Samsung MG23K3614AK/BW - Инструкция по эксплуатации - Страница 102

Микроволновые печи Samsung MG23K3614AK/BW - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 128
Загружаем инструкцию
background image

6  O'zbek

X

avf
sizlik bo

‘yicha k

o‘r

satmalar

Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar

Bolalar pech eshigiga urilib ketishi yoki barmog‘ini qisib olishi mumkin. Eshigini ochib-
yopayotganda bolalarni yaqinlashtirmang.

Mikroto‘lqinga oid ogohlantirish

Ichimliklarni mikroto‘lqin yordamida isitish natijasida qaynab, otilib ketishi mumkin, shu 
sababli idishlarni ushlashda ehtiyot bo‘lish lozim. Ichimliklarni olishdan oldin kamida 
20 soniyaga qo‘yib qo‘ying. Kerak bo‘lsa, isitish paytida aralashtirib turing. Isitilganidan 
so‘ng doim aralashtiring.
Kuyib qolganda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi amallarni bajaring:

1. 

Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.

2. 

Unga toza quruq lattani bog'lang.

3. 

Hech qanday krem, moy yoki losyon surtmang.

Patnis yoki ilgak shikastlanmasligi uchun, taom tayyorlagandan so‘ng darhol suvga 
solmang.
Pechda yog‘ni dog‘lamang, chunki yog‘ haroratini boshqarib bo‘lmay qolishi mumkin. 
Natijada yog‘ toshib ketishi mumkin.

Mikroto‘lqinli pechga oid ehtiyot choralari

Faqat mikroto‘lqinda ishlatish mumkin bo‘lgan idish-tovoq ishlating. Metall idishlar, oltin 
yoki kumush qoplangan oshxona idishlari, shampurlar kabilardan foydalanmang. 
O‘ralgan simlarni olib tashlang. Uchqun chiqishi mumkin.
Qog‘oz yoki kiyimlarni quritish uchun pechdan foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib yoki kuyb ketmasligi uchun 
vaqtni qisqartiring.
Elektr shnuri va vilkasini suv hamda issiqlik manbalarida uzoqda tuting.
Yorilmasligi uchun xom tuxum yoki qaynatilgan tuxumlarni isitmang. Zich yopilgan yoki 
vakuumdagi idishlar, yong‘oq, pomidor va hokazolarni isitmang.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib qo'ymang. Yong‘in chiqish 
xavfi vujudga keladi. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik tarzda o‘chishi mumkin va 
u yetarli darajada soviginicha o'chiq holda qoladi.
Idishlarni olayotgan doim pech qo‘lqoplaridan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring va kuchli qaynashning oldini olish 
uchun pech o'chganidan keyin kamida 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish uchun pechdan 
uzatilgan qo'l masofasida turish kerak.

Umumiy xavfsizlik

Har qanday o‘zgartirish yoki ta’mirlashni malakali mutaxassis amalga oshirishi kerak.
Germetik konteynerdagi ovqat yoki suyuqlikni mikroto‘lqin funksiyasida isitmang.
Pechni tozalash uchun benzol, suyultirgich, spirt, bug‘ yoki yuqori bosimli 
tozalagichlardan foydalanmang.
Pechni bunday joylarga o‘rnatmang: issiqlik manbalari yoki yonuvchan materiallar 
yaqinida, nam, yog‘li, chang yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv 
ta’siri ostidagi joylar; gaz sizib chiqishi mumkin bo‘lgan joylar; notekis sirt.
Pechni mahalliy va davlat qoidalariga muvofiq yerga to‘g‘ri ulash kerak.
Elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylaridan yot jismlarni ketkazish 
uchun muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.
Gaz sizib chiqayotgan bo‘lsa (propan, siqilgan gaz va hokazo), darhol xonani 
shamollating. Elektr shnuriga tegmang.
Elektr shnuriga ho‘l qo‘lingiz bilan tegmang.
Pech ishlab turganida uning elektr manbaiga ulash vilkasini sug‘urib olmang.
Barmog‘ingizni yoki yot jismlarni tiqmang. Pechga yot jismlar kirib qolsa, tokdan 
sug‘uring va mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Pechga nisbatan kuch ishlatmang yoki ta’sir o‘tkazmang.
Pechni nozik buyumlar ustiga qo‘ymang.
Elektr tarmog‘idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining qurilmaning texnik 
xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.
Vilkani rozetkaga mahkam tiqing. Bir nechta vilkali adapter, uzaytirgich yoki 
transformatorlardan foydalanmang.
Elektr shnurini metal buyumlarga ilib qo‘ymang. Shnur buyumlarning orasidan yoki 
pechning orqasidan o‘tsin.
Shikastlangan vilka, elektr shnuri yoki bo‘shab qolgan rozetkadan foydalanmang. Vilka 
yoki shnur shikastlangan bo‘lsa, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat 
qiling.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pech ustiga, ichiga va eshigiga hech qanday buyum qo‘ymang.
Pech ustiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsid sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Spirt bug‘lari pechning qaynoq 
qismlariga tegishi mumkin, shu sababli tarkibida spirt bo‘lgan taom yoki ichimliklarni 
isitayotganda ehtiyot bo‘ling.

MG23K3614AK_BW_DE68-04547P-00_UZ.indd   6

2019-04-24     6:28:53

Содержание

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Samsung MG23K3614AK/BW?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"