Микроволновые печи Samsung GE83MRTQS - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

O'zbek - 39
06
TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
Oziq – ovqat
Porsiya hajmi
Quvvat
Vaqt (daq.)
Parranda
Tovuq bo'laklari
500 g (2 dona)
180 Vt
14½-15½
Butun tovuq
900 g
180 Vt
28-30
Ko'rsatmalar
Avval tovuq bo'laklarini po'stini pastga qilgan holda tekis sopol idishga
soling. Qanotchalari va oyoq uchlari kabi nozik joylarini alyumin folga
bilan o'rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring.
15-40 daqiqa kuting.
Baliq
Baliq filesi
250 g (2 dona)
400 g (4 dona)
180 Vt
6-7
12-13
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan baliqni tekis sopol idish o'rtasiga qo'ying. Ingichka
bo'laklarini qalinlarining tagiga joylashtiring. Ingichka qirralarini alyumin
folga bilan o'rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan
ag'daring. 5-15 daqiqa kuting.
Mevalar
Reza mevalar
250 g
180 Vt
6-7
Ko'rsatmalar
Mevalarni tekis doirasimon shisha (katta diametrga ega bo'lgan) idishga
yupqa qatlam qilib yoying. 5-10 daqiqa kuting.
Non
Bulochka
(har biri 50 g atrofida)
2 dona
4 dona
180 Vt
½-1
2-2½
Tost/Sendvich
250 g
180 Vt
4½-5
Nemischa non
(bug'doy + javdar uni)
500 g
180 Vt
8-10
Ko'rsatmalar
Aylanish patnisining o'rtasiga qog'ozli oshxona sochig'ining ustiga
bulochkalarni aylana qilib, nonni esa gorizontal shaklda qo'ying.
Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring.
5-20 daqiqa kuting.
GRIL
Grilning qizdiruvchi elementlari pech ichki kamerasining shipi ostida joylashgan.
Ular faqat pech eshikchasi yopilgan, patnis esa aylanayotgandagina ishlaydi.
Patnisning aylanishi taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi.
Agar gril avvaldan 3-4 daqiqa qizdirib olinsa, tayyorlanayotgan taom tezroq qizaradi.
Gril rejimi uchun oxshona anjomlari:
Tarkibida metall mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan
issiqqa chidamli idishdan foydalanish kerak. Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib
ketishi mumkin.
Gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:
Ezilgan go'shtlar, sardelkalar,
bifshtekslar, gamburgerlar, bekon bo'laklari va son go'shtlari, baliqning yupqa bo'laklari,
sendvichlar va tostlardagi gazaklarning barcha turlari.
Muhim izoh:
Agar faqat gril rejimidan foydalanilsa, grilning qizdiruvchi elementi orqa devorda
vertikal holatda emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida gorizontal holatda turganligiga
ishonch hosil qiling. Agar ko'rsatmalarda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni
yuqori polkaga joylashtirish kerakligini yodda tuting.
MIKROTO'LQIN + GRIL
Bu rejim o'zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto'lqinlar bilan ta'minlanuvchi tayyorlash
tezligini birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi yopiq va patnis aylanayotgan vaqtdagina
ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi.
Pechning bu modelida tayyorlashning uch xil birlashgan rejimi mavjud:
600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va 300 Vt + Gril.
Mikroto'lqin + gril rejimi uchun oxshona anjomlari:
Mikroto'lqinlarni o'tkazuvchi oshxona
anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi issiqqa chidamli bo'lishi kerak. Birlashgan rejimda
tarkibida metall mavjud bo'lgan oshxona anjomlaridan foydalanmang. Plastmassa idishdan
foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Mikroto'lqin + gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:
Birlashgan rejimda
tayyorlash mumkin bo'lgan taomlarga isitish va qizartirish kerak bo'lgan (masalan, pishirilgan
makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun ozgina tayyorlash vaqti talab
qilinadigan mahsulotlar kiradi. Ushbu rejimdan yana tepasida tillarang qarsillovchi qatlam hosil
bo'lsa, mazaliroq bo'ladigan taomlarning (masalan, tovuq bo'laklari, ular tayyorlash vaqtining
yarmi o'tishi bilan ag'dariladi) qalin porsiyalarini tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin.
Ko'proq ma'lumotlar olish uchun grildan foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.
Muhim izoh:
Bigalikdagi (mikroto'lqin + gril) rejimidan foydalanganda grilning qizdiruvchi
elementi orqa devorda vertikal holatda emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida gorizontal
holatda turganligiga ishonch hosil qiling. Agar ko'rsatmalarda boshqacha ko'rsatilmagan
bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish mumikin. Boshqa hollarda uni bevosita
aylanuvchi patnisga joylashtirish kerak. Quyidagi jadvaldagi ko'rsatmalarga qarang.
Agar mahsulotni har ikkala tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib qo'yish kerak.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd 39
2015-01-29 9:25:19