Samsung NV64R3531BS - Инструкция по эксплуатации - Страница 142

Духовые шкафы Samsung NV64R3531BS - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 176
Загружаем инструкцию
background image

10  O'zbek

Bo

shlashdan oldin

Boshlashdan oldin

Chuqur patnis *

Chuqur patnis (chuqurligi: 50 mm) panjara tortmasi bilan yoki usiz 
qizdirib tayyorlashda ishlatiladi. Egilgan tomonini oldiga qilib 
qo‘ying.

Gril sixi *

Gril sixi tovuq kabi taomlarni tayyorlashda ishlatiladi. Gril sixini 
bittalik rejimda 3-qavatda ishlating, u yerda sixni qo‘ygich bor. Grilda 
tayyorlayotganda six tutqichini burab, chiqarib oling.

Sixli moslama va 
kabob *

Selini tutish uchun patnisni 1-holatdagi tokchaga qo‘ying yoki yirik 
go‘shtni qo‘yish uchun pech tubiga qo‘ying. Sixga 1,5 kg gacha 
bo‘lgan go‘sht ilish tavsiya etiladi.

1. 

Sixni go‘shtga tiqing. Sixni tiqishga yordam bo‘lishi uchun 
tutqichini to‘mtoq uchiga burab kirgizing.

2. 

Qaynatilgan kartoshka va sabzavotlarni go‘sht atrofiga qo‘ying.

3. 

Tayanchni o‘rta tokchaga "V" shaklini oldinga qilib qo‘ying. Sixning 
ko‘rsatkich uchini orqaga qilgan holda, tayanchga qo‘ying va 
pechning orqa panelidagi aylantirish mexanizmiga kirgunicha 
ohista itaring. Sixning to‘mtoq uchi "V" shakli ustiga qo‘yilishi 
kerak. (Sixda sixning oldinga surilib ketishini oldini olish uchun 
pech eshigiga yaqin joylashtirilishi kerak bo'lgan ikkita bo'rtiq bor, 
bo'rtiqlar yana qo'l uchun dasta vazifasini ham bajaradi).

4. 

Pishirishdan oldin tutqichni bo'shatib yeching.

5. 

Tayyorlagandan keyin sixni tayanchdan olish oson bo‘lishi uchun 
dastani qayta joyiga qotiring.

OGOHLANTIRISH

Six tutqichi joyiga to‘g‘ri o‘rnashsin. 
Sixdan foydalanishda ehtiyot bo‘ling. Sanchqi va ignalar o‘tkir bo‘lib, 
jarohat yetkazishi mumkin! 
Sixni chiqarish paytida kuyib qolmaslik uchun qo‘lqopdan 
foydalaning, chunki u qaynoq bo‘ladi.

Bo'lgich

Bo‘lgich pechni ikkita qismga ajratishga mo‘ljallangan. Bo‘lgichni 
Ikkitalik tayyorlash rejimida ishlating.

IZOH

Yulduzchali (*) anjomlarning mavjudligi pech modeliga bog‘liq.

Anjomlar

Birinchi marta foydalanganda, anjomlarni illiq suvda yuvish vositasi yordamida yumshoq latta 
bilan yuving.

05
04
03
02

01

01 

1-qavat

02 

2-qavat

03 

3-qavat

04 

4-qavat

05 

5-qavat

• 

Anjomni pech ichidagi tegishli joyiga kiriting.

• 

Anjom bilan pech tubi oralig‘ida, bundan tashqari 
boshqa anjomlar bilan ham kamida 1 sm bo‘shliq 
qoldiring.

• 

Idish va anjomlarni pechdan olishda ehtiyot 
bo‘ling. Qaynoq taom va anjomlar kuydirishi 
mumkin.

• 

Anjomlar qiziganida shakli o‘zgarishi mumkin. 
Ular sovigach, asl ko‘rinishiga va ishlashiga 
qaytadi.

Asosiy foydalanish

Taom tayyorlash maromida bo‘lishi uchun har bir anjomni qanday ishlatishni o‘rganib oling.

Panjara

Panjara gril usulida pishirish va qizdirib tayyorlash uchun 
mo‘ljallangan. Panjarani bo'rtib turgan qismlarini (ikki tomonidagi 
tiqinni) oldinga qaratib joylashtiring.

Panjara bo‘lmasi *

Panjara bo‘lmasi patnis bilan birga ishlatilib, pech tubiga suyuqlik 
tomishining oldini oladi.

Pishirish patnisi * 

Pishirish patnisi (chuqurligi: 20 mm) pirog, pishiriq va boshqa 
qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Egilgan tomonini 
oldiga qilib qo‘ying.

Universal patnis *

Universal patnis (chuqurligi : 30 mm) pishirish va qizdirib 
tayyorlashda ishlatiladi. Pech tubiga suyuqlik tomishining oldini olish 
uchun panjara bo‘lmasidan foydalaning.
Egilgan tomonini oldiga qilib qo‘ying.

NV64R3531BB_WT_DG68-00893E-00_RU+UK+KK+UZ.indb   10

2019-07-01     2:56:13

Содержание

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Samsung NV64R3531BS?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"