Роботы-пылесосы Samsung VR30T80313W/EV - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

O
‘zbek
O‘zbek
9
O‘rnatish
IZOH
• Agar tozalanadigan hudud yogʻoch poldan
iborat boʻlsa, Taglikni yog‘och pol chiziqlari
yo‘nalishida o‘rnatgan ma’qul.
• Agar quvvat tugmasi o‘chirilgan bo‘lsa, u
hattoki Taglikka o‘rnatilgan bo‘lsa ham Jet
Bot quvvat olmaydi.
• Taglikni doimo yoniq holatda ushlang.
- Agar Taglikda tok bo‘lmasa, Jet Bot
uni topa olmaydi va avtomatik tarzda
zaryadlana olmaydi.
- Jet Bot Taglikdan uzilganida
uning batareyasi tabiiy ravishda
zaryadsizlanadi.
• Chegara belgilarini (-------) shaklida
oʻrnatmang.
- Jet Bot uni aniqlay olmasligi va
chegaradan oʻtib ketishi mumkin.
Zaryadlash
IZOH
• Zaryadlanish paytida batareya qizib ketsa,
zaryadlanishga uzoqroq vaqt ketishi
mumkin.
• Avtomatik zaryadlash ishlamayotgan bo‘lsa,
quyidagilarni bajaring:
- Quvvat tugmasini (Jet Botning yon
tomonida) oʻchiring va qaytadan yoqing.
- Taglik shnurini rozetkadan sug‘uring va
yana suqing.
- Taglikni sug‘uring va uning zaryadlash
tishlarida yot jismlar yo‘qligini tekshiring,
Jet Bot va Taglik zaryadlash tishlarini
quruq latta bilan arting.
- Taglik yaqinida aksni qaytaruvchi
buyumlar, stullar kabi to‘siqlarning
yo‘qligini tekshiring.
• Jet Bot Taglikdan uzilganida uning
batareyasi tabiiy ravishda zaryadsizlanadi.
- Jet Botni Taglikda zaryadlanayotgan
holda saqlashga harakat qiling.
(Ammo, xizmat safari yoki ta’til
tufayli uydan uzoq muddatga ketishni
rejalashtirayotganingizda quvvat
tugmasini o‘chiring va Taglikni rozetkaga
tiqilmagan holda qoldiring.)
Ishlatish
IZOH
• Jet Bot tozalash paytida kirish eshigi
yoki veranda boʻsagʻasiga taqalib qolishi
mumkin.
- Ishlashni qaytadan boshlash uchun quvvat
tugmasini o‘chiring, Jet Botni osongina
harakatlanishi mumkin bo‘lgan joyga
ko‘chiring va elektr ta’minotini qaytadan
yoqing.
• Qorongʻi joylarda Jet Bot obyektni aniqlay
olmasligi mumkin.
- Tozalashdan avval poldagi toʻsiqlarni olib
qo‘ying.
• Jet Bot burchaklar orasi, divanlar yoki
devorlar orasi kabi oʻzi kira olmaydigan
hududlarni toʻliq tozalay olmasligi mumkin.
- Ularni muntazam tozalab turish uchun
boshqa tozalash anjomidan foydalaning.
• Jet Bot kir to‘plamlarini tortib ola olmaydi,
shuning uchun tozalagandan keyin ularning
ayrimlari polda qolishi mumkin.
- Ularni muntazam tozalab turish uchun
boshqa tozalash anjomidan foydalaning.
• Jet Botni oʻchirgandan soʻng, biroz kuting
va soʻngra uni normal holatda qaytadan
yoqing.
Izohlar va ehtiyot choralari