LG 55QNED816RE - Инструкция по эксплуатации - Страница 45

Телевизоры LG 55QNED816RE - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 52
Загружаем инструкцию
background image

3

 

TV yonida yuqori kuchlanishda ishlaydigan elektr jihozlardan 

(masalan, elektron pashsha haydagich) foydalanmang. Bu 

mahsulotning noto’g’ri ishlashiga olib kelishi mumkin.

 

LG Electronics kompaniyasining yozma ruxsatisiz bu mahsulotni 

har qanday usul bilan o‘zgartirishga urinmang. Yong‘in chiqishi 

yoki toki urishi mumkin. Yordam yoki ta’mirlash uchun mahalliy 

mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazi bilan bog‘laning. Ruxsat 

berilmagan o‘zgartirishlar foydalanuvchini ushbu mahsulotdan 

foydalanish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin.

 

Faqat LG Electronics tomonidan tasdiqlangan ruxsat berilgan 

biriktirmalar / aksessuarlardan foydalaning. Aks holda bu yong‘in, 

elektr toki urishi, noto‘g‘ri ishlash yoki mahsulotga zarar yetishiga 

olib kelishi mumkin.

 

O’zgaruvchan tok adapteri va elektr shnurini hech qachon 

qismlarga ajratmang. Bu yong’in yoki elektr toki urishiga olib kelishi 

mumkin.

 

Adapter tushib ketmasligi uchun uni mahkam va ehtiyotkorlik bilan 

ushlang. Zarba tegishi adapterni buzishi mumkin.

 

Yong‘in yoki elektr toki urishining oldini olish uchun TVni nam 

qo‘lingiz bilan ushlamang. Agar elektr shnur tilchasi nam yoki 

chang bilan qoplangan bo‘lsa, vilkani to‘liq quriting yoki changlarni 

artib tashlang.

 

Batareyalar

 

-

Aksessuarlarni (batareya va boshq.) bolalar qo‘li yetmaydigan 

xavfsiz joyda saqlang.

 

-

Batareyalarni bir-biriga tutashtirmang, ularni bo‘laklarga 

ajratmang yoki ularning qizib ketishiga yo‘l qo‘ymang. 

Batareyalarni olovga yaqin qoldirmang. Batareyalarni ortiqcha 

issiqlik ta’sirida qoldirmaslik lozim.

 

-

Diqqat : Batareya noto'g'ri turiga almashtirilsa, yongʻin chiqish 

yoki portlash xavfi mavjud.

 

Ko‘chirish

 

-

Ko‘chirish vaqtida mahsulot o‘chirilganligiga, rozetkadan 

uzilganligi va barcha kabellar ajratilganligiga ishonch hosil qiling. 

Kattaroq TVlarni ko‘tarish uchun 2 yoki undan ko‘proq kishi kerak 

bo‘lishi mumkin. TVning old panelini bosmang yoki unga hech 

nimani tiyamang. Aks holda, bu mahsulotga zarar yetishi, yong‘in 

chiqishi yoki shikast yetishi mumkin.

 

Namga qarshi qadoqlash materiallari yoki vinil qadoqni bolalarning 

qo‘llari yetmaydigan joylarda saqlang.

 

Zarba bo‘lishiga, hech qanday obyektning mahsulot ichiga tushib 

ketishiga yo‘l qo‘ymang va ekran ustiga hech narsagi tushirib 

yubormang.

 

Panelni qo‘lingiz yoki mix, qalam yoki ruchka kabi o‘tkir narsalar 

bilan kuchli bosmang yoki uni tirnamang. U ekranga zarar 

yetkazishi mumkin.

 

Tozalash

 

-

Tozalayotganda, elektr shnurni qivvat manbaidan uzing va 

yumshoq/quruq material bilan ohista arting. Suv yoki boshqa 

suyuqliklarni TVga sepmang. Mahsulotlar va uning panelini 

shikastlaydigan oynak tozalash vositasi, havo tozalagich, 

insektitsidlar, surma yog'lar, mum (avtomobilga oid, industrial), 

abraziv narsalar, eritkich, benzin, alkogol va hokazolardan 

foydalanmang. Aks holda bu elektr toki urishi yoki mahsulotga 

zarar yetishiga olib kelishi mumkin.

 

Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish, eshikka qisib 

qo’yish yoki ustidan yurish kabi jismoniy yoki mexanik ta’sirlardan 

himoya qiling. Vilkalar, rozetkalar va shnur qurilmadan chiqadigan 

joylarga alohida e’tibor bering.

 

Elektr shnuri quvvat manbaiga ulangan vaqtda TVni qimirlatmang.

 

Shikastlangan yoki amallab yetadigan elektr shnuridan 

foydalanmang.

 

Elektr shnurini quvvat manbaidan chiqarib olayotganda vilkani 

mahkam ushlaganingizga ishonch hosil qiling. TVni quvvat 

manbaidan uzish uchun elektr shnuridan tortmang.

 

Tarmoq rozetkasiga juda ko‘p qurilmalarni ulamang, chunki bu 

uning yonishiga yoki tok urishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Qurilmani Asosiy quvvat manbaidan uzish

 

-

Elektr shnur vilkasi qurilmani uzish vositasi hisoblanadi. 

Favqulodda vaziyatlarda elektr shnur vilkasiga to‘siqlarsiz yetish 

mumkin bo‘lishi lozim.

 

Farzandlaringizni televizorga osilib yoki tirmashib chiqishlariga 

yo’l qo’ymang. Aks holda, televizor ag’darilishi va jiddiy jarohat 

yetkazishi mumkin.

 

Tashqaridagi antennani yerga ulash

 (Mamlakatga qarab farq 

qilishi mumkin):

 

-

Tashqaridagi antenna o‘rnatilgan bo‘lsa, quyidagi ehtiyot 

choralariga rioya qiling. Tashqaridagi antenna tizimi elektr simlari 

yoki elektr chiroqlari yoki elektr tarmoqlariga yaqin, shuningdek, 

ular bunday elektr simlari yoki elektr tarmoqlari bilan tutashishi 

mumkin bo‘lgan joylarga joylashtirilmasligi lozim, chunki bunday 

holatlar o‘lim yoki jiddiy shikast yetishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Chaqmoq va momaqaldiroq vaqtida bu apparat yoki antennaga 

tegmang. Sizni elektr toki urishi mumkin.

 

Elektr kabel TV va devordagi rozetkaga xavfsiz tarzda 

ulanganligiga ishonch hosil qiling, agar xavfsizlik ta’minlanmagan 

bo‘lsa, teshik va vilkaga zarar yetishi va ekstremal holatlarda 

yong‘in yuzaga kelishi mumkin.

 

Metall yoki tez yonuvchan obyektlarni mahsulot ichiga tiqmang. 

Agar mahsulot ichiga yod jism tushib ketsa, elektr shnurini chiqarib 

oling va mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazi bilan bog‘laning.

 

Elektr shnurining bir uchi quvvat manbaiga ulangan vaqtda uning 

boshqa uchiga tegmang. Sizni elektr toki urishi mumkin.

 

Quyidagilardan birortasi yuzaga kelsa, mahsulotni quvvat 

manbaidan darhol uzing va mahalliy mijozlarga xizmat 

ko‘rsatish markazi bilan bog‘laning.

 

-

Mahsulotga zarar yetganda.

 

-

Agar mahsulot (tarmoq adapteri, elektr shnuri yoki TV kabi) 

ichiga suv yoki boshqa mayda zarra kirib ketsa.

 

-

Agar TVdan tutun hidini yoki boshqa noxush hidlar 

chiqayotganini sezsangiz.

 

-

Chaqmoq va momaqaldiroq vaqtida yoki uzoq muddat davomida 

ishlatilmaganda.

TV pult yoki tugma orqali o‘chirilgann bo‘lsa ham, agar elektr shnur 

uzilmasa, o‘zgaruvchan quvvat manbai blokka ulangan bo‘ladi.

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к LG 55QNED816RE?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"