Смартфоны OPPO A54 4+64GB Black (CPH2239) - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

14
Bu mahsulotning operatsion tizimi rasmiy yangilanishlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Agar foydalanuvchi biror uchinchi tomonning ROM tizimini root qilgan boʻlsa
yoki buzish yoʻli bilan tizim faylini oʻzgartirgan boʻlsa, bu tizimda xavfsizlik
muammolarini yuzaga keltirishi mumkin. OPPO bunday hollarda hech qanday
yordam xizmatini koʻrsatmaydi yoki yakuniy foydalanish uchun hech qanday
javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
Barcha joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.
Batafsil maʼlumot olish uchun qurilmangizda Foydalanuvchi qoʻllanmasi bilan
tanishing.
CE sertifikatlash axboroti (SAR)
Bu qurilma garnituraning orqa tomoni 0,5 sm masofada boʻlgan holatda,
odatdagi tanaga taqqan holda foydalanish uchun sinovdan oʻtkazilgan.
Radiochastota taʼsiri talablariga muvofiqlikni taʼminlash uchun foydalanuvchi
tanasi va telefonning orqa tomoni orasida 0,5 sm masofani saqlab turadigan
aksessuarlardan foydalaning. Kamar qisqichi, toʻpponcha gʻilofi va shunga
oʻxshash aksessuarlardan foydalanilsa, ular metal qismlardan yasalgan
boʻlmasligi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan aksessuarlardan foydalanish
radiochastota taʼsiri talablariga muvofiq kelmasligi mumkin va ishlatilmasligi kerak.
Agar siz yurak stimulyatori, eshitish moslamasi, koxlear implant yoki boshqa
qurilmalardan foydalansangiz, telefonni shifokor maslahatiga muvofiq ravishda
ishlating.
Yevropa Ittifoqi Muvofiqlik Deklaratsiyasi (EU DOC)
Bu bilan Guangdong OPPO Mobile Telecommunications Corp., Ltd. shuni
maʼlum qiladiki, ushbu simsiz qurilma 2014/53/EU raqamli Direktivaning asosiy
talablari va boshqa tegishli moddalariga javob beradi.
Yevropa Ittifoqi muvofiqlik deklaratsiyasining toʻliq matni quyidagi Internet
manzilda mavjud: www.oppo.com/en/certification
Eslatma:
Qurilma ishlatilayotgan joydagi milliy va mahalliy qoidalarga rioya qiling.
Mahalliy tarmoqqa bogʻliq ravishda, ushbu qurilmadan foydalanish cheklangan
boʻlishi mumkin.
Wi-Fi 5G aloqasining 5150-5350 MGs ishlash chastotasi faqat bino ichida
foydalanish uchun cheklangan.
Bu mahsulotning Wi-Fi 5G aloqasini qoʻllab-quvvatlashini tekshirish uchun
Qisqacha qoʻllanmadagi Radiochastotalar xususiyatlari boʻlimi bilan tanishing.
Elektr va elektron jihozlar chiqindilari (WEEE)
Bu belgi (chiziqli yoki chiziqsiz) mahalliy qonun va qoidalarga binoan sizning
mahsulotingiz va/yoki uning batareyasi xoʻjalik chiqindilaridan alohida chiqitga
chiqarilishi kerakligini bildiradi. Bu mahsulotning xizmat muddati tugaganida,
foydalanuvchi uni malakali chiqindini qayta ishlash tashkilotiga topshirishi
mumkin. Mahsulotingizni toʻgʻri chiqitga chiqarish inson salomatligi va atrof-
muhitni himoyalaydi.
OPPO Mobiles oʻz mahsulotlarining atrof-muhitga taʼsirini
kamaytirishda mijozlar bilan umumiy javobgarlik va hamkorlikka
erishishga intiladi.
OPPO Mobiles elektr va elektron qurilmalarni chiqitga chiqarishni
(WEEE) boshqarishga doir barcha amaldagi qonunlarga rioya qiladi.
Shaxsiy axborotlaringizni qanday himoyalashimizni yaxshiroq tushunish
uchun OPPO rasmiy veb-saytida maxfiylik siyosati bilan tanishing.