Samsung VR05R5050WK - Инструкция по эксплуатации - Страница 23

Роботы-пылесосы Samsung VR05R5050WK - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.

Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.

"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.
Страница:
/ 28
Загружаем инструкцию
background image

DIQQAT

XAVFSIZLIKKA OID YO‘RIQLAR

2

3

 

XAVFSIZLIK 

OGOHLANTIRISHI

Elektr jihozlardan foydalanganda, asosiy xavfsizlik yo‘riqlariga doim amal qilish lozim, jumladan 

quyidagilarga:

(USHBU JIHOZDAN) FOYDALANISHDAN OLDIN BARCHA YO‘RIQLARNI O‘QIB CHIQING. 

Ogohlantirishlar va yo‘riqlarga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong‘in va/yoki jiddiy jarohatga olib 

kelishi mumkin.

OGOHLANTIRISH - Yong’in chiqishi, elektr toki urishi yoki tan jarohati yetish xavfini kamaytirish 

uchun:

1. Jihozni tashqari joyda yoki ho‘l yuza ustida ishlatmang.

2. Jihozni o‘yinchoq sifatida o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymang. Jihozni bolalar, uy hayvonlari yoki 

o‘simliklar yonida yoki yaqinida ishlatganda, e‘tiborli bo‘lish zarur.

3. Faqat ushbu qo‘llanmada tushuntirilganidek foydalaning. Faqat ishlab chiqaruvchi tavsiya 

etgan yordamchi qismlardan foydalaning.

4. Shikast yetgan elektr shnuri yoki vilkasini ishlatmang. Agar jihoz yoki dok-stansiya 

ko‘ngildagidek ishlamayotgan bo‘lsa, tushirib yuborilgan bo‘lsa, zarar yetgan bo‘lsa, tashqarida 

qoldirib ketilgan bo‘lsa yoki suvga tushirib yuborilgan bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish markaziga olib 

borib ko‘rsating.

5. Elektr shnurini tortmang yoki jihozni elektr shnuridan ushlab ko‘tarib yurmang, elektr shnuridan 

dastak o‘rnida foydalanmang yoki elektr shnuri o‘tkir qirrali yoki burchak joyga ilinib qolganda, 

uni tortmang. Jihozni elektr shnurining ustidan yurgizmang. Elektr shnurini issiq yuzalardan 

uzoq tuting.

6. Elektr shnuridan ushlagan holda vilkani rozetkadan sug‘urmang. Rozetkadan uzish uchun 

shnurdan emas, balki vilkadan ushlab sug‘uring.

7. Zaryadlash qurilmasi, zaryadlash qurilmasi vilkasi va zaryadlash qurilmasi terminallarini ho‘l 

qo‘l bilan ushlamang.

8. Jihozdagi teshiklarga hech narsa tiqmang. Jihoz korpusidagi teshiklar bekilib qolgan holatida 

uni ishlatmang. Jihozni chang, mayda ipchalar, qil va boshqa shunga o‘xshash havo oqimi 

harakatini susaytiradigan narsalardan toza tuting.

9. Soch, keng kiyim-kechaklar, barmoq va tananing boshqa barcha qismlarini jihoz teshiklari va 

harakatlanadigan detallaridan uzoq tuting.

10. Benzin kabi alanga oluvchi yoki yonuvchi suyuqliklarni tozalab ketkazish uchun yoki shu kabi 

suyuqliklar mavjud bo‘lgan joylarda jihozdan foydalanmang.

11. Sigaret, go'girt donalari yoki issiq holatda bo'lgan kul kabi kuyayotgan yoki tutayotgan 

narsalarni changyutgichda olmang.

12. Chang to‘plash qutisi va/yoki filtrlari joyiga o‘rnatilmagan bo‘lsa, jihozni ishlatmang.

13. Jihoz bexosdan ishga tushib ketishini oldini oling. Batareya blokini ulashdan, jihozni qo‘lga 

olish yoki ko‘tarib yurishdan oldin quvvat tugmasini o_-holatga qo‘yganligingizga ishonch 

hosil qiling. Jihozni quvvat tugmasidan barmog‘ingiz bilan ilib ko‘tarib yurish yoki quvvat 

ta’minoti yoqilgan holatda jihozni zaryadlash baxtsiz hodisalarga olib keladi.

14. Har qanday sozmalar qilish, yordamchi qismlarni o‘zgartirish yoki jihozni olib qo‘yishdan oldin 

batareya blokini uzing. Bunday ehtiyot choralari jihozning bexosdan ishga tushish xavfini 

kamaytiradi.  

15. Faqat ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan zaryadlash qurilmasi bilan zaryadlang. Bir turdagi 

batareya bloki uchun mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasini boshqa turdagi batareya bloki bilan 

ishlatganda, yong‘in xavfi kelib chiqishi mumkin.

16. Jihozni aynan u uchun mo‘ljallangan batareya bloklari bilan ishlating. Boshqa turdagi 

batareya bloklaridan foydalanish jarohat va yong‘in xavfini keltirib chiqaradi.

17. Batareya bloki ishlatilmaganda, uni boshqa metall predmetlardan, masalan qog‘oz qisqichlari, 

tangalar, kalitlar, mixlar, vintlar yoki bir terminalni boshqasiga ulaydigan boshqa metall 

predmetlardan uzoqroq tuting. Batareya terminallarini qisqa tutashtirish kuyish yoki bu 

yong‘inga sabab bo’lishi mumkin.

18. Noto‘g‘ri sharoitda foydalanganda batareyadan suyuqlik chiqishi mumkin; suyuqlik bilan 

kontaktdan saqlaning. Agar bexosdan suyuqlik bilan kontakt sodir bo‘lsa, suv bilan yuvib 

tashlang. Agar suyuqlik ko‘zga tegsa, qo‘shimchasiga shifokordan yordam oling. 

Batareyadan chiqqan suyuqlik terini achishtirishi yoki kuydirishi mumkin.

19. Batareya bloki yoki jihozga shikast yetgan yoki modifikatsiya qilingan bo‘lsa, undan foydalan-

mang. Shikast yetgan yoki modifikatsiya qilingan batareya bloki yong‘in, portlash yoki jarohat 

olish xavfini keltirib chiqaruvchi oldindan bilib bo‘lmaydigan holatga olib kelishi mumkin. 

20. Batareya bloki yoki jihozni olov yoki yuqori harorat bilan yuzlashtirmang. Olov yoki 130'C dan 

yuqori harorat bilan yuzlashtirish portlashga olib kelishi mumkin.

21. O‘ta issiq yoki sovuq muhitda (4°C dan past yoki 40°C dan yuqori) jihozni ishlatmang yoki 

saqlamang. Robot changyutgichni 4°C dan yuqori va 40°C dan past haroratda zaryadlamang.

22. Barcha zaryadlashga oid yo‘riqlarga rioya qiling va batareya blokini yoki jihozni yo‘riqlarda 

ko‘rsatilgan harorat doirasidan tashqarida zaryadlamang. Noto‘g‘ri zaryadlash yoki aytilgan 

harorat doirasidan tashqarida bo‘lgan haroratlarda zaryadlash batareyaga zarar yetkazishi va 

yong‘in xavfini oshirishi mumkin.

23. Texnik xizmat ko‘rsatish faqatgina asl ehtiyot qismlardan foydalangan holda va malakali 

ta‘mirlash mutaxassisi tomonidan bajarilishi kerak. Bu jihoz xavfsizligini ta‘minlash imkonini 

beradi.

24. Jihozni yoki batareya blokini o‘zgartirish yoki ta‘mirlashga urinmang, foydalanish va xizmat 

ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqlarda ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.

25. Boshqa jihozlarning simlarini tozalanadigan joylardan tashqarida joylashtiring.

26. Changyutgichni chaqaloq yoki bola uxlayotgan xonada ishlatmang.

27. Tozalanishi kerak bo‘lgan joyda yonib turgan sham yoki mo‘rt narsalar bo‘lsa, jihozni u joyda 

ishlamang.

28. Jihozni ustida sham yoqilgan mebel mavjud xonada ishlatmang, jihoz mebelga tasodifan 

borib urilishi yoki ichiga tushib ketishi mumkin.

29. Bolalarning jihoz ustida o‘tirishlariga yo‘l qo‘ymang.

30. Jihozni ho‘l yuzalar ustida ishlatmang.

31. Shikast yetgan bo‘lsa, dok-stansiyani ishlatmang.

32. Jihozni tozalashdan oldin yoki xizmat ko‘rsatishdan oldin jihoz elektr ta’minotini o‘chiring.

33. Dok-stantsiyani tozalashdan oldin yoki xizmat ko‘rsatishdan oldin vilkani rozetkadan uzish kerak.

34. Jihozni utilizatsiya qilish maqsadida batareyani yechib olishdan oldin jihozni dok-stantsiyadan 

chiqarib oling va quvvat tugmasini o‘chirish holatiga sozlang.

35. Agar robor changyutgich uzoq vaqt davomida foydalanilmaydigan bo‘lsa, uni to‘liq zaryadlab, 

jihozni olib qo‘yish quvvatni o‘chiring va zaryadlash qurilmasini rozetkadan uzing.

36.Faqat VCA-RDS50 dok-stansiya bilan foydalaning.

37. Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli 

bo‘lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas. Ularning xavfsizligi 

uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan 

yoki nazorat qilib turgan hollar bundan mustasno. Bolalar kattalarning ishtirokisiz       

changyutkichdan foydalanmasligi yoki unga texnik xizmat ko‘rsatmasligi kerak.

38. Jihoz ichiga suv yoki suyuqlik quymang. Bu jihoz buzilib ishdan chiqishi yoki yong‘in xavfini 

oshiradi.

Faqat uy sharoitida foydalanish uchun.

Полезные видео

Характеристики

Оцените статью
tehnopanorama.ru
Остались вопросы?

Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)

Задать вопрос

Часто задаваемые вопросы
Как посмотреть инструкцию к Samsung VR05R5050WK?
Необходимо подождать полной загрузки инструкции в сером окне на данной странице
Руководство на русском языке?
Все наши руководства представлены на русском языке или схематично, поэтому вы без труда сможете разобраться с вашей моделью
Как скопировать текст из PDF?
Чтобы скопировать текст со страницы инструкции воспользуйтесь вкладкой "HTML"