Варочная панель Samsung NZ64H37075K - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

16
_Plitani o'rnatish
Plitani o'rnatish
Jihoz malakali mutaxassis texnik tomonidan o'rnatilgan va
yerga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Mazkur ko'rsatmaga amal qiling. Kafolat noto'g'ri o'rnatish
natijasida yuzaga kelgan har qanday shikastni qamrab
olmaydi.
Jihozning texnik xarakteristikalari qo'llanma oxirida berilgan.
O'rnatuvchi mutaxassis uchun xavfsizlik yo'riqlari
OGOHLANTIRISH
• Jihoz shunday holatda joylashtirilishi kerakki, uni quvvat ta'minotidan
uzish o'ng'ay bo'lsin, kontakt ochiqligi kengligi esa kamida 3 mm
bo'lishi lozim. Tarmoq himoyasi uchun quyidagi izolyatsiya qurilmalari
ishlatiladi: avtomatik uzgichlar, eruvchi saqlagichlar (burab qotiriladigan
tipdagi saqlagichlar tutqichdan olib tashlanishi lozim), yerga tutashtirish
uzgichlari va almashlab ulagichlar.
• Yong'in chiqishidan himoya nuqtai nazardan mazkur jihoz
EN60335-2-6 standartiga javob beradi. Bu turdagi jihozlarni baland
shkaf yoki devor yonida o'rnatish mumkin.
• Plita tagida tortmalarni o'lchamga moslash shart emas.
• Jihozni o'rnatishda elektr toki urishidan himoyani ta'minlash zarur.
• Plita o'rnatiladigan oshxona korpusi DIN 68930 standarti
mustahkamlik va barqarorlik talablariga javob berishi kerak.
• Namlikdan himoyalash uchun barcha kesilgan joylar mos germetik
vosita bilan zichlanishi kerak.
• Agar jihoz qurilish plitachalari terilgan joyga qo'yiladigan bo'lsa,
plitachalar o'rtasidagi yoriq joylar sement qorishma bilan to'ldirilib
chiqilishi kerak.
• Jihoz qo'yiladigan yuzadagi zichlash materiali yaxshi o'rnashganligi,
bo'shliqlar yo'qligiga ishonch hosil qiling. Qo'shimcha silikon
germetikadan foydalanish mumkin emas, chunki texnik xizmat
ko'rsatish kerak bo'lganda, jihozni demontaj qilish ishini qiyinlashtiradi.













