Смартфоны OPPO A74 4/128Gb (CHP2219) - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

13
O'zbekiston
Batareyani 12 soatdan ortiq quvvatlamang.
Adapter, elektr tarmogʻidan uzish qurilmasi sifatida, qurilma yaqiniga va qulay
foydalaniladigan joyga oʻrnatilishi kerak.
Elektr toki urishi, yongʻin, portlash yoki boshqa xavfli holatlarning oldini olish
uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan quvvatlash moslamasi,
maʼlumot almashish kabeli, batareya va boshqa aksessuarlardan foydalaning.
Orqa qopqoq olinmaydi.
Batareyani almashtirmang, qismlarga ajratmang, oʻzgartirmang, mexanik
ravishda siqmang yoki kesmang, chunki bu batareyaning oqishi, qizib ketishi,
portlashi yoki yonishiga olib kelishi mumkin.
Telefon yoki batareyani quyosh nuri tik tushadigan, issiqlik manbalarining
yaqiniga/ichigayoki havo bosimi past joyga qoʻymang, bu batareyaning
portlashi yoki oqib ketishiga olib kelishi mumkin.
Qurilmangizning qismlari yoki ichki platalari shikastlanmasligi uchun uni
chang, tutun, nam, iflos joylarda yoki magnit maydonlari yaqinida ishlatmang.
Agar ushbu mahsulotning biror qismi buzilgan yoki shikastlangan boʻlsa,
undan foydalanishni darhol toʻxtating va OPPO servis markaziga murojaat
qiling.
Mashina haydayotganda mobil qurilmadan foydalanishga doir barcha xavfsizlik
ogohlantirishlari va qoidalariga rioya qiling.
Portlash ehtimoli mavjud joylarda qurilmangizni oʻchirib qoʻying hamda barcha
belgi va koʻrsatmalarga amal qiling.
Batareya kamida yuzlab marta quvvatlanishi va quvvatsizlanishi mumkin,
ammo u oxir-oqibat eskiradi.
Yuqori tovush bosimi eshitish qobiliyatingizni shikastlamasligi uchun
uzoq vaqt davomida baland tovushda musiqa tinglamang.
Mahsulot dasturini yangilash paytida yoki undan keyin barcha shaxsiy
maʼlumotlar oʻchirib tashlanishi mumkin. Yangilashdan oldin shaxsiy
maʼlumotlaringizni zaxiralang.
Mazkur foydalanuvchi qoʻllanmasida mahsulotdan xavfsiz foydalanish haqida
maʼlumot berilgan. Telefondan foydalanishdan oldin Xavfsizlik qoʻllanmasi bilan
tanishib chiqing.
Bayonnoma
“Xavfsizlik qoʻllanmasida” xavfsizlik, foydalanish va mijozlarga yordam xizmati
haqida maʼlumot berilgan. OPPO smartfonini ishlatishdan oldin quyidagi
koʻrsatmalar va xavfsizlik haqidagi maʼlumotlar bilan tanishib chiqing hamda
saqlab qoʻying. Yanada batafsilroq koʻrsatmalar ushbu mahsulotda elektron fayl
shaklida saqlangan. OPPO smartfonidagi ichiga joylashtirilgan koʻrsatmalar bilan
tanishing. Eng oxirgi maʼlumotlar uchun http://www.oppo.com.
saytiga tashrif buyuring
Ehtiyot choralari va xavfsizlik haqida maʼlumot
Mazkur qurilmadan xavfsiz va toʻgʻri foydalanish uchun uni ishlatishdan oldin
barcha maʼlumotlar bilan tanishing.
Bu mobil telefon 0°C – 35°C haroratdagi muhitda foydalanishga moʻljallangan.
Saqlash harorati -20°C – 45°C boʻlishi kerak. Haddan tashqari yuqori yoki
past harorat mobil telefonni shikastlashi yoki batareyaning xizmat muddatini
qisqartirishi mumkin.
Qurilmani havo yaxshi aylanadigan joyda quvvatlang. Bu mobil telefonni
harorat 5°C va 35°C orasida boʻlgan muhitda quvvatlang. Agar telefon tezkor
quvvatlash funksiyasiga ega boʻlsa, harorat 15°C darajadan past yoki 35°C
darajadan yuqori ekanida u tezkor quvvatlash rejimiga kira olmasligi mumkin.
Характеристики
Остались вопросы?Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)