupqa
to‘rtburchak shaklida yoyib, qolipga soling. Olma pallalarini qolgan
qand tolqoniga aralashtirib, xamir ustiga joylashtirib chiqing.
Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing.
4-14
Yong‘oqli pirog
700-800 g
300 g un, 100 g sariyog‘, 200 g yong‘oq, 100 g shakar,
125 g asal, 1 ta limon, 2 ta tuxum
Ko'rsatmalar
Xamirni tayyorlash: 250 g unni idishga solib, barmoqlaringiz bilan
aralashtiring.
1 ta tuxum va shakarni qo‘shib, xamirni qoring. Sochiq bilan yopib,
30 daqiqa muzlatgichda qoldiring.
Masalliqni tayyorlash: Yong‘oqni maydalang. Asalni limon sharbati va
po‘stiga aralashtirib, qolgan tuxum, un va yong‘oqni qo‘shing.
Xamirni pishirish qolipiga solib, ustidan masalliqni yoying.
Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing.
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Tarkibi
4-11
Limonli pirog
450-550 g
200 g un, 60 g sariyog‘, 60 g shakar, 1 ta tuxum, 2 ta
tuxum sarig‘i, 180 ml quyultirilgan sut, 1 ta limon,
1 qoshiqcha yumshatgich
Ko'rsatmalar
Sariyog‘ni shakar bilan chuqur idishga solib, mikroto‘lqinli pechda
600 Vt darajada 1 daqiqa eriting. Elangan un, bitta tuxum va
yumshatgichni qo‘shib, xamirni qoring va qopqog‘ini 10 daqiqaga
yopib qo‘ying. Quyultirilgan sutni limon sharbati va po‘sti bilan
ko‘pirtiring, ikkita tuxum sarig‘ini qo‘shib, aralashtiring. Xamirni qolipga
yoyibm ustidan limon kremini ehtiyotlik bilan seping. Pastki tokchaga
qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing.
Dasturxonga tortishdan oldin muzlatgichda soviting va porsiyaga
bo‘lib chiqing.
4-12
Profitrollar
7 dona
1 stakan un, 125 g sariyog‘, 1 stakan suv, 4 ta tuxum,
100 g qora shokolad, ko‘pirtirilgan qaymoq
Ko'rsatmalar
Stakanda sariyog‘ni suv bilan aralashtirib, pechga 600 Vatt darajada
3 daqiqaga qo‘ying. Sovishini kuting, keyin unni qo‘shib, yaxshilab
aralashtiring. Aralashtirayotganda tuxumlarni navbatma-navbat
qo‘shing. Xamirni qandolat qopchasiga solib, qazartiruvchi tarelka
ustiga aylana shaklida siqib chiqaring. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. Start tugmasini bosing. Pishganidan so‘ng profitrollar ichini
ochib, panjarada soviting. Ko'pchitilgan krem bilan to'ldiring. Issiq
shokolad bilan dasturxonga torting.
MC32K7055CT_BW_DE68-04443A-02_RU+UK+KK+UZ.indb 34
2017-02-01 2:21:57