Морозильные камеры Atlant ММ 7103-100 - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

30
UZB
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
atish» rejimi yordamida og‘irligi 12 kg gacha bo‘lgan yangi
mahsulotlarni muzlatishda bu rejimni mahsulotlarni solishdan
6 soat oldin ishga tushirish mumkin.
5.1.4
Muzlatkichdagi harorat tashqi muhitning haroratiga,
saqlanayotgan va yangi solinadigan mahsulotlarning miqdori,
eshikning qay darajada ko‘p ochilishi, muzlatkichning xonadagi
o‘rnatilish joyiga bog‘liq va u ilovaga muvofiq sozlanadi.
5.2 YANGI MAHSULOTLARNI MUZLATISH
5.2.1
Mahsulotlar sifatining buzilishini va ularni saqlash mu-
ddatining qisqarishini oldini olish uchun, bir sutka davomida mu-
zlatiladigan yangi mahsulotlaring og‘irligi muzlatkichning nominal
muzlatish quvvatidan oshmasligi kerak.
5.2.2
Yangi mahsulotlarni muzlatish turlicha usullar bilan ama-
lga oshirilishi mumkin: mahsulotlarning og‘irligi uncha katta bo‘lma-
gan hollarda - savatchalarda (pastkisidan tashqari) yoki polkalarda,
agar bunda savatchalar muzlatkichdan chiqarib qo‘yilsa.
5.2.3
Savatchada quyidagi massada yangi mahsulotlarni
muzlatish mumkin («Saqlash» rejimida):
— sutkasiga 5 kg gacha (M-7201-XXX, M-7203-XXX,
M-7204-XXX rusumlarida);
— sutkasiga 7 kg gacha M-7301-XXX muzlatkichida (massasi
7 dan 8 kg gacha bo‘lgan mahsulotlar polkalarga taxlanadi);
— qolgan rususmdagi muzlatkichlarda - sutkasiga 4 kg gacha.
5.2.3.1
Savatchada massasi 8 kg gacha bo‘lgan mahsulotl-
arni muzlatishda «Muzlatish» rejimini ishlatish lozim (agar bo‘lsa)
(5.1.3 ga qarang).
5.2.4
Muzlatkichning polkalarida massasi 8 kg dan ortiq bo‘lgan
yangi mahsulotlarni «Muzlatish» rejimida muzlatish mumkin (agar
bo‘lsa) (5.1.3 ga qarang). Buning uchun bir yoki ikkita savatchani
chiqarib olib (mahsulotlarning miqdoriga qarab), ularga o‘ralgan
yangi mahsulotlarni taxlang.
Muzlatkichda mahsulotlar orasida havo aylanishini ta’minlash
maqsadida mahsulotlar orasida bo‘sh oraliq bo‘lishi lozim, mah-
sulotlar bug‘latgich polkasining chetidan yoki muzlatkich ichidagi
yon yuzalarga chizilgan joylash chegarasidan (agar bo‘lsa) chiqib
qolmasligi zarur.
5.2.5
Chuchvaralarni, go‘shtning kichik bo‘laklarini, reza
mevalarni va h.k. tez muzlatish uchun reza mevalarni muzlatish
uchun idishga (agar bo‘lsa) joylashtirish tavsiya etiladi. Muzlatil-
ganidan so‘ng oziq-ovqatlar upakovka qilinadi va saqlash uchun
savatlarga solinadi.
5.3 MUZLATILGAN OZIQ-OVQATLARNI JOYLASHTIRISH
5.3.1
“Saqlash” rejimi muzlatilgan oziq-ovqatlarning sifatli
saqlanishini ta’minlaydi.
Elektr quvvatini yetkazib berishda buzilish ro‘y bersa, muzl-
atgich ishdan chiqib qolsa va h.k. xolatlarda muzlatgichdagi past
harorat uzoqroq saqlanib qolishi uchun Muzlatilgan oziq-ovqatlarni
iloji boricha bir-biriga yaqin etib joylashtirish tavsiya qilinadi.
DIQQAT! Elektr quvvati sarfini tejash maqsadida muzlati-
lgan oziq-ovqatlarni bug‘latgich tokchalaridan savatlarga o‘z
vaqtida olib qo‘ying.
5.3.2
Mahsulotlarni solish va chiqarishda savatlar oxirigacha
joyiga kirgaziladi, tozalayotganda esa bandidan yuqoriga ko‘tarib
turgan holda chiqarib olinadi.
Savatlarning muzlatkich ichida harakatlanish qulayligi uchun
uning yon yuzalarida 6-rasmga muvofiq dastalar ko‘zda tutilgan.
Turli rusumlarda savatlarning dizayni 6-rasmdagidan farq qilishi
mumkin.
5.4 MUZLATGICHNI ERITISH VA TOZALASH
5.4.1
Muzlatgich ichidagi sovutish sathida qalinligi 5 mm dan
7 mm gacha bo‘lgan qalin qor qoplami xosil bo‘lganda uni eritish
va tozalash tavsiya etiladi. Qor qoplami oziq-ovqatlarga sovuqlik
yetib borishiga to‘sqinlik qiladi va sovutish vaqtini uzaytiradi.
Sovutish agregatiga zarar yetkazishning oldini olish maqsadida
qor qoplamini olib tashlash uchun metall buyumlardan foydalanish
TA’QIQLANADI
.
5.4.2
Muzlatgichni har bir eritishdan so‘ng, lekin yiliga kamida
ikki marta tozalash tavsiya etiladi.
5.4.3
Muzlatgichni eritish va tozalash uchun quyidagilarni
bajarish lozim:
— quvvat yetkazish shnuri ayrisini rozetkadan chiqarib, muz-
latgich elektr tarmog‘idan uziladi;
— oziq-ovqatlar va butlovchi qismlar chiqarib olinadi;
— muzlatgich eshigi ochiq qoldiriladi;
— erigan suv ilovasiga muvofiq yig‘iladi;
— muzlatgich 4.2 bandiga muvofiq yuviladi, quruq qilib artiladi.
DIQQAT! Muzlatgichda yoqimsiz hid paydo bo‘lishining
oldini olish uchun kamerani, butlovchi qismlarni, zichlagic-
hni hamda zichlagich eshikka tutashuvchi hududni astoydil
yuvish kerak.
5.5 MUZLATGICHNI O‘CHIRISH
Muzlatgichni elektr tarmog‘idan uzish uchun quvvat yetkazish
shnuri ayrisini rozetkadan chiqarish lozim.
6 O Z I Q - O V Q A T L A R N I S A Q L A S H , M U Z L A T I S H
V A E R I T I S H B O ‘ Y I C H A T A V S I Y A L A R
6.1 OZIQ-OVQATLARNI MUZLATISH VA SAQLASH
6.1.1
Quyidagilarni muzlatish mumkin: go‘sht va parrandaning
barcha turlari, barcha go‘sht mahsulotlari, baliqlar, sabzavotlar, reza
mevalar, mevalar, pishiriqlar, tayyor ovqatlar, sut mahsulotlari.
Quyidagilarni muzlatish mumkin emas: qaymoq, mayonez,
salat barglari, rediska, turp, yerqalampir, piyoz, sarimsoq.
6.1.2
Oziq-ovqatlar hidini, rangini, namligini va sarhalligini
saqlab qolishi uchun ularni upakovkada yoki zich yoipilgan idishda
saqlash lozim.
Quyidagilardan upakovka uchun foydalaniladi: polietilen xalta-
lar, alyuminli zar qog‘oz, oziq-ovqatlar uchun yopiq idishlar.
Quyidagilar upakovka uchun to‘g‘ri kelmaydi: o‘rash qog‘ozi,
pergament, ochilgan do‘kon upakovkasi, ishlatilgan polietilen
xaltalari.
6.1.3
Sovuqlik bilan ishlov berishga qulay sharoitlar yaratib
berish uchun, muzlatiladigan oziq-ovqatlarni bir martalik iste’mol
uchun qulay ulushlarga bo‘lish va xaltalarga joylashtirish maqsa-
dga muvofiqdir. Muzlatilayotgan mahsulotning qatlami qanchalik
yupqa bo‘lsa muzlatish shunchalik jadalroq bo‘ladi, mahsulot sifati
yuqoriroq va uni saqlash muddatlari uzoqroq bo‘ladi. Upakovka
mahsulotga zich yopishib turishi kerak (unda iloji boricha kamroq
havo qolishi lozim) va rezinalar, plastmassa qisqichlari, sovuqqa
chidamli yelim tasmalar va h.k. bilan zich yopilishi zarur. Muzla-
tilayotgan xaltalarga ichidagi mahsulot va uni qaysi sanagacha
ishlatish lozimligi haqida ma’lumot yozilgan qog‘ozchalarni yopis-
htirish tavsiya etiladi.
Muzlatilgan oziq-ovqatlarni muzlatgichda saqlash muddatlari
bo‘yicha tavsiyalar 1-jadvalda keltirilgan.
ushlagich
ushlagich
ushlagich
Rasmi
6-
Savat
Jadvali 1 — Muzlatilgan (uy sharoitlarida) oziq-ovqat mahs-
ulotlarini saqlash bo‘yicha tavsiyalar
Oziq-ovqatlar
Saqlash mud-dati, oy
Yangi baliq, dengiz mahsulotlari
3 gacha
Sariyog‘, pishloq (sortiga bog‘liq
holda), pishiriqlar
6 gacha
Hom go‘sht, parranda
9 gacha
Sabzavotlar, mevalar, reza mevalar
12 gacha
Характеристики
Остались вопросы?Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)












