Роботы-пылесосы Samsung VR30T85513W/EV - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

O
‘zbek
O‘zbek
5
• Zaryadlash uchun faqat ishlab chiqaruvchi
tomonidan berilgan Tozalash stansiyasidan
foydalaning.
• Shikastlangan shnur yoki vilka yoki bo‘shab
qolgan rozetkadan foydalanmang.
• Shnuridan tortmang yoki sudramang,
shnurni tutqich sifatida ishlatmang, shnur
ustidan eshikni yopmang, shnurni o‘tkir
qirralar yoki burchaklar atrofiga tortmang.
Shnurni issiq buyumlardan uzoqda tuting.
• Tokni o‘tkazish sig‘imi mos kelmaydigan
uzaytirgich yoki rozetkalardan
foydalanmang.
• Rozetkadan sug‘urishda shnuridan
tortmang. Sug‘urish uchun shnurni emas,
vilkani ushlang.
• Batareyalarga shikast yetkazmang yoki
olovga tashlamang, chunki ular yuqori
haroratda portlaydi.
• Tozalash stansiyasini o‘zingizcha ochishga
harakat qilmang. Ta’mirlash ishlari
faqatgina mijozlarni qo‘llab-quvvatlash
markazi tomonidan bajarilishi kerak.
• Tozalash stansiyasini yuqori haroratlar
ta‘siriga qo‘ymang yoki uning namlik yoki
ho‘l narsalarga tegishiga yo‘l qo‘ymang.
• Quvvatlash mumkin bo‘lmagan
batareyalarni Tozalash stansiyasi bilan
quvvatlamang.
Jet Bot
• Qattiq yoki o‘tkir buyumlar, masalan, shisha,
mix, bolt, tanga va shunga o‘xshagan
narsalarni terdirmang.
• Filtrini joyiga o‘rnatmasdan ishlatmang.
Jihozga texnik xizmat ko‘rsatayotganda
ventilyator bo‘lmasiga barmog‘ingizni yoki
boshqa buyumni tiqmang, jihoz to‘satdan
ishlab ketishi mumkin.
• Tuynuklariga hech nima tiqmang.
Tuynuklari to‘silgan holda ishlatmang;
tuynuklariga chang, qil, soch va shunga
o‘xshash narsalar kirmasin, ular havo
aylanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
• Changyutkich yordamida zaharli
moddalarni (xlorli oqartirgich, ammiak,
kanalizatsiya quvurlari tozalagichi va
boshq.) yig‘mang.
• Yonayotgan va tutayotgan narsalarni,
masalan, tamaki, gugurt yoki cho‘g‘
kabilarni changyutkich yordamida
yig‘mang.
• Changyutkich yordamida benzin kabi oson
o‘t oluvchi yoki yonuvchan moddalarni
yig‘mang hamda changyutkichdan ular
bo‘lishi mumkin joylarda foydalanmang.
• Bundan tashqari ishlatmang:
- Polga sham yoki stol lampasi qo‘yilgan
joylarda.
- Alanga nazoratsiz qolgan joylarda (gulxan
yoki cho‘g‘).
- Spirt, suyultirgich, yonayotgan sigaretli
kuldon va hokazolar bor joylarda.
• Moybo‘yoq, bo‘yoqni suyultirgich, kuyaga
qarshi moddalar sepilgan, yonuvchan qipiq
yoki boshqa portlovchi yoki toksik bug‘lar
bilan to‘lgan yopiq joylarda Jet Botni
ishlatmang.
• Haddan tashqari ko‘p ishlatilsa yoki harorat
baland bo‘lgan muhitda batareyadan
suyuqlik chiqishi mumkin. Suyuqlik teriga
tushsa, tezda suv bilan yuvib tashlang.
Suyuqlik ko‘zga tushsa, darhol toza suv
bilan kamida 10 daqiqa davomida yuvib
tashlang. Shifokorga murojaat qiling.
Elektr tokiga oid masalalar
OGOHLANTIRISH
• Tok urishi yoki yong‘in chiqishining oldini
oling.
- Tok shnuriga shikast yetkazmang.
- Tok shnurini qattiq tortmang, vilkaga ho‘l
qo‘lingiz bilan tegmang.
- Quvvatlagichning nominal kuchlanishidan
boshqa quvvat manbaidan
foydalanmang va bir vaqtning oʻzida
bir qancha qurilmani quvvatlash uchun
multishtepseldan foydalanmang. (Shnurni
polda qarovsiz qoldirmang).
Xavfsizlik ma’lumoti