Мультиварки Redmond RMC-M140 - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

57
RMC-M140
UZB
Bosim darajasini o'zgartirish
REDMOND RMC-М140 multipishirgichi-tezpishirgichida tayyorlash dasturi tanlangandan
keyin bosim darajasini ham 5 kPa qadam bilan 30 kPa dan 60 kPa gacha o'zgartirish mumkin.
Bosim darajasi «Изменение давления» tugmachasini bosish bilan o'rnatiladi va displeyning
tegishli indikatorida shartli ko'rinishda aks ettiriladi (1 dan 7 gacha). Maksimal qiymatga
yetganda bosim darajasini o'rnatish diapazonning boshidan boshlanadi.
«Ishga tushirishni kechiktirish» funksiyasi
Ushbu funksiya tanlangan tayyorlash dasturi ishlay boshlashi uchun o'tishi kerak bo'lgan
vaqtini 10 daqiqa qadam bilan 10 daqiqadan 24 soatgacha bo'lgan diapazonda o'rnatishga
imkon beradi.
1. Tayyorlash dasturini tanlagandan keyin «Отложенный старт» tugmachasini bosing.
Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o'rnatish rejimi indikatori yonadi, «Отложенный
старт» tugmachasi indikatori miltillay boshlaydi. «Час/–» tugmachasini bosish bilan
soat qiymatini, «Мин/+» tugmachini bosish bilan esa — daqiqa qiymatini o'rnating.
Qiymatni tez o'zgartirish uchun kerakli tugmachani bosing va ushlab turing. Maksimal
qiymatga yetganda vaqtni o'rnatish diapazonning boshidan boshlanadi.
2. «Старт/Автоподогрев» tugmachasini bosing. Dastur ishi boshlangunigacha qolgan
vaqtning teskari hisobi boshlanadi.
3. O'rnatishni bekor qilish uchun «Отмена/Подогрев» tugmachasini bosing. Shundan
keyin dastur parametrlarini qaytadan kiriting.
«ЖАРКА/ФРИТЮР» va «МАКАРОНЫ» dasturlarida (multipishirgich rejimida) «Ishga tushiris
-
hni kechiktirish» funksiyasidan foydalanib bo'lmaydi.
Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o'rnatishda shuni hisobga olish kerakki, tezpishirgich
rejimining barcha dasturlarida hamda «МАКАРОНЫ» (multipishirgich rejimida) dasturida
tayyorlash vaqtining teskari hisobi faqat jihoz harorat va bosimning kerakli qiymatlariga
erishganidan so'ng bo'shlanadi.
Tayyor taomlar haroratini ushlab turish funksiyasi (avtomatik isitish)
Tayyor taom haroratini 60-80°С diapazonda 12 soat davomida ushlab turishga imkon bera-
di. Tayyorlash dasturi nihoyasiga yetishi bilan avtomatik ravishda yonadi (bu to'g'risida to-
vushli signal beriladi), bunda displeyda «Подогрев» indikatori yonadi va ushbu rejimda
ishlash vaqtining daqiqalardagi to'g'ri hisobi aks ettiriladi.
Zarur bo'lgan hollarda tayyorlash dasturi ishga tushirilgandan so'ng «Старт/Автоподогрев»
tugmachasini bosish orqali avtomatik isitish funksiyasini oldindan o'chirib qo'yish mumkin
(tovushli signal beriladi, tugmacha indikatori o'chadi). Avtomatik isitish funksiyasini yana
yoqish uchun «Старт/Автоподогрев» tugmachasini qayta bosing.
«ЙОГУРТ/ТЕСТО» dasturida avtomatik isitish funksiyasidan foydalanib bo'lmaydi.
Taomlarni isitish funksiyasi
Ushbu funksiya sovuq taomlarni 60-80°С gacha isitishga imkon beradi:
1. Mahsulotni jomga joylashtiring. Jomni jihoz korpusiga joylashtiring, uning qizdirish
elementiga zich yorishib turganligiga ishonch hosil qiling.
2. Qopqoqni mahkam yoping, multipishirgichni elektr tarmog'iga ulang.
3. «Отмена/Подогрев» tugmachasini bosing. Tugmacha indikatori yonadi hamda
displeyda «Подогрев» indikatori paydo bo'ladi. Isitish vaqtining daqiqalardagi to'g'ri
hisobi boshlanadi. Jihoz taomni isitadi va uning haroratini 12 soat davomida ushlab
turadi, keyin isitish avtomatik ravishda o'chiriladi.
4. Isitishni to’xtatish uchun «Отмена/Подогрев» tugmachasini qayta bosing. Tugmacha
indikatori va (displeydagi) «Подогрев» indikatori o’chadi, jihoz kutish rejimiga o’tadi.
Tovush signallarini o'chirish
Kutish rejimi yoki dastur ishlayotgan vaqtda tovushli signallarni o'chirib qo'yish uchun «Вид
продукта» tugmachasini bosing. Tovushni yoqish uchun yana shu tugmachani bosing.
Tayyorlash dasturlaridan foydalangandagi harakatlarning umumiy tartibi
1. Kerakli masalliqlarni tayyorlang (o'lchang), jomga soling. Barcha masalliqlar, jumladan
suyuqlikning jom ichki yuzasidagi maksimal belgidanortib ketmasligini kuzatib boring.
2. Jomni jihoz korpusiga joylashtiring, uning qizdirish elementiga zich yorishib
turganligiga ishonch hosil qiling.
3. Qopqoqni mahkam yoping, qopqoqni blokirovka qilish richagini «Закрыт» holatiga
keltiring («ЖАРКА/ФРИТЮР» dasturi bundan mustasno), jihozni elektr tarmog’iga
ulang. Displeyda qopqoqni blokirovka qilish indikatori yonadi.
4. «Меню» tugmachasini bosgan holdatayyorlash dasturini tanlang (displeyda tegishli
indikator yonishi kerak). «НА ПАРУ», «СУП», «ТУШЕНИЕ/ХОЛОДЕЦ», «ВАРКА»,
«ТОМЛЕНИЕ», yoki «ЖАРКА/ФРИТЮР» dasturlari tanlanganda «Вид продукта»
tugmachasini bosgan holdakerakli qism-dasturni tanlang (displeyda tegishli
indikator miltillaydi).
5. Zarur bo’lgan hollarda standart o’rnatilgan tayyorlash vaqtini o’zgartiring.
6. Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o’rnatish zarur bo’lgan hollardabosim darajasi
(tezpishirgich rejimida), tayyorlash haroratini («ВЫПЕЧКА», «МАКАРОНЫ», «ЙОГУРТ/
ТЕСТО», «ЖАРКА/ФРИТЮР», «МУЛЬТИПОВАР» dasturlari uchun) o’zgartiring.
7. «Старт/Автоподогрев» tugmachasini bosing. Tayyorlash dasturini bajarish
boshlanadi.
Характеристики
Остались вопросы?Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)