Мультиварки Redmond RMC-M140 - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

59
RMC-M140
UZB
30 daqiqa, «ПТИЦА» — 2 soat). Tayyorlash vaqtini 10 daqiqa qadam bilan 10 daqiqadan 8
soatgacha bo’lgan diapazonda o’zgartirish mumkin.
«РИС/КРУПЫ» dasturi
Guruchni qaynatib pishirish, turli yormalar tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart holatda
ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 15 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 1 daqiqa
qadam bilan 5 daqiqadan 4 soatgacha bo’lgan diapazonda o’zgartirish mumkin.
«ДЕТСКОЕ ПИТАНИЕ» dasturi
Bolalar taomlarini tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart holatda ushbu dasturdagi tay-
yorlash vaqti 30 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 10 daqiqa-
dan 12 soatgacha bo’lgan diapazonda o’zgartirish mumkin.
«ПЛОВ» dasturi
Palov tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti
40 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 10 daqiqadan 2 soatga-
cha bo’lgan diapazonda o’zgartirish mumkin.
«МОЛОЧНАЯ КАША» dasturi
Turli sutli bo’tqalar tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart holatda ushbu dasturdagi
tayyorlash vaqti 10 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 1 daqiqa qadam bilan 5 daqiqa-
dan 4 soatgacha bo’lgan diapazonda o’zgartirish mumkin.
«МОЛОЧНАЯ КАША» dasturi kam yog'likka ega bo'lgan tozalangan sutdan bo'tqa tayyorlash
uchun mo'ljallangan. Sutning qaynab ketishini oldini olish va kerakli natijaga erishish uchun
tavsiya qilinadi:
• butun donli (guruch, grechixa, oqlangan tariq va boshq.) barcha yormalarni suv toza
bo'lmagunicha yaxshilab yuvish;
• tayyorlashdan avval multipishirgich jomini sariyog' bilan yog'lash;
• reseptlar kitobidagi ko'rsatmalarga ko'ra masalliqlarni o'lchagan holda nisbatlarga qat'iy
amal qilish (masalliqlar miqdorini qat'iy mutanosib tarzda kamaytirish yoki orttirish);
• qaymog'i olinmagan sutdan foydalanganda uni 1:1 nisbatda ichimlik suvi bilan aralashtirish.
«БОБОВЫЕ» dasturi
Dukkaklilarni qaynatib pishirish, turli garnirar tayyorlash uchun mo'ljallangan. Standart ho-
latda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini
5 daqiqa qadam bilan 10 daqiqadan 8 soatgacha bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin.
Oddiy bosimda tayyorlash (multipishirgich rejimi)
«ВЫПЕЧКА» dasturi
Dastur achitqili va qatlamli xamirdan biskvitlar, pishiriqlar, piroglar pishirish uchun mo’ljal-
langan. Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 50 daqiqani tashkil qiladi. Tay-
yorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 15 daqiqadan 8 soatgacha bo’lgan diapazonda o’zgar-
tirish mumkin.
«ХЛЕБ» dasturi
Turli navlardagi non pishirish uchun mo'ljallangan. Standart holatda ushbu dasturdagi tay-
yorlash vaqti 3 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 10 daqiqadan
6 soatgacha bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin. Dastur ishining birinchi soatida xamir-
ni tindirish boradi, keyin bevosita pishirishga o'tiladi.
DIQQAT! Pishirish vaqtida jom va mahsulot qizdiriladi! Tayyor nonni jihozdan olish vaqtida
oshxona qo'lqoplaridan foydalaning.
«МАКАРОНЫ» dasturi
Makaronni qaynatib pishirish, turli reseptlar bo’yicha pasta tayyorlash uchun mo’ljallangan.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 8 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash
vaqtini 1 daqiqa qadam bilan 2 daqiqadan 1 soatgacha bo’lgan diapazonda o’zgartirish
mumkin. Ushbu dasturida «Ishga tushishni kechiktirish» funksiyasidan foydalanib bo’lmaydi.
«Tayyorlash dasturlaridan foydalangandagi harakatlarning umumiy tartibi»-ning 1-7-bo'lim-
lariga amal qiling. Suv qaynagandan keyin tovushli signal beriladi. Qopqoqni ehtiyotlik bilan
oching va mahsulotlarni qaynayotgan suvga soling, qopqoqni yoping. O'rnatilgan dasturni
bajarish va tayyorlash vaqtining teskari hisobi boshlanadi.
«ЙОГУРТ/ТЕСТО» dasturi
Yogurt tayyorlash va xamir tindirish uchun mo'ljallangan. Standart holatda ushbu dasturda-
gi tayyorlash vaqti 8 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 10
daqiqadan 12 soatgacha bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin. Bu dasturda «Ishga tushi-
rishni kechiktirish» va «Avtomatik isitish» funksiyalaridan foydalanib bo'lmaydi.
Yogurt tayyorlash uchun siz REDMOND RAM-G1 maxsus bankalar to'plamidan foydalanishin
-
giz mumkin (alohida xarid qilinadi).
«ЖАРКА/ФРИТЮР» dasturi
Go’sht, baliq, tovush go’shti va sabzavotlarni qovurish uchun mo’ljallangan. Standart tayyorlash
vaqti tanlangan mahsulot turiga bog’liq bo’ladi («МЯСО» — 18 daqiqa, «РЫБА» — 10 daqiqa,
Характеристики
Остались вопросы?Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)