Атлант СМА-60 У 1010-00 - Инструкция по эксплуатации - Страница 37

Стиральная машина Атлант СМА-60 У 1010-00 - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 108
Загружаем инструкцию
background image

27

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

uchun 

  tugmasini  bosish  kerak  –  tugma  indikatori  yonadi, 

tovushli signal chalinadi, eshikni qulflash qurilma ishga tushadi  va kir 
yuvish  boshlanadi.  Vaqt  indikatorida  orqaga    sanash  vaqti  kir  yuvish 
tugagunicha hisoblanadi. Kir yuvish vaqtida bajarilayotgan operatsiya 
indikatori, harorat indikatori, siqish tezligi va qo’shimcha funksiya (agar 
belgilangan bo’lsa) indikatorlari yonib turadi.

Agar “Kechiktirilgan start” (

) qo’shimcha funksiyasi tanlangan 

bo’lsa,  u  holda  vaqt  indikatorida  kir  yuvishdan  oldin  vaqt  sanog’i 
boshlanadi (vaqt ko’rsatgich miltllaydi, 

 tugmasi indikatori — yoniq). 

1.8.2

 Buyumni kraxmallashni kir yuvilgandan keyin amalga oshirish 

tavsiya etiladi. Kraxmallash uchun ishlab chiqaruvchilarning tavsiyalari 
asosida  mashinaga  taxminan  15  litr  suv  solinishini  inobatga  olgan 
holda maxsus kraxmallash vositasini suvda eritish lozim.  Kraxmallash 
uchun  suyuq  vositasini  foydalanish  qo’llanmasiga  asosan  mashina 
tog’orasiga quying (6 bo’lim). Dastani “Chayish” dasturiga o’rnating, 
zarurat bo’lganda siqish tezligini o’rnating, 

 tugmasini bosgan holda 

dasturni ishga tushiring.

DIQQAT!  Buyum  kraxmallanayotganda  unga  konditsioner 

bilan ishlov berilmagan bo’lishi kerak. 

1.9 MASHINA  ISHLAYOTGANDA TO’XTAM
1.9.1

 Mashinani dasturni bekor qilmasdan to’xtatish uchun 

 — 

tugmasini bosing va bunda ovoz chiqadi va tugma indikatori 

 

lipillaydi,  vaqt  o’tishi  o’chadi  va  kir  yuvilishi  to’xaydi,  indikatorda  “P” 
yonadi.

Agarda  aynan  o’sha  vaqtda  mashina  ichida  suv  bo’lsa,  uskuna 

eshigi  o’chadi  va  eshikni  ochsa  bo’ladi.  Mashina  ichida  suvning  ko’p 
miqdorda bo’lishida, bloklangan uskuna eshigi ochilmaydi va eshikning 
ochilishi uchun dastruni bekor qilish lozim (1.10ga qarang).

Kir  yuvilishini  davom  ettirish  uchun 

  tugmasini  bosish  lozim. 

Mashina yuvishni to’xtatilgan dasturidan davom ettiradi, bu esa yuvish 
vaqtining cho’zilishiga ham olib keladi.

Ba’zi bir dasturlarda mashinani to’xtatib bo’lmaydi, negaki, bunday 

yuvish ko’p miqdordagi suv bilan amalga oshiriladi. Bunda eshikni ochish 
lozim hamda mazkur dasturni bekor qilish lozim (1.10 ga qarang).

DIQQAT! Agar barabandagi suv hajmi oynadan ko’rinayotgan 

bo’lsa, u holda mashina eshikchasini ochmang.

1.10 DASTURNI BEKOR QILISH
1.10.1

 Bajarilayotgan dasturni bekor qilish uchun   tugmasini 3 s 

davomida bosib turish lozim – vaqt indikatorida o’chirishgacha qolgan 
vaqtning sanog’i (soniyada) boshlanadi (masalan, «3...2...1»), “OFF” 
yozuvi yonadi. So’ngra mashina to’xtatiladi va tanlangan dastur bekor 
qilinadi. Eshikchani ochish zarurati tug’ilganda, “Suvni To’kish” dasturini 
tanlab yoqib, suvni to’kishni amalga oshirish lozim.

1.11 MASHINANI O’CHIRISH
1.11.1

 Kir yuvishning oxirgi operasiyasi tugagach, vaqt indikatorida 

“End” yozuvi paydo bo’ladi, eshikchaning blokirovka moslamasi to’xtatib 
qo’yiladi, tovushli signal eshitiladi, kir yuvish operasiyalari indikatorlari 
va 

 tugmaning indikatori o’chadi.

Agar  mashina  elektr  tarmog’idan  uzilmagan  bo’lsa,  bu  holda 

tovushli  signal  bir  daqiqa  oraliq  bilan  yana  besh  marta  eshitiladi, 
kir  yuvilishi  tugagach  15  daqiqadan  so’ng  indikasiya  o’chib  va 
elektrenergiyani tejash maqsadida mashina avtomatik ravishda o’chib 
qo’ladi.

1.11.2

  Kir  yuvish  tugagach 

  tugmani  bosing  —  mashina 

o’chiriladi.  So’ngra  energiya  shnuri  vilkasini  razetkadan  chiqaring    va 
suv yetkazish kranini yoping. Eshikchani ochib kirlarni chiqaring.

2   K I R   Y U V I S H   D A S T U R L A R I

2.1

  Mashinada  1-jadvalda  kir  yuvish  asosiy  dasturlari  ko’zda 

tutilgan (Paxta, Sintetika, Aralash matolar, Jun) va maxsus (Ipak, Qo’lda 
yuvish, Juda tez kir yuvilishi 15 daq., Bolalar kiyimlari, Ko’ylaklar, Jinsilar, 
Sport    oyoq  kiyimi,  Qoramtir  narsalar,  Ustgi  kiyim,  Chayqach,  Suvni 

to’kish, Siqish) kabi dasturlari mo’ljallab qo’yilgan.

2 . 2

  M a x s u s   d a st u r l a r   y u v i l ayot g a n   b u y u m l a r   o ’ z i g a   x o s 

xususiyatlarini hisobga oladi.

«Ipak»

  —  ipakdan  to’qilgan  buyumlar,  ichki  kiyimlar,  pardalarni 

yuvish uchun dastur. Dasturda ko’zda tutilgan avaylab siqish matolarni 
gichimlanishdan asraydi.

«Qo’lda kir yuvish»

 juda yupqa va nozik gazlamalardan tikilgan, 

markasida 

  yoki 

  qarash  belgilari  mavjud  bo’lgan,  buyumlar 

uchun muljallangan.

Dastur qisqa avaylab siqish bilan tugaydi.

«Juda  tez  15  daq.»

  dasturi  tez  kam  miqdordagi  uncha  kir 

bo’lmagan  narsalarni  yuvishga  imkon  beradi,  hamda  vaqtni  va  elektr 
energiyani  tejaydi.  Mazkur  dasturni  qo’llaganda,  sovuq  suvda  har  xil 
matolardan  bo’lgan  kirlarni  (ipak  va  jundan  to’qilgan,  hamda  qo’lda 
yuviladigan buyumlardan tashqari) yuvsa bo’ladi. 

«Bolalar kiyimi»

 — bolalar kiyimi, pelonka, choyshab, sochiqlar, 

salfetkalarni va h.k. yuvish uchun dastur. Dastur kir yuvish vositalarga 
allergiyasi bo’lgan kishilarnig kiyimini yuvish uchun tavsiya etiladi. Dastur 
amalga  oshirilganda  kir  yuvish  va  chayishning  yuqori  samaradorligi 
ta’minlanadi.

Dasturni  tanlaganizda,  avtomatik  ravishda  “oldindan  kir  yuvish” 

funksiyasi yoqiladi. Uni 

 knopkani bosib uchirish mumkin.

«Ko’ylaklar»

  —  har  xil  matolardan  va  turli  ranglarda  bo’lgan 

ko’ylalk  va  bluzkalarni  yuvishi  uchun  dastur.  Dastur  narsalarning 
maksimal  saqlanishini  ta’minlaydi,  avaylab  siqish  mato  g’ijimlanishini 
kamaytiradi.

«Jinsilar» 

— jinsi matosidan tyyorlangan buyumlarni yuvish uchun 

dastur.  Kir  yuvish  jarayonida,  mato  deformatsiyalanishdan  ehtiyot 
qilinadi, gazlama aynishi va rangi o’chishining oldini olinadi.

«Qoramtir buyumlar»

 — dastur to’q rangdagi paxta va sintetik, 

alohida qarash so’ramaydigan buyumlar uchun mo’ljallangan.

«Ustki kiyim»

 — suv yuqmaydigan matolardan (poliestr, neylon) 

tayyorlangan  buyumlar,  kurtka,  yengil  kurtka,  plash,  sport  kiyimlar 
yuvishini imkon beruvchi dastur. Kir yuvish natijasi yuqori bo’lishi uchun, 
kir  yuvishdan  oldin  manjet,  yoqa  va  dog’  tegkan  joylarga  oldindan 
ishlov berilishi tavsiya etiladi. Dastur “partushak” kurtka yuvilishi uchun 
mo’ljallanmagan.

Kir  yuvilganda  konditsioner  yoki  tarkibida  konditsioner  mavjud 

bo’lgan kir yuvish vositalardan foydalanish tavsiya etilmayd.

3   M AS H I N A   I S H LAS H I   O ’ Z I GA   XOS   X U S U S I YAT LA R I 

3.1

  Mashinada  avariya  rejimida  (elektr  ta’minot  uzilganda) 

eshikchani ochish imkoniyati ko’zda tutilgan. 

Eshikchani  ochish  uchun  filtr  qopqog’ini  ochish  lozim  (4 suratga 

qarang),  fiksatorni  o’ziga  tortib  uni  tyagasini  olish  kerak.  So’ngra 
tyagani pastga tortib va bir vaqtda eshikchani ochish kerak. Eshikcha 
ochilgandan keyin fiksatorga yana tyagani bosish kerak.

tortish

4 surat

fiksator

filtr qopqog’i

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Атлант СМА-60 У 1010-00?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"