Candy CCRN 6200 S - Инструкция по эксплуатации - Страница 14

Холодильник Candy CCRN 6200 S - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 20
Загружаем инструкцию
background image

UZ

14

OGOHLANTIRISH

Uskunadan birinchi bor foydalanishdan oldin

Moʻljallanayotgan foydalanish: Ushbu uskuna faqatgina quruq, usti yopiq maishiy sharoitlarda foydalanish uchungina loyihalangan. Boshqa 

turdagi  foydalanish  koʻzda  tutilmagan  foydalanish  deb  hisoblanadi  va  u  jarohatlanishga  olib  kelishi  mumkin,  bu  esa  ishlab  chiqaruvchini 

javobgarlikdan ozod etadi.

Nima qilish lozim ...

 Shtepsel vilkasi sovutkich ostidagi joyda chegaralanib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

 Sovutkichni oʻchirayotganda va yoqayotganda kabelni emas, vilkani ushlang.

 Sovutkichni joydan-joyga surayotganda elektr ta’minot shnuri ustidan yurilmasligiga hamda unga zarar yetkazilmasligiga ahamiyat bering.

 Shtepsel vilkasiga zarar yetmaganligiga ishonch hosil qiling, agar shunday boʻlsa, imkon qadar elektr ta’minotini oʻchiring shtepsel vilkasini 

ehtiyotkorlik bilan uzib qoʻying, shuningdek uni almashtirish uchun avtorizatsiyalangan servis markazi mutaxassisi bilan maslahatlashing.

 Sovutkich yon-atrofida gaz yoki boshqa yonuvchi gaz sizib chiqish manbaalari yoʻqligiga ishonch hochil qiling. Gaz sizib chiqishi mavjud 

boʻlsa, gaz chiqishini toʻxtatish uchun klapanni oʻchiring; eshik va oynalarnioching, lekin sovutkich yoki boshqa har qanday uskunalarning elektr 

ta’minot shnurlarini yoqmang hamda oʻchirmang. 

 Sovutkichni tozalash va unga xizmat koʻrsatish uchun uni elektr ta’minotidan uzib qoʻying.

  Sovutkich  eshikchasini  dastasidan  ushlab  oching,  eshikchalar  orasidagi  masofa  juda  tor  boʻlishiga  ahamiyat  bering,  shuning  uchun 

barmoqlar tiqilib qolishidan ehtiyot boʻling.

 Sovutkichni oʻchirgandan soʻng, uni takroran yoqish uchun kamida 5 daqiqa qoldiring, chunki tez-tez qayta oʻchirib-yoqish kompressorga 

zarar yetkazishi mumkin.

 

DIQQAT! 

Uskunaning korpusidagi yoki oʻrnatiladigan konstruksiyadagi ventilatsiya teshiklarini toʻsib qoʻymang.

  Sovutkichni  utilizatsiya  qilishda,  bolalarning  tasodifan  uning  ichiga  qamalib  qolishini  oldini  olish  maqsadida,  sovutkichning  eshiklarini 

yechib qoʻying, eshikning zichlashtirigichlarini, tokchalarni olib tashlang, ularni kerakli joyga joylashtiring.

 Ushbu uskunadan 8 yosh va undan katta bolalar, jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan odamlar, shuningdek ularning tajribasi 

va bilimlari boʻlmagan holda – ularni uskunadan xavfsiz tarzda va uchrashi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni tushunish nuqtai-nazaridan nazorat 

qilib yoki yoʻriq koʻrsatib turilsalar – foydalanishlari mumkin.

 Sovutkich yaxshi shamollatiladigan xonada joylashtirilishi lozim. Sovutkichning ustidan kamida 20 sm va yon-atrofida kamida 15 sm joy 

boʻlishiga ishonch hosil qiling.

 Sovutkich va gaz trubasi orasida minimal masofa 15 sm, ular bir-biriga tegib turishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 Sovutkich qurilmasi shunday joylashtirilishi kerakki, shtepsel rozetkasiga qoʻl yetishi mumkin boʻlsin.

Nima qilish lozim emas ...

 Sovutkich 220–240 V kuchlanishli 50 Gs chastotali oʻzgaruvchi tok elektr tarmogʻidan ishlaydi. Notoʻgʻri kuchlanishga ulanganda sovutkich 

ishga tushmasligi, harorat rostlagichi, kompressorga zarar yetishi, kompressor ishlashida nome’yoriy shovqin paydo boʻlishi mumkin. Zaruriyat 

boʻlsa avtomatik kuchlanish stabilizatorini oʻrnating.

  Sovutkich uchun ishonchli yerga ulanish zanjiriga ega boʻlgan maxsus rozetka zarur. Sovutkichning kuchlarish kabeli 3 simli (yerga ulanish 

bilan)  shtepsel  vilkasi  bilan  jihozlangan,  u  3  simli  (yerga  ulanish  bilan)  standart  rozetkaga  mos  keladi.  Hyech  qachon  uchinchi  kontakt  (yerga 

ulanish) simini kesib tashlamang yoki ajratib olmang. Sovutkich oʻrnatilgandan keyin vilka qoʻl yetadigan joyda boʻlishi kerak. 

  Hyech  qachon  sovutkich  ichida  oson  alangalanuvchi,  portlash  xavfiga  ega  boʻlgan  yoki  korroziya  jihatdan  faol  boʻlgan  moddalarni 

saqlamang.

 Sovutkich ichida tibbiy dori vositalarini, bakteriologik yoki kimyoviy moddalarni saqlamang. Ushbu sovutkich maishiy elektr uskunasi 

hisoblanadi.  Uning  ichiga  qat’iy  harorat  sharoitida  saqlanishi  talab  etiladigan  materiallarni  joylashtirish  tavsiya 

etilmaydi. 

  Yongʻin  kelib  chiqishini  oldini  olish  maqsadida  sovutkichning  bevosita  yaqinida  benzin  yoki  boshqa  oson 

alangalanuvchi moddalarni saqlamang va ulardan foydalanmang.

  Yuqorida  joylashgan  predmetlarning  qulashi  natijasida  tan  jarohat  yetkazilishining  oldini  olish  maqsadida, 

nobarqaror predmetlarni (ogʻir obyektlarni, suyuqlik solingan idishlarni) sovutkichning ustki qismiga qoʻymang.

  Sovutkich  eshigiga  yoki  butilkalar  ushlab  turgichiga  osilmang.  Eshik  vertikal  holatdan  siljib  qolishi  mumkin, 

butilkalar ushlab turgichi sugʻurilib ketishi yoki sovutkich agʻdarilib ketishi mumkin.

  Mahsulotlar  va  ichimliklarni  sovutkichga  solayotganda  va  undan  olayotganda  muzlatish  kamerasi  eshigini, 

tokchalarni yoki uning korpusini bosmang.

 Sovutkich ishlayotgan vaqtda muzlatish kamerasining ichki yuzasiga qoʻl bilan tegmang, ayniqsa qoʻllaringiz nam 

boʻlsa, chunki qoʻllaringiz yuzaga muzlab yopishib qolishi mumkin. 

  Sovutkichning  elektr  izolatsiyasi  himoyalanganligini  ta’minlash  uchun  sovutkichni  tozalayotganda  unga  suv 

sepmang  va  suv  bilan  yuvmang,  sovutkichni  nam  joyda  yoki  suv  quyilib  ketishi  mumkin  boʻlgan  joyda  saqlamang. 

Sachragan suvlarni va dogʻlarini toza yumshoq mato bilan tozalab tashlang va quriting.

  Sovutkichni  ta’mirlash,  boʻlaklarga  ajratish  va  unga  oʻzgartirishlar  kiritish  ishlari  ixtisoslashgan  servis  markazi  mutaxassisi  tomonidan 

bajarilishi lozim.

  Sovutkichni  har  qanday  keskin  yoki  qoʻpol  harakatlantirilishi  uning  sovutuvchi  naychalariga  zarar  yetkazishi  mumkin.  Natijada  mulk 

yoʻqotilishi yoki tan jarohati yetishi mumkin. 

 Goʻdaklarga va bolalarga muzlatish kameralari ichiga kirib olishiga yoʻl qoʻymang.

 

DIQQAT! 

Elektr asboblarini mahsulotlarni saqlash boʻlmalarida saqlamang, ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan holatlar bundan 

mustasno.

 

DIQQAT! 

Tizimda  yuqori  bosim  ostidagi  xladagent  mavjud.  Tizimni  ochmang.  Xizmat  koʻrsatish  faqat  ixtisoslashgan  servis  markazi 

mutaxassisi tomonidan bajarilishi lozim.

 DIQQAT! 

Xladagent konturiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymang.

  Sovutkichning  ichki  qismlarini  quritish  uchun  sochni  quritish  uchun  moʻljallangan  fendan  foydalanmang.  Hidlarni  yoʻqotish  uchun 

sovutkich ichiga yonayotgan shamlarni joylashtirmang. 

  Sovutkichni  har  qanday  keskin  yoki  qoʻpol  harakatlantirilishi  uning  sovutuvchi  naychalariga  zarar  yetkazishi  mumkin.  Natijada  mulk 

yoʻqotilishi yoki tan jarohati yetishi mumkin. 

 Goʻdaklarga va bolalarga muzlatish kameralari ichiga kirib olishiga yoʻl qoʻymang.

 

DIQQAT! 

Elektr asboblarini mahsulotlarni saqlash boʻlmalarida saqlamang, ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan holatlar bundan 

mustasno.

 

DIQQAT! 

Tizimda  yuqori  bosim  ostidagi  xladagent  mavjud.  Tizimni  ochmang.  Xizmat  koʻrsatish  faqat  ixtisoslashgan  servis  markazi 

mutaxassisi tomonidan bajarilishi lozim.

 DIQQAT! 

Xladagent konturiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymang.

  Sovutkichning  ichki  qismlarini  quritish  uchun  sochni  quritish  uchun  moʻljallangan  fendan  foydalanmang.  Hidlarni  yoʻqotish  uchun 

sovutkich ichiga yonayotgan shamlarni joylashtirmang. 

 Uchuvchan substansiyalarni, shu jumladan har qanday insektitsidlarni uskuna yuzalariga sepmang

 Sovutkich eshiklarini faqatgina eshik harakatlanish radiusida bolalar boʻlmagan vaqtdagina oching yoki yoping.

 Ushbu uskunadan jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan odamlar (shu jumladan bolalar), yoki ularning tajribasi va bilimlari 

boʻlmaganligi sababli – ularni uskunadan xavfsiz tarzda va uchrashi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni tushunish nuqtai-nazaridan nazorat qilib yoki 

yoʻriq koʻrsatib turilmasalar – foydalanishlari mumkin emas.

  Kompressorning  haddan  ortiq  uzoq  vaqt  mobaynida  ishlashini  yoki  mahsulotlarning  tushib  ketishini  oldini  olish  maqsadida,  muzlatish 

kamerasida haddan ziyod koʻp mahsulot saqlamang. Yashiklarni yuklash chizigʻidan oshirib yuborish tavsiya etilmaydi. Mahsulotlarning umumiy 

ogʻirligi 30 kg dan oshmasligi kerak. Mahsulotlarning polga tushib ketishini oldini olish maqsadida, muzlatkich kamerasini haddan tashqari kuchli 

tarzda yoki burchak ostida ochmang.

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Candy CCRN 6200 S?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"