Микроволновые печи Samsung ME81KRW-3/BW - инструкция пользователя по применению, эксплуатации и установке на русском языке. Мы надеемся, она поможет вам решить возникшие у вас вопросы при эксплуатации техники.
Если остались вопросы, задайте их в комментариях после инструкции.
"Загружаем инструкцию", означает, что нужно подождать пока файл загрузится и можно будет его читать онлайн. Некоторые инструкции очень большие и время их появления зависит от вашей скорости интернета.

O'zbek - 9
01
XAVFSIZLIK TO'G'RISIDA MA'LUMOTLAR
Qurilmani mahalliy va davlat talablariga muvofiq yerga to'g'ri ulash
kerak.
Chang va suv kabi begona moddalarni ketkazish uchun elektr
manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylarini muntazam ravishda
quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang va uning ustiga
og'ir buyumlarni qo'ymang.
Gaz (propan, siqilgan gaz va boshqalar kabi) chiqish holatlari yuz
berganda darxol xonani shamollating va elektr manbaiga ulash
kabeliga tegmang.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho'l qo'llaringiz bilan tegmang.
Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini
rozetkadan uzmang.
Qurilmaga barmoqlaringiz va begon buyumlarni qo'ymang. Agar
qurilma ichiga suv yoki boshqa begona modda kirib qolgan bo'lsa,
elektr manbaiga ulash kabelini uzing va o'zingizga eng yaqin
joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Qurilmaga ortiqcha jismoniy bosim ko'rsatmang yoki urmang.
Pechni sinuvchan buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki shisha
buyumlar ustiga qo'ymang.
Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt, bug'tozalagich yoki
yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Elektr tarmog'idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining qurilmaning
texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkaga mahkam tiqing.
Bir nechta vilkalarga ega bo'lgan perexodnik, uzaytirgich yoki
transformatordan foydalanmang.
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang, uni
buyumlar orasiga qo'ymang va pechning orqasi orqali o'tkazmang.
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr
manbaiga ulash kabelidan foydalanmang. Vilka yoki elektr manbaiga
ulash kabeli shikastlangan hollarda o'zingizga eng yaqin joylashgan
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pechga, uning ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni qo'ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni
sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida spirt bo'lgan
taomlar va ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling, chunki spirt
bug'lari pechning isitilgan qismariga tegib ketishi mumkin.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga
yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang, chunki ular o'zlarini eshikchaga urib
olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH:
Ichimlik solingan sig'imlarni pechda isitish
sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning uchun
bunday holatning oldini olish uchun bunday sig'imlar bilan muomala
qilishda ehtiyot choralarini ko'rish kerak; Bunday holatni oldini olish
uchun haroratning tenglashishiga imkon berish maqsadida pech
o'chganidan keyin DOIMO kamida 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan
hollarda suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO
aralashtiring.
Kuyish sodir bo'lganda BIRINCHI YORDAM ko'rsatish bo'yicha
quyidagi harakatlarni bajaring:
• Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.
• Unga toza quruq lattani bog'lang.
• Hech qanday kremlar, moylar yoki los'onlar surtmang.
Tayyorlagandan keyin bir vaqt o'tgandan keyinroq patnis yoki taglikni
suvga solmang, chunki bu patnis yoki taglikning shikastlanishiga olib
kelishi mumkin.
Mikroto'lqinli pechdan yog'ni yaxshilab qovurish uchun foydalanmang,
chunki yog' haroratini boshqarib bo'lmay qolishi mumkin. Bu qaynoq
suyuqlikning to'satdan yonib ketishiga olib kelishi mumkin.
ME81K_ME81M_ME81A_BWT_DE68-04286A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 9
2017-02-01 12:37:45
Содержание
- 2 меры предосторожности; ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНСТРУКЦИИ; содержание
- 3 ВАЖНЫЕ ИНСТРУКЦИИ ПО; ВНИМАТЕЛЬНО ПРОЧТИТЕ И
- 6 УСТАНОВКА МИКРОВОЛНОВОЙ ПЕЧИ
- 7 ЧИСТКА МИКРОВОЛНОВОЙ ПЕЧИ
- 8 Чистите
- 11 ПРАВИЛЬНАЯ УТИЛИЗАЦИЯ ИЗДЕЛИЯ; функции микроволновой печи
- 14 ПРИНАДЛЕЖНОСТИ
- 15 использование печи; ПРИГОТОВЛЕНИЕ/РАЗОГРЕВ ПИЩИ; ОСТАНОВКА ПРИГОТОВЛЕНИЯ ПИЩИ
- 16 ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ФУНКЦИИ МГНОВЕННОГО РАЗОГРЕВА; ПАРАМЕТРЫ РЕЖИМА МГНОВЕННОГО РАЗОГРЕВА; руководство по выбору посуды
- 17 устранение неисправностей
- 18 технические характеристики
Характеристики
Остались вопросы?Не нашли свой ответ в руководстве или возникли другие проблемы? Задайте свой вопрос в форме ниже с подробным описанием вашей ситуации, чтобы другие люди и специалисты смогли дать на него ответ. Если вы знаете как решить проблему другого человека, пожалуйста, подскажите ему :)












