Морозильные камеры Atlant 7184-003 - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

24
UZB
Jadvali 1 – Muzlatilgan (uy sharoitlarida) oziq-ovqat mahs-
ulotlarini saqlash bo‘yicha tavsiyalar
Oziq-ovqatlar
Saqlash mud-dati, oy
Yangi baliq, dengiz mahsulotlari
3 gacha
Sariyog‘, pishloq (sortiga bog‘liq holda),
pishiriqlar
6 gacha
Hom go‘sht, parranda
9 gacha
Sabzavotlar, mevalar, reza mevalar
12 gacha
5.1.4
Muzlatkichdagi harorat tashqi muhitning haroratiga,
saqlanayotgan va yangi solinadigan mahsulotlarning miqdori, eshikning
qay darajada ko‘p ochilishi, muzlatkichning xonadagi o‘rnatilish joyiga
bog‘liq va u ilovaga muvofiq sozlanadi.
5.2 YANGI MAHSULOTLARNI MUZLATISH
5.2.1
M a h s u l ot l a r s i fat i n i n g b u z i l i s h i n i va u l a r n i sa q l a s h
muddatining qisqarishini oldini olish uchun, bir sutka davomida
muzlatiladigan yangi mahsulotlaring og‘irligi muzlatkichning nominal
muzlatish quvvatidan oshmasligi kerak.
5.2.2
Savatchada (pastkisidan tashqari) quyidagi massada yangi
mahsulotlarni «Saqlash» rejimida muzlatish mumkin:
– s u t ka s i g a 5 k g g a c h a ( M - 7 2 0 1 - X X X , M - 7 2 0 3 - X X X ,
M-7204-XXX rusumlarida);
– qolgan rusumdagi muzlatkichlarda - sutkasiga 4 kg gacha.
5.2.3
Massasi 8 kg dan ortiq bo‘lgan yangi mahsulotlarni muzlat-
kich polkalarida «Muzlatish» rejimida (agar bo‘lsa) (5.1.3 ga qarang)
bir yoki ikkita savatni chiqarib tashlab (mahsulot miqdoriga qarab)
muzlatish tavsiya etiladi.
Muzlatkichda mahsulotlar orasida havo aylanishini ta’minlash
maqsadida mahsulotlar orasida bo‘sh oraliq bo‘lishi lozim, mahsulotlar
bug‘latgich polkasining chetidan yoki muzlatkich ichidagi yon
yuzalarga chizil gan joylash ch e garasidan (agar b o‘ls a) chiqib
qolmasligi zarur.
5.2.4
Chuchvara, unchalik katta bo‘lmagan go‘sht bo‘laklari,
rezavorlar va shu kabilarni muzlatish uchun mo‘ljallangan idishga solish
tavsiya etiladi (agar bo‘lsa). Mahsulotlar muzlagach, ularni o‘rash lozim
va saqlash uchun savatga solinadi.
DIQQAT! Muzlagan mahsulotlarning harorati oshishini va
ularni saqlash muddatini qisqarishining oldini olish maqsadida,
muzlatish uchun solinadigan yangi mahsulotlarning va avval
qo‘yilgan mahsulotlarning bir-biriga tegib qolishiga yo‘l
qo‘ymang.
5.3. MUZLAGAN MAHSULOTLARNI JOYLASHTIRISH
5.3.1
Elektr energiyasi uzatilishida buzilish yuzaga kelishi,
muzlatkichning ishdan chiqishi va shu kabi holatlarda muzlatkichda
past harorat uzoqroq saqlanishi uchun,
muzlagan mahsulotlar imkoni boricha
bir-biriga yaqin joylashtiriladi.
DIQQAT! Elektr energiyasi sarfini
tejash uchun, muzlagan mahsulotlarni
muzlatkich polkalaridan savatlarga o‘z
vaqtida joylashtirib turing.
5 . 3 . 2
M a h s u l o t l a r n i s o l i s h v a
chiqarishda savatlar oxirigacha joyiga
kirgaziladi, tozalayotganda esa bandidan
yuqoriga ko‘tarib turgan holda chiqarib
olinadi. Savatlarning muzlatkich ichida
harakatlanish qulayligi uchun uning yon
yuzalarida 4-rasmga muvofiq dastalar ko‘zda tutilgan. Turli rusumlarda
savatlarning dizayni 4-rasmdagidan farq qilishi mumkin.
5.4 MUZLATKICHNI MUZDAN TUSHIRISH VA TOZALASH
5.4.1
Muzlatkich ichidagi sovutuvchi yuzada qalinligi 5 dan 7 mm
gacha bo‘lgan zich qor qoplami paydo bo‘lsa, muzlatkichni muzdan
tushirish va uni tozalash tavsiya etiladi. Qor qoplami sovuqning oziq-
ovqat mahsulotlariga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.
Sovutish agregatiga zarar yetishini oldini olish maqsadida, qor
qoplamini metall predmetlar bilan olib tashlash
MAN ETILADI
.
5.4.2
Muzlatkichni har bir muzdan tushirilgandan so‘ng, lekin
yiliga kamida ikki marotaba tozalab turish tavsiya etiladi.
5 . 4 . 3
M u z l at k i c h n i m u z d a n t u s h i r i s h va toza l a s h u c h u n
quyidagilarni bajarish lozim:
– elektr ta’minoti shnurini rozetkadan chiqarib, muzlatkichni elektr
tarmog‘idan uzish;
– oziq-ovqatlar va tarkibiy qismlarni chiqarib olish;
– muzlatkich eshigini ochiq qoldirish;
– erigan suvni ilovaga muvofiq yig‘ish;
– muzlatkich 4.2 ga muvofiq tozalash, quritib oartish.
DIQQAT! Muzlatkichda noxush hid paydo bo‘lishining oldini
olish maqsadida muzlatkich ichini, tarkibiy qismlarini, eshik
zichlagichini, shuningdek zichlagichning eshikka tegib turuvchi
qismini yaxshilab yuving.
5.5 MUZLATKICHNI O‘CHIRISH
5.5.1
Muzlatkichni elektr tarmog‘idan uzish uchun uning elektr
ta’minoti shnurini rozetkadan chiqarish kerak.
6 O Z I Q - O V Q A T L A R N I S A Q L A S H , M U Z L A T I S H
B O ‘ Y I C H A T A V S I YA L A R
6.1 OZIQ-OVQATLARNI MUZLATISH VA SAQLASH
6.1.1
Oziq-ovqatlar hidi, rangi, namligi va sarhilligini saqlab qolishi
uchun, ularni o‘ramida yoki zich yopilgan idishda saqlash lozim.
6.1.2
Muzlatiladigan oziq-ovqatlarni bo‘laklarga bo‘lish va paketga
o‘rash lozim. Muzlatiladigan mahsulotning qatlami qanchalik ingichka
bo‘lsa, muzlash shunchalik jadal kechadi, mahsulotning sifati yuqoriroq
hamda uni saqlash muddati uzoqroq bo‘ladi. O‘ram mahsulotga jips
bo‘lib tegib turishi va germetik ravishda yopilgan bo‘lishi kerak.
Muzlatkichda muzlagan (uy sharoitida) oziq-ovqat mahsulotlarini
saqlash muddatlari buyicha tavsiyalar 1 – jadvalda keltirilgan.
DIQQAT! Muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda ishlab
chiqaruvchining o‘ramida ko‘rsatilgan muddatlarga rioya qiling.
6.2 OZIQ UCHUN MUZ TAYYORLASH
6.2.1
Muz uchun shaklni to‘rtdan uch qismigacha ichimlik suvi
bilan to‘ldiring va uni muzlatkich savatiga (pastkisidan tashqari) joyl-
ashtirish lozim.
6.2.2
Shakl asosi 3 dan 5 soniyagacha iliq suvga botirilsa, so‘ngoa
shaklni to‘nkarib, biroz bukilsa, muz kubiklari osonroq ko‘chadi.
DIQQAT! Muzlab yopishib qolishining oldini olish uchun,
muz kubiklarini muz shaklidan chiqarib olingan zahotiyoq og-
‘zingizga solmang va muzlagan mahsulotlarga ho‘l qo‘lingiz
bilan tegmang.
6.3
Quyidagilar tavsiya etilmaydi:
– muzlatkichga qaynoq mahsulotlarni qo‘yish. Ularni avval xona
haroratigacha sovutish lozim;
– muzidan tushirilgan mahsulotlarni takroran muzlatish.
7 MUZLATKICH ISHLASHIDAGI O‘ZIGA XOS JIHATLAR
7.1
Agar endigina yopilgan muzlatkich eshigini ochishning iloji bo‘lmay
qolsa, muzlatkich ichidagi bosim tashqi bosim bilan teglashgunga qadar
1 dan 3 daqiqagacha kutish, so‘ngra eshikni ochish lozim.
7.2
Muzlatkich ishlashi shovqinlar bilan kechadi, u funksional
xarakterga ega bo‘lib, biror-bir nuqson bilan bog‘liq emas.
Muzlatkichda belgilangan haroratni ushlab turish uchun, uning
kompressori davriy ravishda ishga tushirilib va o‘chirilib turiladi. Bunda
yuzaga kelgan shovqinlar, muzlatkichda ishchi harorat o‘rnatilgach,
avtomatik ravishda pasayadi.
Jildirab oqish tovushlari sovutish tizimi naychalari orkali xladagent
oqayotganligidan dalolat beradi, ehtimoliy qirsillash ovozlari metallning
haroratga oid kengayishi bilan bog‘liq.
7.3
Muzlatkichdan foydalanish jarayonida qo‘shimcha shovqinlar
manbaalari yuzaga kelishi mumkin.
Shovqinning kuchayishi muzlatkichning hamda uning ichidagi
tarkibiy qismlarning noto‘g‘ri joylashtirishganligi natijasida kelib
chiqishi mumkin. Muzlatkichni va uning ichidagi tarkibiy qismlarni qayta
joylashtirib, shovqinni pasaytirish mumkin.
Shuningdek, agar muzlatkichni tashish (joydan-joyga ko‘chirish yoki
tozalagandan keyin noto‘g‘ri joylashtirish)dan so‘ng muzlatkichning
ayrim unsurlari (kondensator, naychalar, simlar) bir-biriga tegib
qolgan bo‘lsa, ular ham shovqin manbaalari bo‘lib qolishi mumkin.
Muzlatkich unsurlari holatini rostlagach yoki ularni to‘g‘ri holatda
o‘rnatgach, muzlatkich ishidagi qo‘shimcha shovqinni bartaraf etish
mumkin bo‘ladi.
dastak
4-
Rasm
dastak
dastak
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Содержание
Характеристики
Остались вопросы?Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)













