LG 50UR91006LA - Инструкция по эксплуатации - Страница 46

Телевизоры LG 50UR91006LA - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 52
Загружаем инструкцию
background image

4

O‘rnatish

Televizorni ko’tarish va siljitish

Iltimos, televizorning turi va hajmidan qat’iy nazar televizorning tirnalishi 

yoki unga zarar yetishi xavfining oldini olish va uni xavfsiz tarzda 

tashish uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling.

 

Televizorni u dastlab olib kelingan quti yoki o’ramda siljitish tavsiya 

qilinadi.

 

Televizorni siljitish yoki ko’tarishdan avval undagi quvvat manbaiga 

ulash shnuri va barcha kabellarni uzib qo’ying.

 

Televizorni ushlab turganda unga zarar yetishining oldini olish 

uchun uning ekrani sizga teskari holda bo’lishi kerak.

 

Televizor korpusining yuqori va quyi qismlarini mahkam ushlang. 

Shaffof qismi, dinamik yoki dinamikning to’rli qismidan ushlab 

olmaganligingizga ishonch hosil qiling.

 

Katta televizorlarni tashish uchun kamida ikki kishi bo’lishi kerak.

 

Televizorni tashish vaqtida uni zarbalar yoki ortiqcha tebranishlar 

ta’sirida qoldirmang.

 

Televizorni tashish vaqtida uni vertikal holatda ushlang, hech 

qachon televizorni yon tomonga burmang va chapga yoki o’ngga 

qiyalatmang.

 

Rama shassilarining bukilishi/egilishiga olib keluvchi ortiqcha 

bosim ishlatmang, chunki bu ekranga zarar yetkazishi mumkin.

 

Televizor bilan muomala qilganda bo‘rtib turgan tugmalarni 

shikastlamaslik uchun ehtiyot bo‘ling.

 

Hamma vaqt ekranga tegib turishdan saqlaning, chunki bu ekran 

buzlilishiga olib kelishi mumkin.

 

Tayanchni TVga mahkamlashda ekranni tirnalishlardan himoya 

qilish uchun ekranni yumshoq stol yoki tekis yuzaga qaratgan 

holda qo’ying.

Stol ustiga o’rnatish

1  Televizorni ko’taring va uni vertikal holatga keltirgan holda stol 

ustiga qo’ying.

• 

Yetarlicha havo aylanib turishi uchun devor bilan televizor orasida 

(eng kamida) 10 sm masofa qoldiring.

2  Quvvat manbai shnurini rozetkaga ulang.

 

Mahsulotni yig’ish paytida burama mix qismlariga begona 

moddalarni (moylar, moylash materiallari, va hokazolar) 

qo’llamang. (Bunday qilish mahsulotga shikast yetkazishi mumkin.)

 

Xavfsizlik va mahsulotning xizmat ko’rsatish davomiyligini 

kafolatlash uchun ruxsatnomaga ega bo’lmagan buyumlardan 

foydalanmang.

 

Ruxsat berilmagan buyumlardan foydalanish orqali yetkazilgan har 

qanday zarar yoki shikastlanishlar ishlab chiqaruvchi kafolati orqali 

qoplanmaydi.

 

Agar siz televizorni tayanchga o’rnatmoqchi bo’lsangiz, 

mahsulotning ag’darilib ketishining oldini olish bo’yicha choralar 

ko’rishingiz kerak bo’ladi. Aks holda, televizor tushib ketishi, bu esa 

shaxsiy zarar xavfiga olib kelishi mumkin.

 

Taglikni yigʻayotganda berilgan vintlarning barchasi biriktirilishi 

kerak. Agar vintlar toʻliq qotirilmasa, mahsulot egilishi yoki qulab 

tushishi, natijada unga shikast yetishi mumkin. Vintlarni ortiqcha 

kuch bilan qotirib yuborish rezbali birikmaning yeyilishi tufayli uning 

ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

TVni devorga mahkamlash

1  Teshikli boltlar yoki devorga mahkamlanadigan tayanch va boltlarni 

televizorning orqa paneliga kiriting va tortib mahkamlang.

• 

Agar teshikli boltlar o’rnida boltlar o’rnatilgan bo’lsa, ularni olib 

tashlang.

2  Tayanchlarni boltlar yordamida devorga o’rnating. Tayanch va 

televizor orqa panelidagi teshikli boltlarning joylashuv o’rinlarini 

moslashtiring.

3  Teshikli boltlar va tayanchlarni mustahkam bog’lagich bilan ulang. 

Bog’lagich tekis sirtda gorizontal holatda bo’lishiga ishonch hosil 

qiling.

 

Televizor mahkam turishi uchun yetarli darajada mustahkam va 

katta platforma yoki shkafdan foydalaning.

 

Tayanch moslamalar, boltlar va bog’lagichlar mahsulot bilan 

birga yetkazib berilmaydi. Qo’shimcha qurilmalar uchun mahalliy 

dileringizga murojaat qiling.

Devorga montajlash

Devorga o’rnatiladigan tayanchni televizorning orqa tarafiga ehtiyotlik 

bilan mahkamlang va uni mustahkam devorga polga perpendikulyar 

holda o’rnating. Televizorni boshqa qurilish mollariga biriktirishda 

malakali xodimga murojaat qiling. LG devorga o’rnatishni malakali 

mutaxassis tomonidan amalga oshirilishini tavsiya qiladi. Biz LGning 

devorga o’rnatish kronshteynidan foydalanishni tavsiya qilamiz. 

LG-ning devorga o’rnatish kronshteynini ulangan kabellar bilan joyini 

o’zgartirish osondir. Iltimos, LGning devorga o’rnatish kronshteynidan 

foydalanilmagan holatlarda, tashqi qurilmalarga ulanish uchun 

yetarlicha joy bilan ta’minlangan va devorga mahkam qotirilgan devor 

kronshteynidan foydalaning. Qotirilgan devorga o’rnatish kronshteynini 

o’rnatishdan oldin barcha kabellarni ulash tavsiya qilinadi.

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к LG 50UR91006LA?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"