Микроволновые печи Samsung MC32K7055CT - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

32 O'zbek
Pechdan f
oy
dalanish
Pechdan foydalanish
4.
Bayram taomlari
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Tarkibi
4-1
Go'sht bilan
qiymalangan bulg'or
qalampiri
200-250 g
1 ta bulg‘or qalampiri, 150 g aralash qiyma go‘sht,
60 g chala qaynatilgan guruch, 1 stakan suv,
1½ qoshiq tomat pastasi, 1 qoshiq un, ta’bga ko‘ra
tuz, qalampir
Ko'rsatmalar
Masalliqni tayyorlash: qiyma go‘shtni idishda qaynatilgan guruch bilan
aralashtiring, ta’bga ko‘ra qalampir va tuz qo‘shing.
Bulg‘or qalampiri orqasini olib tashlab, urug‘ini va ichidagi pardalarini
tozalang. Har bir bulg‘or qalampiriga qiyma solib, yaxshilab zichlang.
Keyin chuqur idishga solib, qopqoq bilan yoping. Ularni mikroto‘lqinli
pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng
chiqarib olib, ustiga qayla quying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
Yana start tugmasini bosing.
Qaylani tayyorlash: Unga tomat pastasi va suv quyib aralashtiring,
ta’bga ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing.
4-2
Baliqli rasstegay
4 dona
180 g oq go‘shtli baliq, 200 g achitqi solinmagan
shishgan xamir, 3 ta o‘rtacha shampinon, 100 g
qaynatilgan uzun guruch, 1 ta piyoz, 1 ta tuxum
sarig‘i, 2 ta ko‘kpiyoz, tuz, ta’bga ko‘ra murch
Ko'rsatmalar
Piyoz va qo‘ziqorinni archib, mayda kubik shaklida to‘g‘rang va chuqur
idishga soling. Qaynatilgan guruch, mayda kesilgan baliq, to‘g‘ralgan
ko‘kpiyozni qo‘shib, ta’bga ko‘ra tuz va murch soling. Xamirni teng
ikkiga bo‘ling. Bir tomoni 12 sm bo‘lgan kvadrat yasang va ustiga
masalliqdan qo‘ying. Xamirdan qayiqqa o‘xshagan pirogchalar yasab,
chekkalarini chimchilab zichlang, ammo o‘rtasi ochiq qolsin.
Rasstegayga tuxum sarig‘i surting va har bir pirogcha o‘rtasiga
1 qoshiqcha suv quying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start
tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng olib, ag‘darib qo‘ying.
Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Yana start tugmasini bosing.
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Tarkibi
4-3
Qovurilgan pishloq
200-250 g
160 g suluguni pishlog‘i, 60 g suxari, 1 ta tuxum
Ko'rsatmalar
Pishloqni bir tomoni 2-2,5 sm o‘lchamda mayda to‘g‘rang.
Tuxumni ozgina ko‘pirtirib, hosil bo‘lgan qorishmaga pishloq
kubiklarini bulang. Pishloqni suxariga bulab, yana takrorlang (pishloq
kubiklarini tuxumga bulab, barmoqlaringiz bilan tekislang.)
Ushoqli pishloqni keng tarelkaga joylashtirib, pastki tokchaga qo‘ying.
Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing.
4-4
Tovuqdan
tayyorlangan kabob
200-250 g
250 g tovuq go‘shti, 1 qoshiq mayonez, 1 ta limon,
2 qoshiqcha kunjut, 2 chimdim yanchilgan kinza,
1 dona sarimsoq
Ko'rsatmalar
Tovuq go‘shtini bir tomoni 2 sm bo‘lgan mayda bo‘laklarga bo‘ling.
Marinadni tayyorlash: mayonez, maydalangan sarimsoq, limon
sharbati va po‘stini chuqur idishda aralashtiring.
Go‘shtni marinadga aralashtirib, salqin joyga 1 soatga qo‘yib qo‘ying.
Go‘sht bo‘laklariga yog‘och six tiqib, ustiga kunjut urug‘i seping.
Kabobli tarelkani yuqori tokchaga qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. Start tugmasini bosing.
4-5
Boyarcha go‘sht
200-250 g
250 g cho‘chqa lahmi, 3 ta shampinon, 2 qoshiq
mayonez, 2 toshcho‘p shoxchasi, tuz, ta’bga ko‘ra
qora murch
Ko'rsatmalar
Shampinonlarni yuvib, quriting va arching, keyin yupqa kesim qilib
to‘g‘rang. Lahmni yuvib, tuz va qalampir bilan ishqalang, keyin
tarelkaga qo‘ying. Toshcho‘p barglarini seping. Go‘sht ustidan
qo‘ziqorin bo‘laklarini qo‘ying. Qo‘ziqorin ustiga mayonez qo‘yib,
qoshiq bilan surting. Go‘shtni dimlab pishiring. Ularni mikroto‘lqinli
pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng olib,
ag‘darib qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
Yana start tugmasini bosing.
MC32K7055CT_BW_DE68-04443A-02_RU+UK+KK+UZ.indb 32
2017-02-01 2:21:57