Атлант ХМ 4421-000 N - Инструкция по эксплуатации - Страница 32

Холодильник Атлант ХМ 4421-000 N - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 87
Загружаем инструкцию
background image

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

33

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Ishlab chiqaruvchi ”ATLANT” YOAJ

Pobediteli shohko‘chasi, 61, 220035, Minsk sh., Belarus Respublikasi;

www.atlant.by

SOVUTISH  USKUNASI

Hurmatli xaridor!

Sovutish  uskunasini  xarid  qilayotganda  (sovutkich  –  muzlatkich,  bir  kamerali  kompression  sovutkich)  (keyingi  o‘rinlarda - 

sovutkich) kafolat kartasining to‘g‘ri to‘ldirilganligini, uni sotgan tashkilotning shtampi, yirtma talonlardagi sotuv sanasi ko‘rs-

atilganligini tekshiring.

Foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani sinchkovlik bilan o‘rganib, Siz sovutgichdan to‘g‘ri foydalana olishingiz mumkin. Foydalanish 

bo‘yicha qo‘llanmani sovutgichning butun xizmat muddati davomida saqlang.

Sovutgich 2008 yil 3 dekabrda Ukraina Vazirlar Mahkamasining № 1057 sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr va elektron usk-

unalarda ba’zi xavfli moddalardan foydalanishni cheklash texnik reglamentining talablariga mos keladi. Reglament qilingan zararli 

moddalarning foiz miqdori Texnik reglament bilan belgilangan me’yorlardan oshiqcha emas.

”ATLANT” YOAJning mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish sifati boshqaruv tizimi STB ISO 9001-2009 ga mos keladi va 

BR Muvofiqlikni tasdiqlash Milliy tizimi Ro‘yxatida №BY/112 05.01. 002 0014 raqami ostida ro‘yxatga olingandir.

1   U M U M I Y   M A ’ L U M O T L A R

1.1

  Foydalanish  bo‘yicha  qo‘llanma  sovutgichni  boshqarish 

va  undan  foydalanish  xususiyatlari  haqidagi  ma’lumot  ko‘rsatilgan 
ilovasiga  ega.  Foydalanish  bo‘yicha  qo‘llanma  sovutgichning  turli 
rusumlari uchun ishlab chiqilgandir. 

Sovutgich rusumida oxirgi raqamlar (shartli ravishda «-XX» yoki 

«-XXX») kafolat kartasi va yangi sarhal oziq-ovqatlarni saqlash kam-
erasi (bundan keyin) ichining chap tomonda joylashgan sovutgich 
taxtakachida ko‘rsatilgan bajarish raqamini anglatadi. Sovutgichning 
ijrolari sathni qoplash materiali, energiya samaradorligi sinfi va rang 
yechimlari bilan farq qiladi.

1.2

 Sovutgichdan quyidagi shartlarga muvofiq foydalanish kerak:

— ilovasida ko‘rsatilgan atrof-muhit haroratida;
—  nominal  kuchlanishdan  ±10  %  farq  qilgan  holatda  o‘zgar-

uvchan tok elektr tarmog‘idagi nominal kuchlanish 220-230 V va 
chastotasi (50±1) Gs ko‘lamida;

— nisbiy namlik 75 % dan ko‘p bo‘lmaganda.
Boshqa  sharoitlarda  foydalanilganda  sovutgichning  issiqlik  va 

quvvat xususiyatlari ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatilganlarga 
mos kelmasligi mumkin.

Yotoqxonalarda sovutgichdan foydalanish vaqtida shuni inob-

atga olish lozimki, sovutgich ishi funksional g‘uvillash va tovushlar 
bilan yuritiladi.

DIQQAT! Muzlatgidan foydalaniladigan xona mahsulotda-

gi R600a xladagentining 8 g uchun kamida 1 m

3

 hisobidan kelib 

chiqqan  xolda  hajmga  ega  bo‘lishi  kerak.  Xladagent  og‘irligi 

3  rasmiga  muvofiq  taxtachada  ko‘rsatilgan.  Xonadagi  havo 

almashtirish tizimi ishga yaroqli bo‘lishi kerak.

1.3

 Yetkazib berish to‘planmasiga quyidagilar kiradi: butlovchi 

buyumlar, foydalanish bo‘yicha qo‘llanma ilovasi bilan, servis tash-
kilotlari ro‘yxati, sovutish uskunalarining energiyaviy samaradorligi 
yorlig‘i (bundan keyin — yorliq), kafolat kartasi yorliq o‘zagi bilan.

Sovutgichning texnik xususiyatlari ko‘rsatkichlari yoriq o‘zagida 

joylashtirilgandir. Yorliq o‘zagini kafolat kartasidan kesib olib, yorli-
qdagi texnik xususiyatlar bilan moslashtirish lozim. 

Kafolat  kartasida  jadvallarda  sovutgichning  qolgan  texnik 

xususiyatlari  va  butlovchi  buyumlar  adadi  haqidagi  ma’lumot  joy-
lashtirilgan.

1.4

 Ishlab chiqaruvchi, sovutgichning asosiy texnik xususiyatla-

rini o‘zgartirishsiz saqlagan xolda, uning tuzilishini takomillashtirishi 
mumkin.

DIQQAT!  Ishlab  chiqaruvchi  (sotuvchi)  foydalanish  yoki 

saqlash sharoitlari buzilishi, bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch 

ta’siri (yong‘in, tabiiy ofat va h.k.), uy hayvonlari, hasharotlar 

va kemiruvchilar ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan mahsulo-

tdagi nuqson va shikastlar uchun javobgarlikni (kafolat davri 

uchun ham) olmaydi.

2   X A V F S I Z L I K   T A L A B L A R I

2.1

 Sovutgich — elektr maishiy uskuna, shuning uchun undan 

foydalanish vaqtida elektr xavfsizligining umumiy qoidalariga rioya 
qilish zarur.

2.2

  Zaif  jismoniy,  hissiy  yoki  aqliy  qobiliyatlarga  ega  shaxslar 

(bolalar ham), agar ularda tajriba va bilim yetishmasa va ular uchun 
javbogar  shaxs  tomonidan  uskunadan  foydalanish  haqida  o‘rgat-
ilmasa  yoki  nazorat  ostida  bo‘lmasalar  uskunadan  foydalanishlari 
ta’qiqlanadi.

Bolalar uskuna bilan o‘ynashlari oldini olish uchun nazorat ostida 

bo‘lishlari kerak.

2.3

 Elektr toki bilan shikastlanishdan himoya turi bo‘yicha sovu-

tgich I sinfiga oid va elektr tarmog‘iga yerga ulanish kontaktiga ega 
ikki qutbli rozetka orqali ulanishi kerak.

Yerga  ulanish  kontaktiga  ega  ikki  qutbli  rozetkani  o‘rnatish 

uchun malakali elektrikka murojaat qilish lozim. Rozetka sovutgichni 
tashqi elektr tarmog‘idan favqulot xolatida o‘chirish imkonini beru-
vchi joyga o‘rnatilishi kerak.

2.4

 Sovutgichni elektr tarmog‘iga ulashdan oldin quvvat yetka-

zish shnuri va ayrida shikastlar yo‘qligini ko‘zdan kechirib, tekshirish 
lozim. Quvvat yetkazish shnurida shikastlar bo‘lsa, uni ishlab chiqar-
uvchidan yoki servis xizmatidan olingan xuddi shunday shnur bilan 
almashtirish kerak bo‘ladi.

2.5

 Sovutgichni quvvat yetkazish shnurini rozetkadan chiqarib, 

elektr tarmog‘idan uzish lozim bo‘ladi agar:

— sovutgich tozalansa;
— yoritish lampasi almashtirilsa;
— u boshqa joyga ko‘chirilsa;
— uning ostida pol yuvilsa.

2.6 Sovutgichning sovutish tizimida izobutan xladagenti 

(R600a mavjud).

DIQQAT! Sovutish tizimining zichligiga zarar 

yetkazmang.

Qor qoplamini olib tashlash uchun sovutgi-

chdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada tavsiya 

etilmagan buyum va moslamalardan foydalanmang.

Sovutgich ichida elektr asboblardan foydalanmang.

DIQQAT! Sovutish tizimining shikastlanishi holatida xona 

yaxshilab shamollatilishi va muzlatgich yaqinida olovning oc-

hiq manbalari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak, chunki 

izobutan tez yonuvchan gaz.

DIQQAT! Sovutgichni tez yonuvchan va olovni tarqatuvchi 

buyum va moddalarga (pardalar, loklar, bo‘yoqlar va h.k.) juda 

yaqin o‘rnatmang.

Sovutgichni  mebelga  o‘rnatish  (o‘rnatiladigan  sovutgichdan 

tashqari), shuningdek xonaning devori va sovutgichning orqa devori 
o‘rtasida orqa tirgaklar tomonidan hosil qilinuvchi bo‘shliqni yopish 

TA’QIQLANADI

.

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Атлант ХМ 4421-000 N?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"