Candy CCRN 6180W - Инструкция по эксплуатации - Страница 21

Холодильник Candy CCRN 6180W - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 28
Загружаем инструкцию
background image

UZ

21

OGOHLANTIRISH

hisoblanadi.  Uning  ichiga  qat’iy  harorat  sharoitida  saqlanishi  talab  etiladigan  materiallarni  joylashtirish  tavsiya 

etilmaydi. 

  Yongʻin  kelib  chiqishini  oldini  olish  maqsadida  sovutkichning  bevosita  yaqinida  benzin  yoki  boshqa  oson 

alangalanuvchi moddalarni saqlamang va ulardan foydalanmang.

  Yuqorida  joylashgan  predmetlarning  qulashi  natijasida  tan  jarohat  yetkazilishining  oldini  olish  maqsadida, 

nobarqaror predmetlarni (ogʻir obyektlarni, suyuqlik solingan idishlarni) sovutkichning ustki qismiga qoʻymang.

  Sovutkich  eshigiga  yoki  butilkalar  ushlab  turgichiga  osilmang.  Eshik  vertikal  holatdan  siljib  qolishi  mumkin, 

butilkalar ushlab turgichi sugʻurilib ketishi yoki sovutkich agʻdarilib ketishi mumkin.

  Mahsulotlar  va  ichimliklarni  sovutkichga  solayotganda  va  undan  olayotganda  muzlatish  kamerasi  eshigini, 

tokchalarni yoki uning korpusini bosmang.

 Sovutkich ishlayotgan vaqtda muzlatish kamerasining ichki yuzasiga qoʻl bilan tegmang, ayniqsa qoʻllaringiz nam 

boʻlsa, chunki qoʻllaringiz yuzaga muzlab yopishib qolishi mumkin. 

  Sovutkichning  elektr  izolatsiyasi  himoyalanganligini  ta’minlash  uchun  sovutkichni  tozalayotganda  unga  suv 

sepmang  va  suv  bilan  yuvmang,  sovutkichni  nam  joyda  yoki  suv  quyilib  ketishi  mumkin  boʻlgan  joyda  saqlamang. 

Sachragan suvlarni va dogʻlarini toza yumshoq mato bilan tozalab tashlang va quriting.

  Sovutkichni  ta’mirlash,  boʻlaklarga  ajratish  va  unga  oʻzgartirishlar  kiritish  ishlari  ixtisoslashgan  servis  markazi  mutaxassisi  tomonidan 

bajarilishi lozim.

  Sovutkichni  har  qanday  keskin  yoki  qoʻpol  harakatlantirilishi  uning  sovutuvchi  naychalariga  zarar  yetkazishi  mumkin.  Natijada  mulk 

yoʻqotilishi yoki tan jarohati yetishi mumkin. 

 Goʻdaklarga va bolalarga muzlatish kameralari ichiga kirib olishiga yoʻl qoʻymang.

 

DIQQAT! 

Elektr asboblarini mahsulotlarni saqlash boʻlmalarida saqlamang, ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan holatlar bundan 

mustasno.

 

DIQQAT! 

Tizimda  yuqori  bosim  ostidagi  xladagent  mavjud.  Tizimni  ochmang.  Xizmat  koʻrsatish  faqat  ixtisoslashgan  servis  markazi 

mutaxassisi tomonidan bajarilishi lozim.

 DIQQAT! 

Xladagent konturiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymang.

  Sovutkichning  ichki  qismlarini  quritish  uchun  sochni  quritish  uchun  moʻljallangan  fendan  foydalanmang.  Hidlarni  yoʻqotish  uchun 

sovutkich ichiga yonayotgan shamlarni joylashtirmang. 

 Uchuvchan substansiyalarni, shu jumladan har qanday insektitsidlarni uskuna yuzalariga sepmang

 Sovutkich eshiklarini faqatgina eshik harakatlanish radiusida bolalar boʻlmagan vaqtdagina oching yoki yoping.

 Ushbu uskunadan jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan odamlar (shu jumladan bolalar), yoki ularning tajribasi va bilimlari 

boʻlmaganligi sababli – ularni uskunadan xavfsiz tarzda va uchrashi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni tushunish nuqtai-nazaridan nazorat qilib yoki 

yoʻriq koʻrsatib turilmasalar – foydalanishlari mumkin emas.

  Kompressorning  haddan  ortiq  uzoq  vaqt  mobaynida  ishlashini  yoki  mahsulotlarning  tushib  ketishini  oldini  olish  maqsadida,  muzlatish 

kamerasida haddan ziyod koʻp mahsulot saqlamang. Yashiklarni yuklash chizigʻidan oshirib yuborish tavsiya etilmaydi. Mahsulotlarning umumiy 

ogʻirligi 30 kg dan oshmasligi kerak. Mahsulotlarning polga tushib ketishini oldini olish maqsadida, muzlatkich kamerasini haddan tashqari kuchli 

tarzda yoki burchak ostida ochmang.

 DIQQAT! 

Muzdan tushirish jarayonini tezlashtirish uchun mexanik asboblardan yoki boshqa uslublardan foydalanmang, ishlab chiqaruvchi 

tomonidan tavsiya etilgan holatlar bundan mustasno

 Sovutkich uskunasi ichida portlash xavfi boʻlgan obyektlarni, xususan ichida alangalanuvchi moddasi boʻlgan aerozol ballonlarini yigʻmang 

va saqlamang.

  Sovutkichning  ichidagi  yoritish  tizimida  biror-bir  muammo  yuzaga  kelsa,  muammoni  bartaraf  etish  uchun  bizning  ixtisoslashgan  servis 

xizmatimiz bilan bogʻlaning, uni almashtirish ishlarini mustaqil ravishda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Mahsulotlarni sovutkichda saqlash boʻyicha maslahatlar

 Issiq mahsulotlarni sovutkichda saqlash uchun joylashtirishdan oldin ular xona harorati darajasigacha sovutilishi lozim.

 Oziq-ovqat mahsulotlarini sovutkichga joylashtirishdan oldin ularni yuving yoki tozalang va ulardagi barcha suv tomchilarini quriting.

 Sovutkichda saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari germetik ravishda yopilgan boʻlishi kerak. Bu mahsulotlardan namlik bugʻlanib chiqib 

ketishini va oʻz oʻrnida ularning aynishini oldini oladi.

 Saqlanadigan mahsulotlar turiga qarab ajratilishi lozim. Kundalik iste’mol qilinadigan mahsulotlar tokchalarning oldi qismida joylashtirilishi 

lozim. Bu holat sovutkich eshigini zaruriyatsiz ochib turilishi holatlarini oldini oladi, shuningdek  mahsulotlarni iste’mol qilishni yoddan chiqarib 

ularning yaroqlilik muddat oʻtib aynib qolishini oldini olishga yordam beradi.

 Sovutkichning ichki plastigiga zarar yetishining oldini olish maqsadida, mahsulotlarni imkon qadar sovutkichning ichki devorlaridan biroz 

uzoqroq masofada joylashtiring.

 Sovutkichni haddan ziyod koʻp mahsulotlar bilan toʻldirib yuborish tavsiya etilmaydi. Mahsulotlar orasida ozgina masofa boʻlishi lozim, bu 

sovuq havoning mahsulotlarni bir tekisda qamrab olishiga va saqlashda eng maqbul natijalarga erishishga imkoniyat beradi.

  Yuqori  namlikka  ega  boʻlgan  mahsulotlarning  sovutkichning  ichki  devorlariga  tegib  turgan  holatda  saqlamang.  Aks  holda  mahsulotlar 

sovutkich devoriga muzlab yopishib qolishi mumkin. Mahsulotlarni sovutkichning ichki devoridan biroz uzoqroq masofada joylashtiring.

 Mahsulotlarning (ayniqsa tarkibida yogʻ boʻlgan mahsulotlarning) sovutkichning ichki devoriga tegib turishidan saqlaning, chunki ayrim 

turdagi yogʻlar plastikka zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun yogʻsimon ifloslanishlar aniqlansa, ularni tozalab tashlagan yaxshi.

 Muzlagan mahsulotlarni sovutkich boʻlmasida muzidan tushiring. Siz muzlagan mahsulotlarni sovutkichning haroratini pasaytirish uchun 

sovutkichda saqlashingiz mumkin va bu bilan energiya tejalishiga yordam berishingiz mumkin.

 Ayrim sabzavotlar, masalan, piyoz, sarimsoq, zanjabil (imbir) suv yongʻogʻi va boshqa ildizpoyali sabzavotlar uzoq vaqt davomida oddiy 

haroratda saqlanishi mumkin. Ularni sovutkichda saqlash zaruriyati yoʻq.

  Koboqchalar,  qovun,  papayya,  banan,  ananaslarning  metabolizmi  sovutkichda  kuchayishi  mumkin,  shuning  uchun  ularni  sovutkichda 

saqlash tavsiya etilmaydi. Yashil mahsulotlarning ma’lum bir muddat sovutkichda saqlanishi ularning pishishini tezlashtirishi mumkin.

 Kichik porsiyalarga kesilgan mahsulotlar tezroq soviydi va ularni muzidan tushirish va tayyorlash ham osonroq boʻladi. Har bir porsiyaning 

tavsiya etiladigan ogʻirligi 2,5 kg dan kamroq boʻlishi tavsiya etiladi.

  Mahsulotlarni  muzlatish  kamerasiga  joylashtirishdan  oldin  ularni  oʻrab  olgan  yaxshi.  Oʻramning  tashqi  tomoni  quruq  boʻlishi  kerak, 

shuningdek oʻramlarning bir-biriga yopishib qolmasligiga harakat qiling. Oʻrash materiali hidsiz, havosiz, zaharli boʻlmasligi 

va notoksik boʻlishi lozim.

 Haddan tashqari koʻp miqdorda sarhil mahsulotlarni muzlatkichga joylashtirmang.

Energiyani tejash boʻyicha maslahatlar

 Ushbu uskuna maishiy va shunga yaqin boʻlgan sharoitlarda foydalanishga moʻljallangan:

- doʻkonlar, ofislar va boshqa ishlab chiqarish sharoitlarida xodimlar uchun oshxona zonalarida;

-  fermerlik  inshootlarida  va  mehmonxonalarda,  motellar  va  turar-joy  turidagi  boshqa  infrastrukturalarda  mijozlar 

uchun;

- «yashab turish va nonushta» rejimidagi pansionlar sharoitida:

- savdo bilan bogʻliq boʻlmagan sharoitlardagi umumiy ovqatlanish va shunga oʻxshash tarmoqlarda.

 Uskunani salqin, quruq, yetarlicha shamollatiladigan xonada joylashtiring. Ventilatsiya teshiklarini yopib qoʻymang.

 Uskunaning hyech qaysi ventilatsiya teshiklarini va panjaralarini hyech qachon toʻsib quymang.

 Uskuna eshigini mahsulotlarni joylashtirish yoki sovutkichdan chiqarish uchun juda uzoq muddatga ochib turmang. Eshikni ochib turish 

vaqti qanchalik qisqa boʻlsa, muzlatish kamerasida shunchalik kam muz hosil boʻladi.

 Harorat koʻrsatkichini zaruriysidan past boʻlgan holatga oʻrnatmang.

 Sovutkichning asos qismida va uning yon devorlarida havo oʻtishi uchun yetarli joy boʻlishini ta’minlang.

 Oʻrnatayotganda sovutkichning oʻng, chap, orqa va yuqorigi qismida masofa qoldiring. Bu energiya sarfini kamaytiradi va sizning elektr 

quvvati uchun xarajatlaringizni kamaytiradi.

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Candy CCRN 6180W?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"