Атлант ОБЩЕЕ РУКОВОДСТВО НА ВСЕ МОДЕЛИ - Инструкция по эксплуатации - Страница 45

Стиральная машина Атлант ОБЩЕЕ РУКОВОДСТВО НА ВСЕ МОДЕЛИ - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 68
Загружаем инструкцию
background image

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

45

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

— tok ko’p kelishidan yaxshi himoyalanmagan elektr tarmog’iga mas-

hinani ulash;

—  mashinani  ishga  tushirish  uchun  yerga  ulanmagan  rozetkadan  foy-

dalanish;

—  mashinani  elektr  tarmog’iga  ulash  uchun  perexodniklar,  ko’p  o’rinli 

(ikki va undan ortiq ulash o’rniga ega) rozetkalar va uzaytiradigan shnurlarni 
ishlatish;

— mashinani elektr shnuridan tortib, elektr tarmog’idan uzish;
— nam qo’llar bilan elektr shnurini rozetkaga tiqish va o’chirish, ishlay-

otgan mashinaga tegish;

— oqib turgan suv ostida mashinani yuvish;
— mustaqil ravishda ta’mirlash va mashina tuzilishi hamda suv va elektr 

ta’minotiga o’zgartirishlar kiritish, chunki bu holat o’z navbatida mashinani 
buzilishiga  va  kafolatli  ta’mirlash  huquqidan  mahrum  qilishga  olib  kelishi 
mumkin. Ta’mirlash faqat servis xizmatining malakali ustasi tomonidan am-
alga  oshirilishi  kerak,  chunki  yaxshi  ta’mirlanmagan  anjom  xavf  manbaiga 
aylanishi mumkin.

2.11

 Mashina ishida elektr toki bilan bog’liq bo’lgan qisirlash tovushi, 

tutash va h.k. paydo bo’lsa, zudlik bilan mashina elektr shnurini rozetkadan 
sug’urib, elektr tarmog’idan uzish, suv jo’mragini yopib, servis xizmati ustasini 
chaqirish kerak

Yong’in paydo bo’lgan taqdirda zudlik bilan mashinani elektr tarmog’idan 

uzish, suv jo’mragini yopib,yong’inni o’chirish tadbirlarini amalga oshirish va 
o’t uchirish xizmatini chaqirmoq lozim.

2.12

  Maishiy  sharoitlarda  ishlatilgan  taqdirda  mashinaning  xizmat 

muddati 10 yilni tashkil etadi.

DIQQAT! Mashinaning xizmat muddati tugagandan so’ng ishlab 

chiqargan  korxona  mahsulotning  xavfsiz  ishlashiga  mas’ul  emas. 
Ko’rsatilgan muddatdan ortiq ishlatish xavf tug’dirishi mumkin, chunki 
materiallarning tabiiy ravishda eskirishi va mashina tarkibiy qismlarin-
ing yeyilishi elektr hamda yong’in kelib chiqish vaziyatlarning yuzaga 
kelish ehtimolini ortishiga olib keladi. 

 

3   M A S H I N A N I   I S H G A   T A Y Y O R L A S H

3.1 O’RNATISHGA TAYYORGARLIK KO’RISH
3.1.1

 Mashina o’ralgan materiallar (polietilen plenka, penopolistirol qis-

mlar)dan xoli qilinadi. Displeydan himoya plenkasi (mavjud bo’lsa) olinadi. 

DIQQAT!  Mashinaga  shikast  yetkazmaslik  uchun  1  rasmda 

ko’rsatilgan mashina idishi, eshigi yoki zichlamasidan ushlab ko’ch-
irmang.  

3.1.2

 Mashinani transportirovka qilish uchun uning baki siljishni oldini 

oladigan vintlari bilan qotirilgan. 

3 rasmga muvofiq to’rtta vintni gaykali klyuch bilan ochib olib, rezinali 

va plastmassali vtulkalarni tashqariga chiqarish kerak. Agar vtulkalar mashina 
ichida qolib ketgan bo’lsa va ularni olish iloji bo’lmasa, xochsimon otvertka 
yordamida 4 rasmga muvofiq orqa panel ochiladi va vtulkalar olinadi. Keyin 
panel o’rniga joylashtiriladi. Teshiklar yetkazilgan jamlanma tarkibiga kiritilgan 
plastmass jipslash qism lar bilan yopiladi. 

Mashinani keyinchalik ham transportirovka qilish uchun vint va vtulkalar 

saqlab qo’yilsin.

DIQQAT!  Mashina  korpusiga  shikast  yetkazib  qo’ymaslik  uchun 

siljishni oldini oladigan vintlar, rezinali va plastmass vtulkalar o’rnat-
ilgan holatda mashinani ishga tushirmang.

3.2 MASHINANI O’RNATISH
3.2.1 

Mashina mustahkam, tekis va quruq joyga o’rnatilishi lozim. 

Polning yumshoq qoplamasi (gilam, penopoliuretan asosidagi qoplama 

va  boshq.)  mashinani  o’rnatish  uchun  to’g’ri  kelmaydi,  chunki  mashinani 
qaltirab ishlashi yuzaga keladi va shamollab turishi yomonlashadi. 

Mashina yog’och polga o’rnatilishidan oldin, polning o’ziga qalinligi 15 

mm  kam  bo’lmagan  yog’och  materialdan  tayyorlangan  taxta  mustahkam 
tarzda  qotirilmog’i  lozim.  Yog’och  polga  o’rnatilgan  mashinani  ish  jarayo-

Rasmi 5

kontrgayka

tayanch

nidagi  mustahkamligini  oshirish  uchun,  uni  xona  burchagiga  joylashtirish 
tavsiya etiladi.

3.2.2

 5 rasmga muvofiq mashina tag qismidagi tayanchlarini tepa yoki 

pastga  burab,  sozlanadi  va  pol  sathiga  nisbatan  juda  aniq  qilib  gorizontal 
o’rnatiladi; gaykali klyuch yordamida tayanchlardagi kontrgaykalar bo’sha-
tiladi, tayanchlarning balandligi sozlanadi va kontrgaykalar qayta qotiriladi. 
Mashinani  pol  sathiga  nisbatan  noto’g’ri  o’rnatilishi  yoki  kontrgaykalarni 
yetarlicha qotirilmaganligi, keyinchalik mashinaning ish jarayonida qaltirashi 
va ortiqcha shovqin chiqishiga sabab bo’ladi.  

DIQQAT!  Mashinani  o’ta  mustahkam  joylashishini  ta’minlash 

uchun tayanchlar tepaga qarab juda kam buralishi kerak.  

3.3 ELEKTR TARMOG’IGA ULASH
DIQQAT! Mashina yerga ulangan bo’lishi lozim.

Mashina yerga ulangan kontaktiga ega,tok oqimi 16 A kam bo’lmagan 

ikki  polyusli  rozetka  orqali  elektr  tarmog’iga  qo’shilishi  kerak.  Rozetkaga 
kesimi  1,5  mm

2

  kam  bo’lmagan  mis  sim  yoki  kesimi  2,5  mm

2

  kam  bo’lm-

agan  alyumin  sim  asosidagi  uch  simli  kabel  tortilgan  bo’lishi  lozim.  Fazali 
sim  16  A  maksimal  tok  (ishlash  toki)ga  mo’ljallangan,  ishlash  tezligi  0,1  s 
ortiq bo’lmagan elektr tarmog’ining avtomatik himoya moslamasi vositasida 
ulangan bo’lishi kerak.

Agar rozetkaga ko’rsatilgan kabel keltirilmagan yoki u mashina o’rna-

tilgan joydan uzoqda bo’lsa, elektr tarmog’iga qayta ishlov berish va roze-
tkani montaj etish kerak. Elektr tarmog’iga qayta ishlov berish va rozetkani 
montaj  etish  ishlari  malakali  mutaxassislar  tomonidan  amalga  oshirilishi 
talab etiladi. 

Erga ulash ni alohida sim orqali, shuningdek isitish, suv yoki kanalizatsiya 

jihozlari vositasida o’tkazish 

MAN ETILADI

.

DIQQAT!  Elektr  tarmog’iga  ulanishning  yuqorida  ko’rsatilgan 

talablariga  rioya  etmaslik  natijasida  sog’liq  va  mulkga  yetkazilgan 
zarar  uchun  ishlab  chiqaruvchi  korxona  (sotuvchi)  javobgarlikni  o’z 
zimmasiga olmaydi. 

3.4 SUV QUVURI VA KANALIZATSIYaGA ULANISH
3.4.1 

Mashina 

3

/

4

 dyuym burama kertik li patrubkasiga ega suv yetkazish 

krani orqali faqat sovuq suv bilan ta’minlovchi tizimga ulanadi. 

3.4.2

 Mashinani suv quvuriga ulashdan oldin quyidagi amallar bajariladi:

— trubalardagi qum va zangni yuvib tashlash uchun suv jo’mragini ochib, 

suvni oqizib yuborish;

—  6  yoki  7  rasmga  muvofiq  suv  quyish  shlangidagi  filtr  tozaligini 

tekshirish;

— agar 7 rasmga muvofiq suv quyish shlangi himoya tizimiga ega bo’lsa, 

shlangning  maxsus  oynasidagi  rangga  e’tibor  qaratish  kerak.  Oynaning  sariq 
rangda ekanligi shlangning sozligidan dalolat berali;

— 6 yoki 7 rasmga muvofiq suv quyish shlangini suv yetkazish kranining 

rezbali  patrubkasiga  va  8  rasmga  muvofiq  mashinaga,  gaykalarni  qo’l  bilan 
qattiq burab, ulash.

3.4.3

  Kir  yuvish  vaqtida  9  rasmga  muvofiq  suv  yetkazish  krani  to’liq 

ochiq bo’lishi kerak.

3.4.4

 Suv to’kish shlangi 10 rasmga muvofiq pol sathidan 60 sm.dan 

Rasmi 8

Rasmi 9

OCHIQ

YoPIQ

filtr

Rasmi 7

Rasmi 6

Rasmi 10

MIN 60 CM

MAX 90 CM

Rasmi 12

Rasmi 11

past  va  90  sm.  dan  baland  bo’lmagan  oraliqda  joylashishi  lozim.  Ushbu 
talabga amal qilinmasa, mashina ishlamaydi.

3.4.5

 Suvni to’g’ridan-to’g’ri kanalizatsiyaga to’kish uchun mashinan-

ing suv to’kish shlangi ichki diametri 40 mm kichik bo’lmagan kanalizatsiya 
trubasiga ulangan suv oqib tushadigan tirsak dan yuqorida joylashtiriladi-
,shunday qilinmasa oqava suv, aksincha, mashinaga tortib olinadi.

Suv to’kish shlangi, agar sifonda uni ulash uchun patrubok bo’lsa, 11 

rasmga muvofiq bevosita sifonga ulanishi mumkin. 

3.4.6

  Suv  qo’l  yuvg’ich  yoki  vannaga  to’kilganda,  12  rasmda  ko’rsa-

tilganidek  shlangning  bukilgan  joyidan  yetkazilgan  mashina  jamlanmasi 
tarkibiga  kiritilgan  maxsus  kronshteyn  bilan  qotirilishi  lozim.  SHlang  suvga 
botirilmagan bo’lishi kerak. 

DIQQAT! Suv quyish va suv to’kish shlanglari suv quvuri va kana-

lizatsiyaga ulangandan so’ng bukilmasligi va qisilib qolmasligi kerak.  

3.4.7

 Mashina suv quvuri va kanalizatsiyaga ulangandan keyin shlanglar 

qo’shilgan  joylarning  jipsligini  tekshirish  tavsiya  etiladi  –  qo’shilgan  joylar 
quruq bo’lishi zarur.

4   D A S T L A B K I   I S H G A   T U S H I R I S H

4.1 DASTLABKI KIR YUVISH
4.1.1

 Har bir mashinani ishlab chiqaruvchi sinovdan o’tkazadi, shu sa-

babdan mashinada kam miqdorda suv bo’lishi mumkin. Mashinani ichidan 
tozalash va sinovdan keyin qolgan suvni ketkizish uchun dastlabki yuvish kirni 
mashinaga joylashtirmay bajarilishi kerak. 

4.1.2

 Dastlabki kir yuvishda «PAXTA» dasturi va 90 

0

S harorat o’rnatilib, 

bajariladi (qarang: ilova). 

DIQQAT! Mashina birinchi marotaba ishga tushirilganda, 14 ras-

mga muvofiq, yuvish vositalari ishlab chiqaruvchilarning tavsiyasiga 
ko’ra kirni to’liq yuklash uchun mashina novi ning 2 bo’limiga yuvish 
vositasi miqdorining yarmi solinadi.    

4.2 KIR YuVISHNI BOSHLASHDAN OLDIN UMUMIY TAVSIYaLAR
4.2.1

  Mashinani  ishga  tushirishdan  oldin  suv  jo’mragini  burab,  suvda 

qum, zang kabi boshqa narsalar yo’qligiga ishonch hosil qilmoq lozim. 

DIQQAT! Ishlab chiqaruvchi korxona (sotuvchi) zang, qum, to’pon 

(metall zaki)bor suvdan foydalanish natijasida yuzaga kelgan noso-
zliklar  va  nuqsonlar  hamda  kir  yuvish  sifati  uchun  javobgarlikni  o’z 
zimmasiga olmaydi (shu jumladan kafolat muddati vaqtida).  

4.2.2

  Suv  quyish  va  to’kish  shlangi  to’g’ri  o’rnatilganligini  tekshirish 

(3.4 ga qarang).

Mashina uzoq muddat ishlatilmagan taqdirda, suv quyish shlangi ga-

ykasini burab chiqarib va shlangni suv yetkazib beriladigan krandan uzib, 
turib qolgan suvni suv shlangidan tukib tashlanadi. 3.4.2. bandiga muvofiq 
suv quyish shlangi suv quvuriga ulanadi.

4.3 TOVUSH SIGNALIZATSIYaSI

Tovush signali mashina ishining boshlanishi va tugashi davomida sodir 

bo’ladi,  shuningdek  bir-biriga  zid  vazifalar  berilganda,  mashina  kiritilgan 
dastur  asosida  ishlayotgan  vaqtida  tugmachalar  tasofidan  bosilganda 
eshitiladi.  

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Атлант ОБЩЕЕ РУКОВОДСТВО НА ВСЕ МОДЕЛИ?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"