Роботы-пылесосы Samsung Jet Bot AI+ VR50T95735W - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

O
’zbek
’
O‘zbek
9
O‘rnatish
IZOH
• Agar tozalanadigan hudud yogʻoch poldan
iborat boʻlsa, Tozalash stansiyasini yog‘och
pol chiziqlari yo‘nalishida o‘rnatgan ma’qul.
• Agar quvvat tugmasi o‘chirilgan bo‘lsa, u
hattoki Tozalash stansiyasiga o‘rnatilgan
bo‘lsa ham Jet Bot quvvat olmaydi.
• Tozalash stansiyasini doimo yoniq holatda
tuting.
- Agar Tozalash stansiyasida tok bo‘lmasa,
Jet Bot uni topa olmaydi va avtomatik
tarzda zaryadlana olmaydi.
- Jet Bot Tozalash stansiyasidan uzilganida
uning batareyasi tabiiy ravishda
zaryadsizlanadi.
• Chegara belgilarini (-------) shaklida
oʻrnatmang.
- Jet Bot uni aniqlay olmasligi va
chegaradan oʻtib ketishi mumkin.
Zaryadlash
IZOH
• Zaryadlanish paytida batareya qizib ketsa,
zaryadlanishga uzoqroq vaqt ketishi
mumkin.
• Avtomatik zaryadlash ishlamayotgan bo‘lsa,
quyidagilarni bajaring:
- Quvvat tugmasini (Jet Botning yon
tomonida) oʻchiring va qaytadan yoqing.
- Tozalash stansiyasi shnurini rozetkadan
sug‘uring va yana suqing.
- Tozalash stansiyasini sug‘uring va uning
zaryadlash tishlarida yot jismlar yo‘qligini
tekshiring, Jet Bot va Tozalash stansiyasi
zaryadlash tishlarini quruq latta bilan
arting.
- Tozalash stansiyasi yaqinida aksni
qaytaruvchi buyumlar, stullar kabi
to‘siqlarning yo‘qligini tekshiring.
• Jet Bot Tozalash stansiyasidan uzilganida
uning batareyasi tabiiy ravishda
zaryadsizlanadi.
- Jet Botni Tozalash stansiyasida
zaryadlanayotgan holda saqlashga
harakat qiling. (Ammo, xizmat safari
yoki ta’til tufayli uydan uzoq muddatga
ketishni rejalashtirayotganingizda
quvvat tugmasini o‘chiring va Tozalash
stansiyasini rozetkaga tiqilmagan holda
qoldiring).
Ishlatish
IZOH
• Jet Bot tozalash paytida kirish eshigi
yoki veranda boʻsagʻasiga taqalib qolishi
mumkin.
- Ishlashni qaytadan boshlash uchun quvvat
tugmasini o‘chiring, Jet Botni osongina
harakatlanishi mumkin bo‘lgan joyga
ko‘chiring va elektr ta’minotini qaytadan
yoqing.
• Qorongʻi joylarda Jet Bot obyektni aniqlay
olmasligi mumkin.
- Tozalashdan avval poldagi toʻsiqlarni olib
qo‘ying.
• Jet Bot burchaklar orasi, divanlar yoki
devorlar orasi kabi oʻzi kira olmaydigan
hududlarni toʻliq tozalay olmasligi mumkin.
- Ularni muntazam tozalab turish uchun
boshqa tozalash anjomidan foydalaning.
• Jet Bot kir to‘plamlarini tortib ola olmaydi,
shuning uchun tozalagandan keyin ularning
ayrimlari polda qolishi mumkin.
- Ularni muntazam tozalab turish uchun
boshqa tozalash anjomidan foydalaning.
• Jet Botni oʻchirgandan soʻng, biroz kuting
va soʻngra uni normal holatda qaytadan
yoqing.
• Tozalash stansiyasidan yoqimsiz hid taralsa,
Chang qopini almashtiring yoki filtrlarni
tozalang.
Izohlar va ehtiyot choralari