Атлант ОБЩЕЕ РУКОВОДСТВО НА ВСЕ МОДЕЛИ - Инструкция по эксплуатации - Страница 44

Стиральная машина Атлант ОБЩЕЕ РУКОВОДСТВО НА ВСЕ МОДЕЛИ - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 68
Загружаем инструкцию
background image

44

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

1.8

 Mashinani ishlatishda:

— havo harorati (25 ± 10) 

0

S va namlik nisbati 75 % ortiq bo’lmasligi;

— suv quvuridagi bosim 0,05 dan 1 MPa gacha bo’lishi; 
— bir fazali elektr tarmog’idagi chastotasi (50±1) Gts bo’lgan o’zgar-

uvchan tokdan foydalanilishi;

—  elektr  tarmog’idagi  o’zgaruvchan  tokning  nominal  kuchlanishi 

220—230 V diapazonida bo’lishi talab etiladi.

DIQQAT! Bino ichkarisidagi haroratni 0 

0

S pasayishi mashinadagi 

suvni muzlashi va uni ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.    

1.9

 Yetkazib beriladigan mashina jamlanmasiga quyidagilar kiradi: ja-

mlanma qismlari, foydalanish uchun qo’llanma ilovasi bilan, xizmat ko’rsati-
sh tashkilotlarining ro’yxati, mashina energetik samaradorligining etiketkasi 
(bundan buyon — etiketka), kafolat kartasi bilan etiketka chiptasi. 

Mashinaning texnik tavsifi to’g’risidagi ma’lumotlar etiketka chiptasida 

joylashgan. Etiketka chiptasini kafolat kartasidan qirqib olib, etiketkada kel-
tirilgan texnik tavsifi bilan solishtirmoq lozim. 

Kafolat kartasidagi jadvallarda mashinaning texnik tavsifiga tegishli boshqa 

tafsilotlar va jamlanma qismlarining soni haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

1.10

  Ishlab  chiqaruvchi  tashkilot  mashina  konstruktsiyasini  yanada 

takomillashtirish  va  uning  sifatini  oshirish  ustida  doimo  ish  yuritib  boradi, 
shu  sababdan  ham  mashinaning  tuzilishi  va  jamlanmasiga,  uning  asosiy 
texnik  tavsifiga  oid  tomonlarini  saqlab  qolgan  holda,  o’zgartirishlar  kiritish 
huquqini o’zida qoldiradi.  

1.11

 Mashina atrof-muhitning 0 

0

S dan past haroratda transportirovka 

qilingan taqdirda elektr tarmog’iga ulashdan oldin uy haroratida 24 soatdan 
kam bo’lmagan muddat ushlab turmoq lozim. 

DIQQAT!  Ishlab  chiqaruvchi  (sotuvchi)  mashinani  ishlatish  yoki 

saqlash  shartlariga  amal  qilinmaganligi,  shuningdek  tashqi  kuchlar 
ta’sirida  (yong’in,  tabiiy  ofat  va  h.k.)  yuzaga  kelgan  mahsulotning 
buzilish va nosozliklari bo’yicha ma’suliyatni o’z zimmasiga olmaydi 
(shu jumladan kafolat muddati davomida ham).  

2   X A V F S I Z L I K   T A L A B L A R I

2.1 

Mashina  —  maishiy  elektr  anjomi,  shuning  uchun  uni  ishlatishda 

elektr xavfsizligining umumiy qoidalariga rioya qilmoq lozim. 

2.2

 Ushbu anjom jismoniy, hissiy yoki aqliy layoqati past bo’lgan, tajriba 

yoki malakaga ega bo’lmagan, xavfsizligi uchun mas’ul shaxs nazorati ostida 
bo’lmagan  yoki  anjomdan  to’g’ri  foydalanish  haqida  ko’rsatma  olmagan 
shaxslar (shu jumladan bolalar) tomonidan ishlatilishi mo’ljallanmagan.

Yosh bolalar anjom bilan o’ynamasligi nazorat etilmog’i lozim.  

2.3

  Elektr  toki  urishidan  himoyalash  turi  bo’yicha  mashina  I  toifaga 

mansubdir.

2.4

 Mashinani ishga tushirish uchun yerga ulangan ikki polyusli roze-

tka,  mashinani elektr  tarmog’idan tezlik  bilan  uzish  mumkin  bo’lgan joyda 
o’rnatilishi kerak.

2.5

 Mashinani elektr tarmog’iga ulashdan oldin elektr shnurida nosozlik 

yo’qligini  ko’zdan  kechirmoq  zarur.  SHnur  bukilmagan  va  qisilib  qolmagan 
bo’lishi kerak. 

Elektr shnurda uzilish ro’y bersa, xavfsizlikni ta’minlash uchun uni ishlab 

chiqaruvchi korxona yoki xizmat ko’rsatish tashkiloti almashtirishi lozim.

2.6

  Mashina  katta  hajmga  ega  ekanligini  hisobga  olib,  uni  boshqa 

joyga ko’chirish va transpotirovka qilishda ehtiyot choralariga amal qilish 
kerak.  

DIQQAT!  Mashinadan  biror  narsa,  buyum  va  h.k.  qo’yish  uchun 

foydalanmang.  

Mashinani atmosfera ta’siridan saqlamoq maqsadida uni binodan tas-

hqariga qo’yish 

MAN ETILADI

Quyidagi 3.1.2 bandiga muvofiq plastmassali jipslash qismlari ni o’rn-

atmasdan turib mashinani ishlatish 

MAN ETILADI

.

2.7

 Mashinani sovuq suv bilan ta’minlaydigan quvurga ulashda, yetkazib 

berilgan  jamlama  tarkibidagi  faqat  yangi  suv  quyish  shlangidan  foydalanish 
kerak. 

Mashinada  tarkibida  eritmalar  bor  moddalardan  foydalanish 

MAN 

ETILADI

, chunki bu holatda zaharli gazlar chiqishi, mashinaga shikast yetishi, 

yong’in chiqishi va portlash xavfi yuzaga keladi.

DIQQAT! Eshik qotirilgan kronshteynni sindirib qo’ymaslik uchun 

mashinaning ochiq eshigiga suyanmang.  

2.8

 Kir yuvish jarayonida mashina eshigi oynasiga tegish tavsiya etilm-

aydi, chunki oyna isiydi va et kuyishi mumkin. 

2.9

 Kir yuvish tugatilgandan so’ng mashina o’chirilishi, vilka rozetkad-

an chiqarilib, elektr tarmog’idan uzilishi va suv jo’mragini burab, suv kelishi 
to’xtatilishi kerak.

2.10

  Elektr  va  yong’in  xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida  quyidagilar 

TA’QIQLANADI

:

— tok ko’p kelishidan yaxshi himoyalanmagan elektr tarmog’iga mas-

hinani ulash;

—  mashinani  ishga  tushirish  uchun  yerga  ulanmagan  rozetkadan  foy-

dalanish;

—  mashinani  elektr  tarmog’iga  ulash  uchun  perexodniklar,  ko’p  o’rinli 

(ikki va undan ortiq ulash o’rniga ega) rozetkalar va uzaytiradigan shnurlarni 
ishlatish;

— mashinani elektr shnuridan tortib, elektr tarmog’idan uzish;
— nam qo’llar bilan elektr shnurini rozetkaga tiqish va o’chirish, ishlay-

otgan mashinaga tegish;

— oqib turgan suv ostida mashinani yuvish;
— mustaqil ravishda ta’mirlash va mashina tuzilishi hamda suv va elektr 

ta’minotiga o’zgartirishlar kiritish, chunki bu holat o’z navbatida mashinani 
buzilishiga  va  kafolatli  ta’mirlash  huquqidan  mahrum  qilishga  olib  kelishi 
mumkin. Ta’mirlash faqat servis xizmatining malakali ustasi tomonidan am-
alga  oshirilishi  kerak,  chunki  yaxshi  ta’mirlanmagan  anjom  xavf  manbaiga 
aylanishi mumkin.

2.11

 Mashina ishida elektr toki bilan bog’liq bo’lgan qisirlash tovushi, 

tutash va h.k. paydo bo’lsa, zudlik bilan mashina elektr shnurini rozetkadan 
sug’urib, elektr tarmog’idan uzish, suv jo’mragini yopib, servis xizmati ustasini 
chaqirish kerak

Yong’in paydo bo’lgan taqdirda zudlik bilan mashinani elektr tarmog’idan 

uzish, suv jo’mragini yopib,yong’inni o’chirish tadbirlarini amalga oshirish va 
o’t uchirish xizmatini chaqirmoq lozim.

2.12

  Maishiy  sharoitlarda  ishlatilgan  taqdirda  mashinaning  xizmat 

muddati 10 yilni tashkil etadi.

DIQQAT! Mashinaning xizmat muddati tugagandan so’ng ishlab 

chiqargan  korxona  mahsulotning  xavfsiz  ishlashiga  mas’ul  emas. 
Ko’rsatilgan muddatdan ortiq ishlatish xavf tug’dirishi mumkin, chunki 
materiallarning tabiiy ravishda eskirishi va mashina tarkibiy qismlarin-
ing yeyilishi elektr hamda yong’in kelib chiqish vaziyatlarning yuzaga 
kelish ehtimolini ortishiga olib keladi. 

 

3   M A S H I N A N I   I S H G A   T A Y Y O R L A S H

3.1 O’RNATISHGA TAYYORGARLIK KO’RISH
3.1.1

 Mashina o’ralgan materiallar (polietilen plenka, penopolistirol qis-

mlar)dan xoli qilinadi. Displeydan himoya plenkasi (mavjud bo’lsa) olinadi. 

DIQQAT!  Mashinaga  shikast  yetkazmaslik  uchun  1  rasmda 

ko’rsatilgan mashina idishi, eshigi yoki zichlamasidan ushlab ko’ch-
irmang.  

3.1.2

 Mashinani transportirovka qilish uchun uning baki siljishni oldini 

oladigan vintlari bilan qotirilgan. 

3 rasmga muvofiq to’rtta vintni gaykali klyuch bilan ochib olib, rezinali 

va plastmassali vtulkalarni tashqariga chiqarish kerak. Agar vtulkalar mashina 
ichida qolib ketgan bo’lsa va ularni olish iloji bo’lmasa, xochsimon otvertka 
yordamida 4 rasmga muvofiq orqa panel ochiladi va vtulkalar olinadi. Keyin 
panel o’rniga joylashtiriladi. Teshiklar yetkazilgan jamlanma tarkibiga kiritilgan 
plastmass jipslash qism lar bilan yopiladi. 

Mashinani keyinchalik ham transportirovka qilish uchun vint va vtulkalar 

saqlab qo’yilsin.

DIQQAT!  Mashina  korpusiga  shikast  yetkazib  qo’ymaslik  uchun 

siljishni oldini oladigan vintlar, rezinali va plastmass vtulkalar o’rnat-
ilgan holatda mashinani ishga tushirmang.

3.2 MASHINANI O’RNATISH
3.2.1 

Mashina mustahkam, tekis va quruq joyga o’rnatilishi lozim. 

Polning yumshoq qoplamasi (gilam, penopoliuretan asosidagi qoplama 

va  boshq.)  mashinani  o’rnatish  uchun  to’g’ri  kelmaydi,  chunki  mashinani 
qaltirab ishlashi yuzaga keladi va shamollab turishi yomonlashadi. 

Mashina yog’och polga o’rnatilishidan oldin, polning o’ziga qalinligi 15 

mm  kam  bo’lmagan  yog’och  materialdan  tayyorlangan  taxta  mustahkam 
tarzda  qotirilmog’i  lozim.  Yog’och  polga  o’rnatilgan  mashinani  ish  jarayo-

Rasmi 3

Rasmi 4

panel

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Атлант ОБЩЕЕ РУКОВОДСТВО НА ВСЕ МОДЕЛИ?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"