Микроволновые печи Samsung MG23F301TQR - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

10
O'ZBEK
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning
oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo'l masofasida turish kerak.
Bo'sh mikroto'lqinli pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta'minlash
maqsadida mikroto'lqinli pech 30 daqiqadan keyin
avtomatik ravishda o'chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda
mikroto'lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suvni
joylashtirish tavsiya qilinadi.
Bu qo'llanmada ko'rsatilgan oraliqlarga asoslangan holda pechni
o'rnating. ("Mikroto'lqinli pechni o'rnatish" bo'limiga qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga
ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
MIKROTO'LQINLAR ORTIQCHA QUVVATLARINING EHTIMOLIY
TA'SIRINI OLDINI OLISH BO'YICHA EHTIYOTKOR CHORALARI.
(FAQAT MIKROTO'LQIN FUNKSIYASI)
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga zararli
ta'siriga olib kelishi mumkin.
(a) Har qanday holatda ham eshigi ochiq turgan pechni ishlatishga urinmang, blokirovka
qiluvchi kontaktlarni (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki blokirovka qiluvchi kontaktlarning
tirqishlariga biror narsa tiqmang.
(b) Pech eshigi va old panel orasiga hech qanday buyum QO'YMANG, zichlovchi
yuzalarda ovqat yoki tozalash vositalarining qoldiqlari to'planishiga yo'l qo'ymang.
Pechdan foydalangandan so'ng eshikcha va uning zichlovchi yuzasini oldin ho'l, keyin
esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.
(c) Pech buzilgan bo'lsa, uni ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o'tgan mikroto'lqinli
buyumlar bo'yicha malakali mutaxassis ta'mirlanmagunicha undan FOYDALANMANG.
Pechning eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar shikastlanmagani juda muhim:
(1) eshikcha (qiyshaygan)
(2) eshikcha halqalari (singan yoki bo'shashgan)
(3) eshikcha zichlagichlari va zichlovchi yuzalar
(d) Pechni sozlash yoki ta'mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o'tgan
mikroto'lqinli pechlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha malakali mutaxassis tomonidan
bajarilishi kerak.
Agar moslamaning buzilishi va/yoki aksessuarning buzilishi yoki talafoti mijoz tomonidan
qilingan bo'lsa, Samsung aksessuarni almashtirish yoki kosmetik defektni tuzatish uchun
tuzatish to'lovini undirishi mumkin. Bu talablar qoplaydigan elementlarga quyidagilar kiradi:
(a) Ezilgan, tirnalgan yoki buzilgan eshik, ruchka, old panel yoki boshqaruv paneli.
Mikroto'lqinli pechdan yog'ni yaxshilab qovurish uchun
foydalanmang, chunki yog' haroratini boshqarib bo'lmay qolishi
mumkin. Bu qaynoq suyuqlikning to'satdan yonib ketishiga olib
kelishi mumkin.
DIQQAT
Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan
foydalaning; Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush
qoplangan oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan
FOYDALANMANG.
O'ralgan o'tkazgichni qog'oz yoki plastik qadog'idan oling.
Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Qog'oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto'lqinli pechdan
foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi
yoki buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasini suvga botirilishiga yo'l
qo'ymang va kabelni issiqlik manbalaridan uzoqroq joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda
isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan
keyin ham mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin;
Shuningdek, germetik yopilgan butilka, banka, konteynerlar, butun
yong'oq, pomidor kabilarni isitish mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib
qo'ymang. Bu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo
ta'sirida yonib ketishi mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi va
avtomatik o'chib qolishi mumkin va u yetarli darajada sovuginicha
o'chiq holda qoladi.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda
doimo qo'lqoplardan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring va kuchli
qaynashning oldini olish uchun pech o'chganidan keyin kamida
20 soniya kuting.
MG23F301TQW_BW_DE68-04178S-00_UZ.indd 10
3/2/2015 9:23:51 PM