Атлант ХМ 4421-000 N - Инструкция по эксплуатации - Страница 36

Холодильник Атлант ХМ 4421-000 N - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 87
Загружаем инструкцию
background image

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

37

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

7.5.4

 Tayyor taomlarni (oshpazlik ishlovidan o‘tgan oziq-ovq-

atlar) eritmasdan isitish tavsiya etiladi.

8   S O V U T G I C H   I S H I D A G I   O ‘ Z I G A   X O S L I K L A R

8.1

 Agar MKning yoki SKning endigina yopilgan eshigi ochilm-

ayotgan bo‘lsa, kamera ichidagi bosim tashqaridagisi bilan barobar 
bo‘lguncha  1  daqiqadan  3  daqiqagacha  kutish  va  eshikni  ochish 
lozim bo‘ladi.

8.2

 Sovutgich ishida g‘uvillashlar sodir bo‘ladi va ular finksional 

xususiyatga ega bo‘lib, qandaydir nuqson bilan bog‘liq emas.

Haroratni belgilangan darajada ushlab turish uchun sovutgichda 

vaqti-vaqti  bilan  kompressor  yoqiladi  va  o‘chadi.  Bu  vaqtda  paydo 
bo‘ladigan  g‘uvillashlar  —  odatiy  xol.  Sovutgichda  ishchi  harorat 
o‘rnatilishi bilan ular avtomat ravishda pasayadi.

Sovutgichlarning ba’zi rusumlarida kompressor yoqilishi (o‘chir-

ilishi) vaqtida chiqillash eshitilishi mumkin — bu harorat rele-datchigi 
ishga tushishidir.

Jildirash tovushlari xladagentning sovutish tizimi naylari bo‘ylab 

aylanishiga  jo‘r  bo‘ladi,  ehtimoliy  chirsillashlar  esa  materiallarning 
haroratli kengayishlari bilan bog‘liq.

Sezilarli guvillash No Frost tizimli sovutgich ventilyatori faoliyati 

bilan bo’g’liq.

8.3

 Sovutgichdan foydalanish jarayonida qo‘shimcha tovushlar 

manbalari paydo bo‘lishi mumkin.

G‘uvillashning kuchayishi butlovchi buyumlarni (shisha tokch-

alarni, idishlarni va h.k.) noto‘g‘ri o‘rnatish yoki sovutgichda joyla-
shtirilib,  oziq-ovqatlar  solingan  idishlarning  bir-biriga  tegib  qolishi 
natijasida  sodir  bo‘lishi  mumkin.  Bu  xolda,  butlovchi  buyumlarni 
qayta o‘rnatish yoki idishlarning bir-biriga tegishi bartaraf etish orqali 
g‘uvillashni kamaytirish mumkin.

Sovutgichning tarkibiy qismlari (kondensator, naychalar, simlar, 

erigan suvni tushirish tizimi qismlari), tashilganidan so‘ng (ko‘chiri-
lganda yoki tozalanganidan keyin noto‘g‘ri o‘rnatilganda) bir-biriga 
tegib qolsa ham g‘uvillash manbalariga aylanishi mumkin. Sovutgich 
qismlari  joylashuvini  sozlab  yoki  ularni  to‘g‘ri  o‘rnatib,  sovutgich 
ishidagi qo‘shimcha shovqinni bartaraf etish mumkin.

8.4

 Kondensat paydo bo‘lishining oldini olish uchun sovutgich 

shkafi  MK  eshigi  perimetri  bo‘ylab  yoki  MXM-2808-XX,  MXM-
2819-XX,  MXM-2826-XX,  MXM-2835-XX  (ilovasiga  qarang) 
rusumlaridagi ko‘ndalang to‘sin hududi qiziydi.

Qizish  harorati  atrof-muhit  haroratiga,  MKda  saqlanayotgan 

oziq-ovqatlar  miqdoriga,  shuningdek  kondensatorning  ifloslanish 
darajasiga bog‘liq. Sovutgich ishi jarayonida qizish haroratining o‘sishi 
nosozlikdan darak bermaydi.

DIQQAT! Bir yilda kamida ikki marta sovutgichni tozalash 

vaqtida 9 rasmiga muvofiq chang yutgich bilan sovutgichning 

butun  orqa  devorini  va  kondensatorlarni,  avval  sovutgichni 

elektr tarmog‘idan uzib va devordan surib, tozalab turish lozim. 

Kondensatorda chang paydo bo‘lishi elektr quvvati sarfining 

o‘sishiga olib keladi.

8.5 

Elektr tarmog’ida kuchlanishni pasayishida sovutgich kuchl-

anishni tiklab olgandan so’ng ozgina kechikish bilan ishga tushadi.

8.6

 Sovutgichda kirishuvchi penopoliuretan issiqlik izolatsiyasi 

materialidan  foydalaniladi.  Penopoliuretanning  kirishishi  natijasida 
sovutgichning sathida paydo bo‘ladigan mayda notekisliklar sovutgi-
ch ishiga ta’sir qilmaydi va issiqlik izolatsiyasini yomonlashtirmaydi.

9   S A Q L A S H   V A   T A S H I S H   Q O I D A L A R I

9.1

  Upakovka  qilingan  sovutgich  80%dan  yuqori  bo‘lmagan 

nisbiy  namlikda  tabiiy  havo  almashish  imkoniyati  mavjud  yopiq 
xonalarda saqlanishi lozim.

9.2

 Agar sovutgichdan uzoq vaqt foydalanilmasa, uni elektr ta-

rmog‘idan uzish, barcha oziq-ovqatlarni chiqarish, MKni eritish, ka-
meralarni tozalash kerak bo‘ladi. Tozalanganidan so‘ng kameralarda 
yoqimsiz hid paydo bo‘masligi uchun eshik qiya ochiq qoldiriladi.

9.3

 Sovutgichni ishchi holatda (tikkasiga), yopiq transportning 

istalgan  turida,  transport  vositasining  ichida  har  qanday  urilish, 
ko‘chish  va  yiqilishlar  oldini  olish  uchun  uni  astoydil  mahkamlab 
tashish lozim.

9.4

 Ortish-tushirish ishlarida sovutgichni urilish yuklamalariga 

duchor qilish 

TA’QIQLANADI

.

DIQQAT!  Sindirib  qo‘ymaslik  uchun  sovutgichni  niqobi, 

eshigi, eshik tutqichi va dekorativ qalqonchasidan (agar bo‘lsa) 

ushlab tashimang.

1 0   E H T I M O L I Y   N O S O Z L I K L A R   V A   U L A R N I 

      B A R T A R A F   E T I S H   U S U L L A R I

10.1

  Iste’molchi  tomonidan  bartaraf  etilishi  mumkin  bo‘lgan 

nosozliklar  3-jadvalda  ko‘rsatilgandir.  Agar  nosozlik  mustaqil  rav-
ishda  bartaraf  etila  olinmasa,  servis  xizmati  mexanigini  chaqirish 
lozim bo‘ladi.

10.2

  Servis  xizmatiga  murojaat  qilish  vaqtida  muzlatgichning 

rusumini va zavod raqamini ko‘rsatish lozim bo‘ladi.

1 1   Y O R I T I S H   L A M P A S I N I   A L M A S H T I R I S H

11.1 

Yoritish lampasining almashtirilishida sovutgich chirog‘ini-

ng tuzilishi inobatga olinishi kerak (10,11 rasmlariga qarang).

Lampani almashtirish uchun qyidagilarni bajarish lozim:
— quvvat yetkazish shnuri ayrisini rozetkadan chiqarib, sovutgich 

elektr tarmog‘idan uziladi;

—  10-rasmga  muvofiq  burama  mix  burab  chiqariladi,  plafon 

ko‘rsatgich yo‘nalishi bo‘ylab yechiladi;

—  11-rasmga  muvofiq  plafon  ko‘rsatgich  yo‘nalishi  bo‘ylab 

yechiladi (burama mix ko‘zda tutilmagan);

— quvvati 15 Vt dan ko‘p bo‘lmagan lampa almashtiriladi;
—  plafon  o‘rnatiladi  va  burama  mix  burab  kirgiziladi  (agar 

bo‘lsa).

1 2   U T I L L A S H T I R I S H

12.1

  Sovutgichni  upakovka  qilish  uchun  qo‘llaniladigan  mat-

eriallar  ikkilamchi  xom-ashyoni  qabul  qilish  bo‘yicha  shahobchal-
arga topshirilsa, to‘liqligicha qayta ishlanishi va takroran ishlatilishi 
mumkin.

DIQQAT! Bolalarga upakovka materiallari bilan o‘ynashga 

ruxsat bermang, chunki karton qutida qamalib yoki upakovka 

tasmasiga o‘ralib qolib dimiqib qolish xavfi mavjud.

12.2

  Utillashtirish  lozim  bo‘lgan  sovutgichni  quvvat  yetkazish 

shnurini kesib tashlash orqali yaroqsizlikka keltirish va mamlakatning 
amaldagi qonunchiligiga muvofiq utillashtirish kerak bo‘ladi.

12.3

 Ziyrak bo‘lish va sovutish tizimining naychalari utillashtirish-

dan avval shikastlanmasligini nazorat qilish kerak. Sovutish tizimidagi 
R600a xladagenti mutaxassis tomonidan utillashtirilishi lozim. 

Rasmi 9 

kondensator

Rasmi 10

plafon

plafon

Rasmi 11

вurama mix

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Атлант ХМ 4421-000 N?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"