Холодильник Samsung RS68N8670SL - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

O'zbek
53
Ishlatish amallari
SmartThings (faqat qo‘shimcha adaptor bilan)
O‘rnatish
Google Play Store, Galaxy Apps yoki Apple App Store’ga tashrif buyuring va “SmartThings”ni
qidiring. Aqlli qurilmangizga Samsung Electronics tomonidan taqdim etiladigan SmartThings
ilovasini yuklab oling va o‘rnating.
IZOH
• SmartThings ilovasi Android 6.0 (Marshmallow) yoki yangirog‘i, iOS 10.0 yoki yangirog‘i, iPhone
6 yoki yangirog‘i uchun mo‘ljallangan va Samsung smartfonlari (Galaxy S va Galaxy Note
seriyasi) uchun optimallashtirilgan.
• Ishlab chiqaruvchining tartib-qoidasiga ko‘ra, samaradorlikni oshirish maqsadida SmartThings
ilovasi bildirishsiz o‘zgartirilishi yoki to‘xtatilishi mumkin.
Samsung hisob qaydnomasi
Ilovadan foydalanish uchun Samsung hisobi bilan qayddan o‘tish talab qilinadi. Agar sizda Samsung
hisob qaydnomasi bo'lmasa, bepul Samsung hisob qaydnomasini yaratish uchun ilova ekranidagi
ko'rsatmalarni bajaring.
Boshlash
1.
Taqdim qilingan Smart Home adaptorini sovitkichning tegishli portiga kiriting.
2.
SmartThings ilovasini ishga tushiring va Samsung hisobingiz bilan tizimga kiring. iPhone
foydalanuvchilari har safar ilovaga kirganlarida tizimga kirish ma’lumotlarini taqdim qilishlari
kerak.
3.
Add Device (Qurilma qo‘shish)
tugmasi, keyin
Refrigerator (Muzlatgich)
tugmasini tanlang.
4.
Router haqida tegishli ma'lumotlarni taqdim qilish uchun ekrandagi ko'rsatmalarni bajaring va
Next (Keyingi)
tugmasiga teging.
5.
Fridge (Sovutgich)
tugmasini ekranda "AP" xabari paydo bo‘lguniga qadar 5 soniyadan ortiq
bosib turing. Muzlatgichingiz ilovada ro'yxatdan o'tkaziladi.
6.
Qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish nihoyasiga yetganida SmartThings ilovasida muzlatgich
tasvirchasi paydo bo‘'ladi.
7.
Muzlatgich sahifasini ochish uchun muzlatgich tasvirchasiga teging.
8.
Tarmoq ulanishi amalga oshirilganda muzlatgichingizda Wi-Fi tasvirchasi yonadi.
Muzlatgich ilovasi
Integratsiyalangan boshqaruv
Siz muzlatgichingizni uyda yoki tashqarida yurganingizda nazorat qilishingiz mumkin.
• Muzlatgich sahifasini ochish uchun SmartThings ilovasida muzlatgich tasvirchasini oching.
• Muzlatgichning ishlash holati yoki xabarnomasini tekshiring va zarurat bo‘lsa opsiyalarni yoki
sozlamalarni o‘zgartiring.
Untitled-17 53
6/28/2019 7:45:05 PM