Pozis ШВ-120 Silver - Инструкция по эксплуатации - Страница 21

Холодильник Pozis ШВ-120 Silver - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 24
Загружаем инструкцию
background image

21

Sovutgich  (xolodilnik)  /  muzlatgich  elektr  toki  urishidan  himoya  darajasi  bo’yicha  1  toifada  bajarilgan 

hamda elektr tarmog’iga yerga himoya simi bilan ulangan ikki qutbli rozetka orqali ulanmog’i lozim.

Sovutgich (xolodilnik) / muzlatgich  zaif jimoniy, hissiy yoki aqliy qobiliyatga ega bo’lgan shaxslar (bolalarni 

ham  qo’shgan  holda)  tomonidan  yoki  ularda  bilimlar  va  tajriba  mavjud  bo’lmasa,  basharti  ular  nazorat  ostida 

bo’lishmasa  yoki  ularning  xavfsizligiga  javobgar  shaxs  tomonidan  yo’l-yo’riq  olishmagan  bo’lsa,  undaylarning 

foydalanishi uchun mo’ljallanmagan.

Tarmoqqa ulashdan avval elektr simining ko’rinadigan qismlari izolyatsiyasi shikastlanmaganmi, shuni 

tekshiring.

DIQQAT! Yong’in xavfsizligini ta’minlash maqsadida sovutgich (xolodilnik) / muzlatgichni elektr 

tarmog’iga  ulash  uchun  ko’p  o’rinli  (ikki  yoki  undan  ortiq  ulash  joyiga  ega  bo’lgan)  rozetkalardan, 

perexodniklardan, uzaytiruvchi shnurlardan foydalanish taqiqlanadi.

Foydalanish  paytida  elektr  simlarining  qutiga  (korpusga)  qisqa  tutashuvi  alomatlari  (metall  qismlariga 

tegib ketgan chog’da chimdib olish) yuzaga kelgan chog’da  asbobni zudlik bilan tarmoqdan uzing (o’chiring) va 

xizmat ko’rsatish tashkiloti mexanigini chaqiring.

Bir  vaqtning  o’zida  sovutgich  (xolodilnik)  /  muzlatgichga  hamda  yerga  tabiiy  ravishda  ulangan 

qurilmalarga (gaz plitalari, isistish radiatorlari, vodoprovod kranlari va h.k.) qo’l tekkizish taqiqlanadi.

Sovutgich  (xolodilnik)  /  muzlatgichdan  xavflilik  darajasi  yuqori  bo’lgan  xonalarda,  basharti  u  quyidagi 

sharoitlarning birortasining mavjudligi bilan tavsiflanadigan bo’lsa, taqiqlanadi: 

a) o’ta namchil yoki tok o’tkazuvchi changlar (xona ichida havoning nisbiy namligi 75% dan ortiq bo’lsa,

qachonki devorlar, pol, shift hamda xona ichidagi jihozlar nam bilan qoplangan bo’lsa);

b) kimyoviy faol muhitda (ichida doimo yoki uzoq muddat bug’lar mavjud bo’lgan yoki elektr uskunasining

izolyatsiyasi va tok o’tkazuvchi qismlariga yemiruvchi ta’sir o’tkazuvchi cho’kindilar hosil bo’layotgan xonalarga);

v) tok o’tkazuvchi (metall, tuproq, temirbeton va h.k.) pollar.

Sovutgich (xolodilnik) / muzlatgichdan foydalanish jarayonida erigan suvlar tashlab yuboriluvchi tizimning 

sozligini  jiddiy  kuzatib  boring,  tizimning  ifloslanishiga  yo’l  qo’ymang.  Sovutgich  (xolodilnik)  /  muzlatgichdan 

erigan  suv  to’planadigan  idishsiz  foydalanishga  yo’l  qo’yilmaydi.  Yersh  tizim  ifloslangan  taqdirda  uni  tozalash 

uchun mo’ljallangan.

Sovutgich  (xolodilnik)  /  muzlatgichdan  foydalanish  yoki  uni  tozalash  jarayonida  kompressorga  ishga 

tushirishdan  himoya  relesiga  va  tok  o’tkazuvchi  qismlariga  namlik  tegishiga  yo’l  qo’yilmaydi.  Agar  sovutgich 

ko’rsatib o’tilgan qismlariga namlik tasodifan tegib ketsa, vilkani rozetkadan sug’urib olib, (xolodilnik) / muzlatgichni 

darhol  o’chiring.  Namlikni  mayin  mato  bilan  artib  oling,  so’ngra  namlikning  uzil-kesil  qurishiga  imkon  bering. 

Asbobni elektr tarmog’iga, faqat namlik to’la qurib bitgach ulash mumkin.

DIQQAT!  Sovutgich  (xolodilnik)  /  muzlatgichda  ozroq  miqdorda  R600a  xladagenti 

mavjud,  u  atrof-muhitni  ifloslantirmaydigan,  biroq  tezda  alanga  oluvchi  tabiiy  gazni 

o’zida ifoda etadi. SHu boisdan sovutgich (xolodilnik) / muzlatgichni transportda tashish 

va  o’rnatish  chog’ida  xladagent  aylanuvchi  konturlarning  elementlaridan  birortasi  ham 

shikastlanmasligini  nazorat  qiling.  Bunday  shikastlanishlar  mavjud  bo’lgan  taqdirda, 

sovutgich (xolodilnik) / muzlatgich turgan xonada, toki mazkur xona shamollatilmagunga 

qadar  ochiq  olovdan  yoki  boshqa  alangalanish  manbalaridan  foydalanish  joiz  emas. 

Sotish,  boshqa  egaga  yoki  utilizatsiyaga  topshirish  chog’ida,  sovutgich  (xolodilnik)ga 

R600a xladagenti joylanganligidan xabardor qiling.

Sovutgich (xolodilnik) / muzlatgich kamerasining ichida eektr asboblaridan foydalanmang. 

Sovutgich (xolodilnik) / muzlatgichnining ichki va sirtqi taraflarini tozalash, muzlatish kamerasini eritish, 

uskunani boshqa joyga ko’chirish, ostidagi polni yuvish, nosozliklarini bartaraf etish paytida elektr tarmog’idan 

uzib qo’ying.

Sovutgich (xolodilnik) / muzlatgichnini ko’chirishni yengillashtirish maqsadida tuzilishida (konstruksiyasida) 

g’ildirakli  tirgaklar  ko’zda  tutilgan.  Sovutgich  (xolodilnik)  /  muzlatgichnining  joyini  boshqa  joyga  o’zgartirish 

chog’ida, tirgaklar polga tegmasligi uchun, uning old qismini sal ko’taring va sovutgich (xolodilnik) / muzlatgichni 

g’ildiraklarida  harakatlantiring.  Boshqa  joyga  o’tkazish  chog’ida  ehtiyot  bo’ling,  pol  usti  qoplamalarining  ayrim 

turlari, ayniqsa yumshoq va relef yuzalar shitkastlanishi mumkin. Sovutgich (xolodilnik) / muzlatgichni javonining 

orqa  devorida  joylashgan  kondensatoridan  ushlab  siljitish  qat’iyan  taqiqlanadi.  Bu  ishlatish  qoidalariga  xilof 

hisoblanadi va sovutgich (xolodilnik) / muzlatgichning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Sovutgich  (xolodilnik)  /  muzlatgichning  xizmat  qilish  muddati  o’tganidan  so’ng  ishlab  chiqaruvchi 

mahsulotning  xavfsiz  ishlashiga  javob  bermaydi.  Materiallarning  tabiiy  eskirishi  va  butlovchi  qismlarning 

yemirilishi natijasida tok urishi va yong’in xavfi vaziyatlarining yuzaga kelishi ehtimoli ortadi.

Texnika xavfsizligi yuzasidan talablar

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Pozis ШВ-120 Silver?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"