Роботы-пылесосы Samsung VR30T80313W/EV - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

O
‘zbek
O‘zbek
7
• Ushbu simsiz qurilma radio pomexalari
kelib chiqishiga sabab boʻlgani uchun
inson xavfsizligiga oid xizmatlarni taqdim
etmaydi.
DIQQAT
• Jet Botdan foydalanishdan oldin chang
qutisini oʻrnating.
• Taglikni o‘rnatganda shnurni polda
ehtiyotsizlik bilan qoldirmang, chunki Jet
Bot unga o‘ralashib qolishi mumkin.
• Uyni to‘liq tozalash uchun barcha xonalarni
oching va SmartThings ilovasi bilan Borib
bo‘lmas hududlarni o‘rnating yoki Jet Bot
shikastlanishi mumkin bo‘lgan old eshik,
ayvon, vannaxona va zinalarga chegara
belgilarini qo‘yib chiqing.
• Toʻgʻri avtomatik quvvat olinishi uchun
ushbu tavsiyalarga amal qiling.
- Taglikni doimo yoqib qo‘ying.
- Taglikni Jet Bot oson topadigan joyda
oʻrnating.
- Taglikning oldiga hech qanday buyum
qoldirmang.
• Jet Botni qora rangli polda ishlatmang.
- Jet Bot odatdagidek ishlay olmasligi
mumkin.
• Taglikning har ikki tomonida 0,5 m va
oldindagi 1 m masofada hech qanday
buyum bo‘lmasligi kerak.
• Taglik kontaktlarining shikastlanmaganligi
yoki ularda begona narsalarning yo‘qligiga
ishonch hosil qiling.
• Jet Bot tiqilib qolishi mumkin boʻlgan juda
past joylarda SmartThings ilovasi bilan
Borib bo‘lmas hududlarni o‘rnating yoki
Jet Bot kirib ketmasligi uchun Chegara
belgilarini biriktiring.
• Taglikni poli qora polli joyga o‘rnatmang.
- Agar Taglik atrofidagi pol qora bo‘lsa,
quvvatlashga xalaqit berishi mumkin.
• Tozalashdan oldin Jet Botning yurishiga
xalaqit beradigan to‘siqlarni olib tashlang
(masalan, bolalar arg‘imchog‘i yoki tepaligi).
• Jet Bot burilish radiusidan 0,5 metr
yoki undan tor bo‘lgan joyda Jet Botni
ishlatmang.
• Jet Botni ishlatishdan oldin sinishi mumkin
bo‘lgan buyumlar, jumladan, shisha,
ramka, ko‘zgu va chinni buyumlarni olib
tashlang, shunda Jet Bot ishlashiga xalaqit
berilmaydi.
• Cho‘tka yoki cho‘tka qopqog‘i joyiga to‘g‘ri
o‘rnatilmasa, polni qirishi mumkin yoki
jihoz noto‘g‘ri ishlashi mumkin.
• Mahsulotni olib yurganda ikkala qo‘lingizni
ishlating.
• Taglikni odamlar koʻp o‘tadigan joyga, kirish
joyi yaqiniga yoki tor yo‘lakka qoʻymang.
- Oʻtayotgan odamlar qoqilib tushishlari
yoki mahsulotga zarar yetishi mumkin.
• Taglikni itarmang.
Ishlatish paytida
OGOHLANTIRISH
• Jet Botdan g‘ayritabiiy tovush, hid yoki
tutun chiqsa, darhol Jet Botning quvvat
tugmasini o‘chiring va texnik xizmat
markaziga murojaat qiling.
DIQQAT
• Jet Bot qalin gilam ustida ishlatilsa, Jet
Botga ham, gilamga ham zarar yetishi
mumkin.
- Jet Bot qalinligi 2 santimetrdan yuqori
gilamlar ustidan oʻta olmaydi.
• Jet Botni stol ustida yoki boshqa tepa
joylarda ishlatmang.
- Tushib ketsa, shikast yetishi mumkin.
• Jet Bot stul yoki stol oyoqlariga urilib
ketishi mumkin, shuning uchun tezroq va
samarali tozalash uchun ularni olib qo‘ying.
• Jet Bot ishlab turganida uni ko‘tarmang
yoki boshqa joyga olib bormang.
• Boshqa joyga ko‘chirganda Jet Bot’ning
yetaklovchi g‘ildiraklaridan ko‘tarmang.
Xavfsizlik ma’lumoti