Смартфоны OPPO A54 4+64GB Black (CPH2239) - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

16
C. Bizning kafolat sotuvchi tomonidan ogʻzaki ravishda vaʼda qilingan hamda
kafolat talonida koʻrsatilgan tamoyillarni buzadigan xizmatlarni oʻz ichiga
olmaydi. Almashtirish talablariga javob beradigan mahsulotlarni bizning
yaqinroqda joylashgan vakolatli kafolat xizmati markazimizga almashtirish
uchun olib borishingiz mumkin. Almashtirish paytida agar qurilma nosoz
boʻlsa, uni bir xil xususiyat va modelga ega qurilmaga almashtirishimiz
mumkin; agar aksessuarlar nosoz boʻlsa, nosoz aksessuar almashtiriladi.
Har ikki almashtirish ham bepul amalga oshiriladi.
3. Agar biror mahsulotimizni tuzatish talab qilinsa, uni milliy kafolat tarmogʻimizga
kiruvchi istalgan kafolat doʻkonga olib borishingiz mumkin.
4. Agar qurilma suv kirishi yoki inson omili tufayli jiddiy shikastlangan boʻlsa
hamda uni tuzatish talab qilinsa, mijoz oldin OPPO mijozlarga xizmat markazi
bilan tuzatish haqida kelishuv shaklini imzolashi kerak.
5. Kafolat muddati davomida almashtirilgan barcha tarkibiy qism, ehtiyot qism va
aksessuarlar Kompaniyaning mulki hisoblanadi.
III: Qurilmani tuzatish uchun yuborish va uni olib ketish boʻyicha tavsiyalar
1. OPPO mobil telefonni tuzatish shaklini toʻldirishda mijoz talab qilinganidek
yaroqli maʼlumotlarni tushunarli yozuv bilan toʻldirishi shart (ism, manzil, telefon
raqami va nosozlik belgilari).
2. Mijoz mobil telefonni OPPO mobil telefonni tuzatish shaklini koʻrsatish orqali
olib ketishi shart. Agar Mijoz oʻzidagi Mijoz nusxasini yoʻqotsa, mobil telefonni
olib ketishdan oldin Mijoz shaxsiy ID kartasi yoki yaroqli shaxsni tasdiqlovchi
hujjati bilan yoʻqotganlik haqidagi hisobot jarayonlaridan oʻtishi kerak.
3. Qurilmangizni tuzatishga yuborishdan oldin mobil telefonga saqlagan barcha
axborot va maʼlumotlaringizning sinov va tekshirish jarayonida oʻchib ketishi yoki
shikastlanishining oldini olish uchun oʻchirib tashlashdan oldin ularni zaxiralang
(masalan, telefon raqamlari, matnli xabarlar va rasmlar).
Har qanday holatda ham OPPO mijozlarga xizmat markazi va uning xodimlari
axborot va maʼlumotlaringizni zaxiralash yoki tiklash uchun javobgar boʻlmaydi
yoki bunga majbur emas yoxud axborot va maʼlumotlaringizning oʻchib ketishi,
shikastlanishi yoki oshkor etilishi oqibatlari uchun javobgarlikni zimmasiga
olmaydi. Oʻzingiz saqlagan axborot va maʼlumotlarning qonuniy ekaniga ishonch
hosil qiling. Maxfiyligingizni hurmat qilish uchun biz axborot va maʼlumotlaringizni
yubormaymiz, zaxiralamaymiz yoki tekshirmaymiz (bular sizga xizmatlarni taqdim
etishimiz uchun zarur boʻlmasa) hamda noqonuniy kontent uchun xizmat
koʻrsatishni rad etish huquqini oʻzimizda saqlab qolamiz.